Ko‘zga zarar yetkazmaydigan dunyodagi birinchi displey yaratildi (+video)

NXTPAPER allaqachon ko‘zni himoya qilish texnologiyalari bo‘yicha 11 ta patent va Reyndagi Germaniya laboratoriyasi, Shveysariyaning SGS laboratoriyasi va VDE assotsiatsiyasidan tegishli sertifikatlarni olgan.

Starlink fazoviy internetining tezligi ancha oshdi

Hozir o‘ta past ping holatida tezlik 100 Mbit/soniyani tashkil etmoqda; bu esa bir vaqtning o‘zida har qanday onlayn o‘yinni o‘ynashga va yuqori sifatli bir nechta filmni translyasiya qilishga bemalol yetadi.

Uchta tumanimizda jamoat Wi-Fi zonalari tashkil etildi

Yangi texnologiyalar bo‘yicha abonentlarni ulash yuzasidan telekommunikatsiya xizmatlarining sayyor savdosi tashkil etildi.

Huawei ikkita hamyonbop 5G-smartfon – Enjoy 20 hamda 20 Plus’ni taqdim etdi

Har ikkala model 5G standartidan tashqari, 4G VoLTE, Wi-Fi 802.11 ac (2,4 GGs + 5 GGs) hamda Bluetooth 5.1 interfeyslarini ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Virus blokatorlari foydasizmi?

Ishlab chiquvchilarning tasdiqlashicha, blokatordagi xlor dioksidi kishilar atrofidagi havoni zararsizlantirib, bakteriya, virus va zamburug‘lardan tozalaydi. Ammo...

O‘zbekistonda koronavirusni yo‘qotuvchi texnologiya yaratilib, sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi

Ma’lum bo‘lishicha, yangi, milliy texnologiya koronavirusni butkul yo‘qotishga qodir. Bu qanchalik haqiqat?

Afg‘onistonda atigi 1200 dollarlik elektrokarlar yig‘ilmoqda!

«Avvalambor, bu ekologik xavfsiz mashinalardir, chunki ular quvvatlangan batareyalarda ishlaydi. Yana bir jihat, ularning narxidir. Iste’molchilar ularni bemalol sotib olishi mumkin, chunki mashinalar arzon».

Vivo dunyodagi ilk «xameleon» smartfonning sirini ochdi («jonli» video)

Smartfonning modelini Vivo hali sir tutmoqda; bundan tashqari, yangi rolikda ham uning bosh kamera blogi yashirib qo‘yilgan. Balki, bu hali tayyor bo‘lib ulgurmagan biror yangi modelning prototipi bo‘lsa kerak.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga qabul onlayn bo‘ladi (+video)

Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati rahbari Sherzod Ahmadov 3 sentyabr kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

Redmi Note 10 turkumidagi bir nechta 5G-smartfon allaqachon tayyor! (uchta «jonli» rasm)

Ekranda aks etishicha, smartfon chipseti 2,4 GGs.lik; MediaTek chiplari orasida esa faqat Dimensity 800U shunaqa. Demak – Redmi Note 10 turkumida kamida uchta modelda smartfon chiqadi.

Korpus rangi o‘zgaruvchi ilk smartfonni «jonli» videoda ko‘ramiz!

Ushbu smartfon korpusi o‘z tusini o‘zgartirish, aniqrog‘i – rangsizlanish qobiliyatiga ega. Insayderning so‘zlariga ko‘ra, bunda uning o‘zgarish tezligini foydalanuvchining o‘zi sozlay oladigan bo‘ladi.

Realme V3 taqdim etildi – dunyodagi eng arzon 5G-smartfon!

Arzon bo‘lsa-da, u 6/8 GBlik (LPDDR4x) tezkor va 64/128 GBlik (UFS 2.1) ichki xotira, 18 Vt tezkor quvvatlanuvchi 5000 mA/soatlik batareyaga ega. Yana 60 kadr/soniya chastotali Full HD video yozib ola biladi.

Samsung eng arzon 5G-smartfoni – Galaxy A42 5G modelini namoyish etdi!

Galaxy A42 5G modeli uchun beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llovchi Snapdragon 690 protsessori tanlangan. Uning ekrani Super AMOLED matritsali bo‘lib, diagonaliga 6,6 dyuym keladi.

Maxfiy selfi-kamerali ilk smartfon – ZTE Axon 20 5G taqdim etilib, allaqachon hafsalani pir qildi!

Axon 20 5G diagonaliga 6.92 dyuymlik, Full HD+ formatidagi OLED-displeyga ega. Daktiloskopli ekranda kadr yangilanish chastotasi 90 gerslik bo‘lsa, sensor qoplami naq 240 gerslik chastotada yangilanadi.

Xiaomi Mi 10 turkumining 300 yevrodan arzon yangi 5G-modeli shu oydayoq chiqadi!

Kompaniya bu haqda o‘zining Twitter’dagi rasmiy sahifasida yozishicha, uning «boshlang‘ich narxi €2XX» ekan.

Ilon Mask kiborg-odamlar uchun yangi chipni va kiborgga aylantirilgan cho‘chqani ko‘rsatdi (video)

Implantatsiya to‘liq avtomatlashtirilgan robot-jarroh tomonidan amalga oshiriladi. U bosh chanog‘ini teshib, chipni miyaga ulaydi; operatsiya atigi bir soat davom etadi va bunda anesteziya talab qilinmaydi.

Xiaomi Mi 10 Ultra’da yashirin kamera qanday ishlashini «jonli» videoda tomosha qilamiz!

Xiaomi’ning ta’kidlashicha, faqat uning uchinchi avlod displeyorti kamerasi oddiy selfi-kameralar kabi sifatli suratlar olishga qodir; raqobatchilarning yechimlari unga teng kela olmaydi.

Volkswagen ID.3 elektromobili bitta quvvat bilan 531 km yo‘l bosdi

Xetchbek Germaniyaning Svikkau shahridan yo‘lga chiqib, Shveysariyaning Shaffxauzen shahrida to‘xtagan. Taxminan soatiga 56 km tezlik bilan harakatlangan avtomobil 9 soat yo‘l yurgan.

«JONLI» VIDEO: Yashirin selfi-kamerali smartfonni ZTE’dan avval Xiaomi ishlatib ko‘rsatdi!

1 sentyabr kuni ZTE old kamerasi displey ortiga yashirilgan ilk smartfonni taqdim etadi. Xiaomi esa allaqachon o‘zining shunaqa smartfonini, aynan maxfiy selfi-kamerasini ishlatib ko‘rsatdi.

Aylanma uchtalik kamerali Zenfone 7 hamda Zenfone 7 Pro flagmanlari chiqdi! (+video)

Kamera 35 kg.gacha yukni ko‘tara oladi va 200 000 sikl aylanishga bardosh beradi. Bundan tashqari, mazkur mexanizmning motorchasi ZenFone 6’nikiga nisbatan 40 foizga kichikroq, lekin ikki karra kuchliroq.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш