Apple hamyonbop iPhone SE Plus’ni tayyorlayapti: u haqda nimalar ma’lum?

iPhone SE Plus modeli 5,5 yoki 6,1 dyuymlik ekranga ega, tannarxini pasaytirish uchun unda LCD-matritsa qo‘llanadi. Uning old panelida Touch ID skanerli «Uyga» tugmachasi saqlanib qoladi.

iPhone 12’lar bilan birga iPhone SE Plus, keyin esa – iPhone SE 3 ham chiqadi!

2020 yilgi iPhone SE modeli diagonaliga 4,7 dyuymlik ekranli va iPhone 8 smartfoniga o‘xshash bo‘lsa, uning «plyusli» avlodi biroz kattaytirilgan – 5,5 dyuymlik displeyga ega.

iPhone 12 Pro’lar rekord hajmli «operativka»ga ega, lekin Samsung va Xiaomi flagmanlari...

iPhone 12 Pro va iPhone 12 Pro Max modellari Apple tarixidagi eng katta hajmli tezkor xotiraga ega smartfonlardir. Ammo Xiaomi hamda Samsung allaqachon tayyorlagan flagmanlar oldida bunisi holva...

Apple keyingi yil bunchalik ko‘p modellarda yangi iPhone’lar chiqarishini hech kim kutmagandi!

Ming-Chi Kuo kupertinoliklar kelasi yil besh xil yangi ayfon, so‘ng «metall sovun» va iPhone SE 2 Plus ham taqdim etishini aytgan. Rosenblatt tadqiqot kompaniyasining prognozida esa modellar soni yanada ko‘p!

DEYARLI RASMAN: iPhone SE 2 taqdimotga tayyor, tag‘in arzon narxda chiqadi!

Garchi tashqi qiyofasi nisbatan eski ayfonga o‘xshasa-da, u eng yangi – A13 Bionic protsessoriga ega. Kompaniya bu yil namoyish etgan iPhone 11 turkumidagi gadjetlarda ayni mana shu chipset qo‘llangan.

Apple eng kutilayotgan innovatsion devaysini umuman chiqarmaydigan bo‘ldi!

Avvalroq Ming-Chi Kuo, keyin Bloomberg va CNET singari yirik nashrlar ham ushbu gadjetning 2021 yilga tayyor bo‘lishi haqida yozishgan. Hattoki taxminiy narxi ham aytilgan – 1300 AQSh dollari! Lekin...

Adashmas bashoratchi Apple bu yil chiqaradigan barcha gadjetlarni ma’lum qildi

KGI Securities kompaniyasi vakili Ming-Chi Kuo (Ming-Chi Kuo) o‘zining Apple bilan bog‘liq aniq prognozlari orqali mashhur. Bugun – 2019 yilning 18 fevralida u o‘zining navbatdagi prognozini e’lon qildi.

Yangi iPad Pro orqasida sirli «tirqish» bor... (+«jonli» surat)

Pad Pro modeliga tatbiq etilayotgan Face ID funksiyasi faqat planshetni vertikal holatda tutgandagina ishlaydi. Shu boisdan kompaniya uni aynan shu holatda ishlatish imkoniyatlariga ko‘proq e’tibor qaratmoqda.

Apple baribir ikkita SIM-kartali ilk iPhone smartfonini chiqaradiganga o‘xshaydi

Joriy yilda Apple kompaniyasi iPhone‘ning bir yo‘la uchta modelini chiqararishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Apple'ning kuzda kutilayotgan barcha devayslari bilan tanishing

Joriy yilning kuzida amerikalik axborot texnologiyalari ishlab chiqaruvchisi Apple bizni uchta iPhone modellaridan tashqari, boshqa apparat mahsulotlarining yangilangan talqinlari bilan ham xursand qiladi.

Uch kamerali – flagman hamda arzon, ammo Face ID tizimli iPhone’larning ilk suratlari chiqdi

6,5 dyuymlik OLED-displeyga ega flagman iPhone yakka kristalli Apple A12 protsessoriga ega bo‘lib, uch modulli asosiy kamera bilan jihozlanadi.

iPhone 9 ixchamroq, qulayroq va arzonroq bo‘ladi!

iPhone 9 modelining 6 dyuymlik displeyidagi «o‘yiq»da TrueDepth kameralar tizimi joylashadi va shuning evaziga u ham Face ID yuzni tanish funksiyasiga ega bo‘ladi.

iPhone Android'ning muhim jihatini o‘zlashtiradi

KGI kompaniyasining taniqli eksperti va tahlilchisi Ming-Chi Kuo bugun o‘zining navbatdagi qarashlari bilan o‘rtoqlashdi.

Ekrani kattalashtirilgan – keyingi avlod Apple Watch’ni tomosha qilamiz

Ming-Chi Kuo fikricha, Apple Watch Series 4 modelidagi o‘zgarishlar displeyning kattalashuvi bilangina cheklanib qolmaydi. «Olmali» smart-soatlarning dizayniga boshqa jiddiy yangilanishlar ham kiritiladi.

Apple Watch’lar bu yil jiddiy o‘zgarishga uchraydi

Apple Watch Series 4 joriy yilning uchinchi choragida taqdim etiladi. Korporatsiya uning displeyini 15 foizga kattaytirishi kutilmoqda, ammo buning aynan nima evaziga qilinishi hozircha ma’lum emas.

iPhone X o‘rniga bu yil iPhone SE 2 taqdim etishmoqchi

Uchta flagman iPhone’dan tashqari, Apple may yoki iyun oyida yana bitta – hamyonbop smartfon ham taqdim etadi. U ham simsiz quvvatlash texnologiyasiga ega, bu modelda ammo qiyofani tanish tizimi qo‘llanmaydi.

Bu yil qanday iPhone’lar chiqishi aniq bo‘ldi

Ming-Chi Kuo bir yil avval xuddi shu tarzda iPhone 8, iPhone 8 Plus hamda iPhone X taqdim etilishini va ularning asosiy xususiyatlarini prognoz qilgan va bu to‘g‘ri chiqqandi.

Bir oyda qancha iPhone X sotilgani ma’lum bo‘ldi

AQSh da xarid qilingan iPhone X flagmanini yetkazib berish muddati yanada qisqardi. Endi xaridor flagmanni pul to‘lagach ...

Nihoyat, endi iPhone’lar ham ikkita SIM-kartali bo‘ladi!

Bunda har ikkala SIM-karta ham bitta chip to‘plamidan foydalangan holda, bir vaqtning o‘zida LTE rejimida ishlay oladigan bo‘ladi.

Kelasi yili 6,5 dyuymlik iPhone X Plus chiqadi

2018 yili Apple korporatsiyasi uchta yangi smartfon chiqarmoqchi. Bu turkumga ekranining diagonali 5,8 va 6,5 dyuym bo‘lgan OLED-displeyli hamda 6,1 dyuymlik LCD-displeyli modellar kiradi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш