Eng romsiz va «uchta ko‘zli» Mate 20 Pro «jonli» suratda: u Vivo NEX va Mi Mix 3’ni «changida qoldiradi»!

GPU Turbo texnologiyasiga ega Kirin 980 chipli Mate 20 Pro tezkor xotirasi 8 GBlik, bosh kamerasi 42 MPlik uch modulli, old kamera korpus ichidan chiqadi, barmoq izi skaneri esa romsiz displeyda bo‘ladi.

Yaqinda taqdim etiladigan Galaxy A7 (2018) smartfoni Geekbench’da «qo‘lga tushdi»!

Galaxy A7 (2018) deya taxmin qilinayotgan yangi smartfon 4 gigabaytlik tezkor xotira bilan, Android 8.0 Oreo operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi.

Qo‘sh kamerali Ulefone S1 smartfonini atigi 9,90 dollarga olish mumkin! (+video)

4 yadroli protsessor, 1/8 GB xotira, 8+5 MPlik asosiy va yuzni tanish funksiyali 5 MPlik old kameraga ega ushbu dualsim smartfon batareyasi tok sig‘imi 3000 mA/soatga teng.

LG smartfoni xaridorlariga – 500 dollarlik quloqchin sovg‘a!

Signature Edition 2018 ayni damda bozordagi eng qimmat smartfon bo‘lib, hadyasini ham hisobga olsak – shunga arziydiyam.

Bunaqasi bo‘lmagan: Galaxy Note 9 buyurtmachilarga Samsung Smart TV sovg‘a!

Rasmiy reklama posterida Galaxy Note 9 narxlari bilan birga, unga oldindan buyurtma rasmiylashtirgan xaridorlarga taqdim etiluvchi bonuslar haqida ham ma’lumot berilgan.

MIUI 10 proshivkasida Xiaomi’ning yangi smartfoni eskizlari topildi! (+«jonli» surat)

Mazkur chizmalarning ayni shu taxmin qilinayotgan flagmanga aloqadorligini tasdiqlovchi qiziq fakt: Xiaomi tez orada ushbu eskizlarni o‘z operatsion tizimidan olib tashlagan.

LG yaqinda 1800 dollarlik smartfon chiqaradi, uyam yangi model emas

LG V35 Signature Edition versiyali qurilma faqatgina Janubiy Koreyada sotilishi taxmin qilinmoqda. Mazkur modifikatsiyali smartfondan atigi 300 dona ishlab chiqariladi.

Mi Mix 3 yangi «jonli» suratlarda: sirli yangi tugmacha nima ekan-a?

Xiaomi yangi flagmani LG Display ishlanmasi bo‘lgan 6.39 dyuymlik OLED-displeyga ega. Kamerasi Mi Mix 2s modelida qo‘llangan – 12 MPlik Sony IMX363 datchikli, old kamera esa korpus ichidan chiqadigan bo‘ladi.

Smartfon portlashidan qo‘li va yuzi mayib bo‘lgan qizchaning oilasi Samsung’dan 250 000 dollar talab qilmoqda

Besh yashar qizcha qo‘lida Galaxy Note 4 portlab, uning kafti va yuziga ikkinchi darajali kuyish jarohati yetkazgan. Samsung esa bu xonadonga muolajalar uchun atigi bir yarim ming dollar berib qutulmoqchi.

Samsung, nihoyat, Galaxy Note 9’ning ilk rasmiy videolarini chiqardi

Kompaniya birdaniga uchta reklama roligi chiqardi – ularda Galaxy Note 9’ning bittadan jihatini ta’riflab o‘tgan. Shuningdek, Samsung uni ilk bora «jonli» videoda rasman ko‘rsatgani ham e’tiborli.

792 000 so‘mdan boshlanuvchi Xiaomi smartfonlari narxlari (2018 yil 27 iyul) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab BEPUL eltib beriladi

Xiaomi’ning bir yillik kafolatga ega smartfonlari narxlari bilan tanishing! To‘lov siz istagan usulda, eltib berish – BEPUL!

Xiaomi arzon flagmanining xotirasini ikki karra kuchaytirib, atigi 338 dollardan sotmoqchi

Mi 8 SE modeli Snapdragon 710 chipiga ega ilk smartfon bo‘layotir. Uning asosiy kamerasi 12 va 5 MPlik modullarni o‘z ichiga oladi. Old kamerasi esa selfisevarlar uchun ayni muddao – naq 20 megapikselli!

Panasonic’ning 1500 dollarlik smartfoni va plansheti siri nimada? (+2ta video)

Bu gadjetlar MIL-STD-810G harbiy standartiga ko‘ra mustahkam himoyaga ega bo‘lib, o‘ta yuqori va past haroratga, bosimga, shuningdek, quyosh nurlari, yomg‘ir, qum va chang ta’sirlariga bardoshli.

Xiaomi Mi 8’ning premial talqini kutilganidan arzon narxda sotuvga chiqmoqda

Xiaomi Mi 8 Explorer Edition barmoq izi datchigining ekranga integratsiya etilganligi, to‘laqonli yuz skaneriga egaligi hamda orqa panelining yarimshaffof ekanligi bilan ajralib turadi.

Rasman: Yana kamida 8 xil Samsung smartfoni Android Oreo’gacha yangilanadi

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu modellarga mansub Samsung smartfonlari egalari yaqinda Android Oreo talqinidagi proshivkani o‘rnatib olishlari mumkin bo‘ladi.

Xiaomi Mi Max 3 Pro haqidagi rasmiy xabar millionlab kishilarning hafsalasini pir qildi

Xiaomi kompaniyasi Mi Max 3 Pro haqidagi mish-mishlarga chek qo‘yish payti kelganligini angladi va masalaga rasmiy xabar orqali aniqlik kiritdi. Afsuski, bu xabar sizni xursand qilmaydi...

iPhone’lar endi 4G tarmoqlarida Android-smartfonlardan ikki karragacha sekin ishlaydi

Bularning bari Apple hamda Qualcomm o‘rtasidagi sudlashuv jarayoni cho‘zilib ketgani bilan bog‘liq – kupertinolik gigant o‘z smartfonlarida bu kompaniyaning 4G-modemlarini qo‘llashdan voz kechdi.

Ommabop Xiaomi smartfonlaridan birining xotirasi ikki karra kuchaytirilmoqda, narxi esa eskicha...

Xiaomi ushbu «bag‘ri keng» smartfonga 250 dollar atrofida narx belgilagan. Mazkur model bozorga endi chiqarilganida, uning 6/64 gigabaytlik talqini ham ayni shunday narxda edi.

Oppo old kameradan voz kechib, orqa panelida sensor ekranli smartfon yaratadi

Mazkur yechim korpusning old yuzasiga o‘rnatiladigan selfi-kameradan voz kechish imkonini beradi. Bu esa, o‘z navbatida, mutlaqo romsiz va «kemtik»siz displey qo‘llashga zamin yaratadi.

Google kuzda qanday gadjetlarini taqdim etadi?

Insayderlar bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Google’ning barcha yangi qurilmalari joriy yilning oxirigacha savdoga ham chiqariladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш