OPPO ilk smart-televizorlarini taqdim etdi: 4K formati, NFC’li pult, korpusdan chiquvchi kamera...

Mazkur devayslarning NFC chipli pulti yordamida smartfondagi tasvirni televizor ekraniga uzatish mumkin.

O‘ttiz to‘rt dollarlik 5G-smartfonga nima deysiz?

5G tarmog‘ida ishlovchi birinchi Jio Phone qurilmasi 2021 yilda namoyish etilishi kutilmoqda. Bu yilning oxiriga borib esa kompaniya 50 dollar atrofidagi narxda yangi 4G-smartfon chiqaradi.

Mercedes ilk to‘liq uzatmali elektrik vezdexodini namoyish etdi

E400 4x4² modeli kattaytirilgan – 293 millimetrlik klirensga ega, shuning evaziga 400 millimetrgacha to‘siqlardan olib o‘ta oladi. Elektrokar dvigatelining quvvati 402 ot kuchiga teng.

Smartfonni endi simsiz usulda atigi 8 daqiqada 50 foizga, 19 daqiqada esa butkul quvvatlash mumkin!

Keyingi paytlarda smartfonlarni simsiz usulda tezkor quvvatlashni qo‘llash ham trendga aylanib bormoqda. Xitoylik kompaniya bu borada rekordchi – dunyodagi eng tezkor simsiz zaryadkani taqdim etdi.

Rasmiy video: Huawei Mate 40 teginmasdan boshqariladi!

Masalan, selfi-kamera orqali ishoralar yordamida yangrayotgan qo‘shiq yoki roliklarni o‘tkazish, skrinshotlar olish mumkin bo‘ladi.

Tesla flagman xetchbeki bir haftada naq 5500 dollarga arzonlashdi!

Gap raqobatda: bozorda jiddiy raqib – Lucid Motors kompaniyasi paydo bo‘lgan. Tesla’ning barcha rekordlarini bir pul qilgan Lucid Air elektromobilining narxi endi e’lon qilindi – unisi arzonroq ekan!

AQSh Oy resurslarini qazib olish uchun yetti mamlakat bilan kelishib oldi

Sakkizta davlat Oyni rivojlantirish (shu jumladan qazib olish) bo‘yicha xalqaro bitim tuzdi. Rossiya, Xitoy va so‘nggi paytlarda Oy dasturida oldinga siljishlarga urinayotgan Hindiston ular qatoriga kirmagan.

OnePlus 8T namoyish etildi: rasmiy videosi, narx va xususiyatlari

Jamlanmasiga Warp Charge 65 texnologiyali zaryadlagich kiritilgan flagmanning akkumulyatori 4500 mA/soatlik bo‘lib, ekranda kadr yangilanish chastotasi 120 gerslik bo‘lsa ham uning quvvati bir kunga yetadi.

«Kamikadze» dronlarni yoppasiga otuvchi qurilma chiqdi (video)

Dronlar bir to‘da bo‘lib harakatlanib, bir vaqtning o‘zida razvedka olib borishi va aniqlangan nishonlarga hujum qilishi mumkin.

iPhone 12’lar uchun MagSafe Charger – magnitli quvvatlagich va MagSafe Duo Charger dok-stansiyasi taqdim etildi

MagSafe Charger oddiy zaryadlash uskunasidir; 15 vattlik quvvat uzatuvchi MagSafe Duo Charger dok-stansiyasi yordamida esa bir vaqtning o‘zida iPhone hamda Apple Watch’ni zaryadlasa bo‘ladi.

Tesla «damini olsin!» – Mercedes-Benz rekordchi elektromobilni e’lon qildi

Vision EQXX avtonomligi Pekindan to Shanxaygacha bo‘lgan 1205 kilometrlik yo‘lni bosib o‘tishga yetadi. Bunday ko‘rsatkich hattoki ichki yonuv dvigatelli va katta yonilg‘i bakiga ega bo‘lgan avtomobillarda ham yo‘q!

12 yashar bola o‘z uyida yadro reaktorini yig‘di (video)

Jekson Osvalt oldingi rekordchi – 14 yoshida reaktorni yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan Teylor Uilsonning yutuqlaridan ilhomlanib, yadroviy reaktor yig‘ishga kirishgan va eng yosh rekordchi nomiga sazovor bo‘ldi.

Prezident farmoni: Har bir aholi punkti kamida 10 Mbit/s.lik internetga ulanadi!

«Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni (PF–6079-son, 05.10.2020 y.) qabul qilindi.

Xiaomi Mi 10 Ultra’ning taqdimotda aytilmagan yana bir siri ochildi!

Superflagmandagi ushbu imkoniyat boshqa rusumlardagi Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlariga ham taqdim etiladimi-yo‘qmi – bunisiga hozircha aniqlik kiritilmagan.

Tesla’ning shashti baland – u o‘z rekordini yangiladi!

Yaqinda biz Lucid Air elektromobilining barcha Tesla elektrokarlari rekordlarini bir pul qilgani haqida yozgan edik. Ilon Mask kompaniyasi endi boshqa jihatdan yangi rekord o‘rnatdi.

Yashirin selfi-kamerali uchinchi smartfonni yaponlar chiqarishdi: IP68 himoyali va NFC chipli!

Rakuten BIG apparat ta’minotining asosini Snapdragon 765G chipi tashkil etadi. Yaponlar uni 6 gigabaytlik tezkor va 128 gigabaytlik doimiy xotira bilan ta’minlashgan, yana microSD-karta uyachasi ham bor.

O‘zbekistonda elektr energiyasini hisoblashning yangicha prinsipiga o‘tiladi

Loyiha doirasida 2020 yilning oktyabr oyida respublika bo‘yicha jami 850 ming 204 ta 1 fazali va 88 ming 312 ta 3 fazali elektr energiyasi hisoblagichlari yetkazib beriladi.

Tesla birdaniga ikkita yangi modelda hamyonbop avtomobil chiqaradi

Berlin va Shanxay fabrikalari ikki xil turdagi elektr transport vositalarini ishlab chiqaradi. Ya’ni, Tesla Cybertruck va Roadster-2’dan tashqari, birdaniga ikkita yangi yo‘lovchi avtouloviga ega bo‘ladi.

Tesla atigi yarim soniya uchun $2000 so‘rayapti!

Tesla kompaniyasini «avtomobilsozlik olamidagi Apple» deb atashadi va bu bejiz emas. Ularning biznesga yondashuvi ko‘p jihatdan o‘zaro o‘xshab ketadi va elektrokar ishlab chiqaruvchi buni yana bir bor isbotladi.

Yaponiya 2035 yilgacha Oyda zavod qurmoqchi!

Yapon mutaxassislari zavoddan Yerning tabiiy yo‘ldoshini o‘zlashtirish uchun foydalanadi. Aniqlik kiritilishicha, zavod Oyning janubiy qutbida qurilishi mumkin, u yerda muz konlari topilgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш