MDC Prime Lite – O‘zbekistondagi eng hamyonbop qo‘sh kamerali smartfon

Uning kameralaridan tashqari boshqa xususiyatlari ham chakkimas (metall rom, 5.2 dyuymli HD-ekran, 4 yadroli protsessor, 2/16 GB xotira). MDC o‘z smartfonlariga 1 yillik bepul kafolat xizmatini yo‘lga qo‘ygan.

Arzon Galaxy J6 (2018) smartfoni FCC’da ham «ko‘rindi» – taqdimot sanasi yaqinmi?

Galaxy J6 (2018) yangicha urfga oid – tomonlari o‘zaro 18,5:9 nisbatdagi, 5,6 dyuymlik displey bilan jihozlanadi. Ehtimol, bunda kompaniya flagmanlari singari «nihoyasiz ekran» nazarda tutilgandir.

OPPO tayyorlagan – displeydagi daktiloskopik datchik dunyoda tengsiz!

Oppo tayyorlagan modulning asosiy xususiyatlaridan biri shundaki, nafaqat o‘chiq ekranda, balki ekran ishlab turgan payti ham daktiloskopik skaner ishlaydi, barmoq teginishlarini sezaveradi.

Xiaomi Cereus – hali taqdim etilmagan protsessorli smartfon benchmarkda «qo‘lga tushdi»

Texnik xususiyatlariga qaraganda, Xiaomi Cereus o‘rta narx toifasidagi smartfon bo‘ladi. Biroq unga Android operatsion tizimining eng ilg‘or – 8.1 Oreo talqini hamda eng yangi protsessor o‘rnatilmoqda.

Samsung yangi – hamyonbop Aura smartfonlarini tayyorlayapti

Kuzatuvchilarning taxminlariga ko‘ra, Samsung yangi Aura smartfonlarida o‘zining Exynos protsessorlarini qo‘llaydi. Ularning ekrani diagonaliga 5,5 dyuymdan oshmasligi ehtimoli yuqori.

Samsung internetga kira olmaydigan Galaxy J2 Pro smartfonini taqdim etdi

Qariyalardan tashqari, o‘quvchi-talabalarga ham Galaxy J2 Pro (2018) juda qo‘l keladi. Bu smartfon bilan ular dars qilish o‘rniga saytlarda kezib, ijtimoiy tarmoq yo messenjerlarda gap sotib o‘tira olishmaydi.

Yangi rekord: yilning eng tezkor smartfoni AnTuTu’da 356 918 ball to‘pladi!

Bugina emas, mazkur flagman hatto hozirda yetakchi sanalgan – Snapdragon 845 bazasidagi Samsung Galaxy S9 Plus modelidan naq to‘qson ming ochkoga o‘zib ketgan!

EKSKLYuZIV VIDEO: Redmi Note 5 Pro’ni iPhone X Red Edition’ga «aylantirsa» bo‘ladi!

«Xitoycha Apple»ning smartfonidan judayam chiroyli iPhone X Red Edition chiqdi! Ushbu usul yordamida boshqa kompaniyalarning turli modellardagi smartfonlaridan har xil iPhone’lar «yasash» iloji bor!

MDC Uzbekistan kompaniyasi Blogerlar chempionati uchun maxsus sovrin ajratdi

«Hamyonbop smartfonlar haqidagi eng yaxshi tavsif-blogpost» nominatsiyasi g‘olibi qo‘shaloq kamera va HD-ekran bilan jihozlangan, noodatiy dizayndagi MDC Prime Lite smartfoni bilan taqdirlanadi.

«Galaxy S9+ Mini» – iPhone X dizaynidagi Samsung smartfoni tayyor!

TENAA bazasida SM-G8850 model raqami bilan qayd etilgan ushbu smartfon nafaqat Galaxy S9 va S9+ modellarining, balki hatto iPhone X’ning ham bitta muhim xususiyatini o‘zida jamlagan.

Black Shark raqibi – Nubia Red Devil smartfonining ham taqdimot sanasi aytildi

ZTE Nubia’ning ushbu «Qizil Iblis» geymerofoni o‘z yurtdoshi bo‘lgan Xiaomi kompaniyaning «Qora Akula»siga qarshi maydonga tushadi.

«Surayyo» dunyodagi ilk sun’iy yo‘ldosh smartfonini taqdim etdi

Thuraya X5-Touch to‘laqonli ikkita SIM-karta bilan ishlay oladi, radiomodullari ham ikkita. Ular bir vaqtning o‘zida sun’iy yo‘ldosh aloqasini ham, GSM tarmog‘i aloqasini ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Xiaomi’ning qudratli Black Shark smartfonini taqdimotidan bir kun avval «jonli» videoda ko‘rsatishdi!

Xiaomi Black Shark smartfonining orqa paneli «X» shaklidagi dizaynga ega, asosiy kamerasi ikkita ob’yektivli qilib ishlangan. Ekran ostida tugmachaga daktiloskopik datchik joriy etilgan.

Xiaomi smartfonlari va boshqa gadjetlarining narxlari (2018 yil 12 aprel)

«Xitoycha Apple»ning bir yillik va bir oylik kafolatga ega smartfonlariga, fabletlari, «aqlli» bilaguzuklari va smart-soatlariga so‘mda belgilangan narxlar bilan tanishing!

Nihoyat, Xiaomi uzoq kutilgan Mi 6X taqdimotiga taklif etdi!

Xiaomi bu gal taqdimot marosimiga o‘zgacha yondashgan – tadbir kompaniya bosh direktori Ley Szyun ta’lim olgan dargoh – Xitoyning Uxan shahridagi universitetda bo‘lib o‘tadi.

Xiaomi Mi 7’ning «jonli» suratlarida uning yangi jihatlari fosh bo‘ldi

Xitoylik manbalar bugun ushbu gadjetning «jonli» olingan yangi rasmlarini internetga joylashdi. Ular Xiaomi Mi 7’ning tashqi ko‘rinishiga xos ayrim yangi xususiyatlarni namoyon etdi.

Yangi hamyonbop smartfon – Galaxy J7 Duo xususiyatlari fosh etildi

Kamera masalasida Samsung ziqnalik qilmagan – hamyonbop bo‘lsa-da, Galaxy J7 Duo bosh kamerasi 13 va 5 megapikselli modullarga ega. Selfi uchun esa ekran tepasiga 8 megapikselli old kamera joylangan.

Nubia o‘yinbop smartfonlari uchun Red Magic brendini taqdim etdi

Yaqin kelajakda Red Magic brendi doirasida ko‘plab miqdorda har xil elektron gadjetlar ishlab chiqariladi, ular geymerlarning mobil o‘yinlardan to‘laqonli zavq olishlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan bo‘ladi.

192 yevrolik Meizu 15 Lite haqida yangi ma’lumotlar va «jonli» suratlar!

Meizu 15 Lite modelining narxi 192 yevro atrofida bo‘lar ekan. Snapdragon 660 protsessori bazasida ishlovchi bu qurilmaning tezkor xotirasi 6 gigabaytgacha, doimiy xotirasi esa 128 gigabaytgacha bo‘ladi.

Galaxy A turkumi smartfonlari yana bir flagmancha xususiyatga ega bo‘ladi

Samsung ayni kunlarda diagonali 5,78 dyuymlik, burchaklari qayrilma AMOLED displey ustida ishlamoqda. Bu ekranlar shu yiliyoq chiqadigan Galaxy A7 2019 hamda Galaxy A8 2019 smartfonlariga qo‘yiladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш