iPhone egalarining xavfsizligi haqida Apple antiqa video chiqardi

Aftidan, ushbu rolik Google’ning «jig‘iga tegish» uchun ishlangan: uning Android operatsion tizimi shaxsga yo‘naltirilgan reklamani ko‘rsatish uchun foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini imkon qadar ko‘p yig‘adi.

Javob yurishi: endi Huawei kompaniyasi AQSh hukumatini sudga beryapti!

Huawei’ni, jumladan, T-Mobile kompaniyasining intellektual mulkini o‘g‘irlashda, sanksiyalarga qaramasdan Eron bilan hamkorlik qilishda ham ayblashyapti.

Andijonda internetdan g‘arazli maqsadda foydalanganlar jazolandi

Bu ikki shaxs diniy aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan maxsus audio va video ma’ruzalarini Telegram messenjerida virtual guruh a’zolariga tarqatib, ko‘plab yoshlarning ongini zaharlashga uringan.

WhatsApp’dagi yozishmalaringizni o‘qiy olishadi, bundan himoyalanish yo‘lini o‘rganib qo‘ying!

Joriy yilning fevral oyi boshida WhatsApp messenjeri yangilanib, biometrik ma’lumotlar orqali ochiladigan bo‘lgandi. Ammo ayni shunisi o‘zining zarariga ishlab, himoyada «tirqish» paydo bo‘lgan.

Mijozlarini qayg‘urgani uchun Apple’ni sudga berishdi!

Kaliforniyaliklardan biri juda g‘alati sababga ko‘ra Apple ustidan sudga ariza berdi. Uning da’vo qilishicha, ikki bosqichli autentifikatsiya tizimi foydalanuvchilarning juda ko‘p vaqtini olib qo‘ymoqda!

Kiberxavfsizlik reytingi: O‘zbekiston oxirgi beshtalikda!

Comparitech tadqiqot kompaniyasi kiberxavfsizlik darajasi bo‘yicha davlatlar reytingini tuzdi. Unga jami 60 ta davlat kiritilgan bo‘lib, Yaponiya yetakchilik qilmoqda, oxirgi o‘rinni esa Jazoir egallagan.

Xavfsizlik va maxfiylik uchun Atom brauzeri chiqdi: uning xatosini topib, millionni qo‘lga kiriting!

Mail.ru Group ushbu mahsulotiga shunchalik ishonyaptiki, Atom brauzeridagi jiddiy nuqsonni topgan xakerlarga bir million rubl miqdorida mukofot e’lon qilgan.

Facebook o‘z ilovasini ishlatganlarga oyiga 20 dollardan pul to‘layapti, lekin evaziga...

Facebook ushbu ilovasini o‘rnatganligi va ishlatayotganligi uchun foydalanuvchilarga oyiga 20 dollardan berib keladi. Ammo buning evaziga ularning juda ko‘p maxfiy ma’lumotlarini oladi.

Google Play’da yirik tozalash: qo‘ng‘iroq va xabarlaringizni «ko‘ruvchi» ilovalar o‘chiriladi!

Bundan uch oy avval Google vakillari Google Play’ga o‘z ilovalarini joylagan dasturchilarga maktub yo‘llab, dasturlarini to‘g‘rilashlari uchun 90 kun muhlat bergan. Mana, belgilangan muddat keldi...

iPhone yoki iPad himoyasini buza olsangiz, 2 million dollar mukofot tayyor!

Zerodium himoya «tuynugi»ni topganlik uchun mukofotni ikki karra oshirgan. iOS hamda Android-devayslarni ochish avval «atigi» 15 ming dollarga narxlangan bo‘lsa, hozirda bunga naq 100 ming dollar to‘lashadi.

Apple reklamani «ilib qo‘ydi»: u CES 2019 qatnashchilarini masxara qilmoqda!

CES 2019’da qatnashmayotgani yetmagandek, Apple uning ishtirokchilarini kalaka qilmoqda. U ko‘rgazma bo‘lib o‘tadigan Las-Vegas shahridagi SpringHills mehmonxonasi devorini reklama uchun ijaraga olgan...

Raqamli dunyoda 2018 yil yakunlari: asosiy tendensiyalar

Smartfonlar bozorida ilk pasayish sezildi, Fortnite rekord o‘rnatdi, Xitoy eng ko‘p fazoviy parvozlarni amalga oshirdi. Ammo voqealarning 2019 yildagi rivojiga ham ta’sir etadigan asosiy trendlar bor...

Telegram nimasi!? Kerak bo‘lsa, Google ham Roskomnadzorga jarima to‘layapti!

Roskomnadzor ta’kidlashicha, Google’ga nisbatan eng kam miqdordagi jarima belgilangan. Bu qonunni buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik sifatida 500 mingdan 700 ming rublgacha jarima tayinlanishi mumkin.

Sir ochildi: nega Putin umuman smartfon ishlatmaydi?

Shuningdek, Putin internetdan ham foydalanmasligini aytgan, ammo bularning sababini ochiqlamagan. Prezidentning matbuot kotibi Dmitriy Peskov bularga izoh berib ketdi.

Hatto kuzatuv funksiyasi o‘chirilganda ham Windows 10 ayg‘oqchilik qiladi, ammo bunga chek qo‘yishning osongina yo‘li topildi!

Sizning faoliyatingiz ustidan Windows 10 kuzatuvini butkul cheklash uchun bittagina reyestr faylini yuklab olib, ishga tushirish kifoya!

SplashData reytingi: 2018 yildagi eng ahmoqona parollar

Sizning biror servisdagi parolingiz shulardan biri bilan to‘g‘ri kelib qolgani yo‘qmi, mabodo? Agar shunday bo‘lib chiqsa, uni zudlik bilan o‘zgartirishni tavsiya etamiz.

AQShdan mustaqil Rossiya internetini yaratishmoqchi, lekin qanday qilib?

Rossiya Federatsiyasi geosiyosiy sabablarga ko‘ra jahon internetidan uzilib, o‘z «ichki internet»ini yaratishni mo‘ljallamoqda. Masala jiddiy, hatto bu haqda Davlat Dumasiga qonun loyihasi ham kiritildi.

Endi davlat organlari xodimlari maxsus mobil aloqadan foydalanadi

Aloqaning maxfiyligi, tezkorligi, xavfsizligi va telekommunikatsiya xizmatlariga sarflanadigan byudjet mablag‘larining tejalishini ta’minlaydigan hukumat mobil aloqasi tizimi joriy etiladi.

Umumiy ishlatiladigan Wi-Fi’dan foydalanishda ehtiyot bo‘ling!

Umumiy foydalaniladigan Wi-Fi tarmog‘i odatda trafikni shifrlamaydi. Demak, siz nimalar qabul qilayotganingiz va uzatayotganingizni kimdir bemalol ko‘ra oladi. Masalan, telefonni uzun PIN-kod bilan himoya qildingiz, biroq ekrandagi suzib yuruvchi blokirovka

Foydalanuvchilarning yoshiga oid axborot mahsulotlari qanday belgilanadi?

Internet tarmog‘ida axborot resurslarining egalari, ma’lumot tarqatishdan qat’i nazar, axborot mahsulotlarini yosh toifasi to‘g‘risida ma’lumot berishlari shart.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш