Xiaomi’ning 51 dollarlik yangi gadjeti: 4G-telefon, akkumulyator, GPS-treker va ovozli tarjimon – barchasi bittada!

Shuningdek, undagi «sun’iy idrok»li Xiao Ai ovozli yordamchisi kerakli ma’lumotni internetdan topib berishi, biror musiqani yoki audiokitobni qo‘yib berishi ham mumkin.

Huawei’ning niyati jiddiy: u Mi Band 3 «kushanda»sini tayyorladi!

Har ikkala modifikatsiyadagi Honor Band 4 bilaguzugi NFC, bittasi esa yana GPS moduli bilan ham ta’minlanadi. IP68 standartiga ko‘ra himoyalangan mazkur gadjet 50 metrgacha suv ostida ham ishlayveradi.

Samsung o‘z «aqlli» soatlarini arzonlashtirdi

Samsung kompaniyasi o‘zining Samsung Gear S3 smart-soatlar turkumi (Gear S3 Classic, Gear S3 Frontier va Gear Sport) narxlarini pasaytirdi.

Apple’ning keyingi ikki yildagi eng xaridorgir gadjetlari aniqlandi – bu iPhone ham, iPad ham emas

Xoh ishoning, xoh ishonmang – bular yirik gadjetlar emas, ammo iPhone 7 chiqishi sababli mazkur reyting ko‘p o‘zgarishlarga uchragan.

Made in Uzbekistan: noutbuklar uchun maxsus gilamchali taglik!

O‘lchamlari 650x350 sm.lik taglikning maxsus tirqishlari ish jarayonida devaysning qizib ketmasligini ta’minlaydi. Unda nafaqat sichqoncha uchun gilamcha, balki hatto smartfon uchun ham alohida joy mavjud.

Foxconn xodimlari Apple’ni 1,3 million dollarga tushirishdi

Foxconn fabrikasining bir nechta xodimi til biriktirib, butlovchi qismlarni o‘marishgan. Sud hukmi bilan ular, qamoq jazosiga hukm etilishidan tashqari, jarima to‘lashadi va Apple ziyonini ham qoplab berishadi.

«Vaqti keldi»: Qualcomm smart-soatlar protsessorining ikkinchi avlodini taqdim etyapti!

Qualcomm kompaniyasi 10 sentyabrga belgilangan taqdimot marosimi uchun taklifnoma tarqatmoqda. Unda faqatgina doirasimon shaklli «aqlli» soat tasviri hamda «It's Time» («Vaqti keldi») yozuvi mavjud.

Apple Watch yana bir «qahramonlik» ko‘rsatdi!

Ayni kunlarda o‘z uyida salomatligini tiklash bilan mashg‘ul Mayk Lavning ta’kidlashicha, agar Apple Watch ishlatmaganida, u hozir qabrda bo‘lishiyam mumkin edi.

LG smartfoni xaridorlariga – 500 dollarlik quloqchin sovg‘a!

Signature Edition 2018 ayni damda bozordagi eng qimmat smartfon bo‘lib, hadyasini ham hisobga olsak – shunga arziydiyam.

Google kuzda qanday gadjetlarini taqdim etadi?

Insayderlar bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Google’ning barcha yangi qurilmalari joriy yilning oxirigacha savdoga ham chiqariladi.

Samsung bexosdan Galaxy Watch’ning surat va jihatlarini e’lon qilib yubordi

Sayt ma’murlari bu xatolikni payqab qolib, tezda ma’lumotlarni o‘chirishgan, ammo shungacha saytdan olingan skrinshotlar ham yetarli...

Galaxy Watch «aqlli» soatining taqdimot va savdoga chiqish vaqti ma’lum bo‘ldi

Samsung Galaxy Watch o‘lchamiga ko‘ra ikki xil variantda chiqishini ham aytishmoqda. Tabiiyki, ularning narxida ham farq bo‘ladi.

Smartfoningiz uchun «himoya yostiqchasi»: bu g‘ilof bilan u yerga tushib ketmaydi! (+video)

AD Case’dagi maxsus datchiklar smartfonning yengil tushish holatiga o‘tganini tezda qayd etadi va shu ondayoq g‘ilofning burchaklaridan prujinasimon «oyoqcha»lar chiqadi.

Samsung smart-uzuk tayyorlamoqda – endi telefonning keragi bo‘lmaydi!

USPTO saytida Samsung’ning yangi ishlanmasi – «aqlli» uzuk tavsifi paydo bo‘ldi. Shunchaki «Taqiluvchi qurilma» (Wearable device) deb nomlangan bu gadjet telefonsiz ham ishlaydigan bo‘lishi kutilmoqda.

Xiaomi’ning qaysi gadjeti Mi 8 flagmanidan ham zo‘r sotilyapti?

Agarda 17 kunda millionta sotilgan bu devays shu sur’atda sotilishda davom etsa, Xiaomi mazkur bozorda yetakchilik shohsupasidan Apple’ni ag‘darishi ham mumkin!

Ckyrin S10 – quvvati 4 kunga yetuvchi, 5 metr suv tubida ishlovchi, 3G-modem va kameraga ega «aqlli» soat

Smart-soatda NanoSIM-karta uyachasi mavjud – 3G tarmoqlarida so‘zlashish va SMS-xabar almashish imkoni bor. Shuningdek, u Wi-Fi, Bluetooth 4.0, GPS modullari hamda 2 megapikselli kamera bilan jihozlangan.

Apple Watch’larda endi tugmacha ham o‘zgacha bo‘ladi!

Apple smart-soatlarining yon qirrasidagi moddiy tugma o‘rniga sensor tugmacha qo‘llanadi. Bu shunchaki sensor bo‘lmasdan, balki xuddi smartfonlardagi kabi Taptic Engine funksiyasiga ega bo‘ladi.

Yashirin qurollarni va jinoyatchilarni aniqlovchi – «politsiyachi» smartfon g‘ilofi yaratildi! (+video)

SWORD skanerlanayotgan kishining qiyofasini jinoyat bo‘yicha qidiruv ro‘yxatidagilar bilan taqqoslaydi. Agarda u biror gumondor bilan bir xil chiqsa, bu haqda xavfsizlik xizmati xodimlariga xabar beradi.

Xiaomi’ning yangi innovatsion gadjeti atigi 8 dollarga baholandi

Nomidagi «Wireless» so‘zidan bu devaysning simsiz ekanini, «Youth Edition» qismidan esa yoshlarga mo‘ljallanganligini anglash qiyin emas.

O‘zbekiston bo‘yicha eltib beriluvchi Xiaomi smartfonlari va boshqa gadjetlari narxlari (2018 yil 29 may) – pulini xaridingiz qo‘lingizga tekkanidan so‘ng to‘laysiz!

Xiaomi’ning 1 151 000 so‘mdan boshlanuvchi, bir yillik kafolatli smartfonlari va boshqa devayslari narxlari bilan tanishing! Pulini xaridingiz yetib borganidan so‘ng, o‘zingiz istagan usulda to‘laysiz!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш