Toza musiqa va toza havo

Dyson kompaniyasi dunyodagi ilk havo tozalovchi quloqchinlarni taqdim qildi.

11 avgustda Samsung taqdim etgan barcha gadjetlar oltita rasmiy videoda!

Galaxy Unpacked 2021 tadbirini tomosha qila olmaganlar uchun Samsung unda ko‘rsatilgan devayslarining rasmiy roliklarini chiqardi.

Rasmiy namoyishidan avval Samsung Galaxy Buds 2 anboksing videosi chiqdi!

11 avgustda Galaxy Z Fold 3 va Galaxy Z Flip 3 smartfonlari, Galaxy Buds 2 quloqchini hamda Galaxy Watch 4 Classic soati taqdim etiladi. Biz bulardan dastlabki uchtasining narxlarini e’lon qilganmiz.

11 avgustda Samsung taqdim etadigan TWS-quloqchin va ikki xil buklamafon narxlari ma’lum bo‘ldi

Bulardan tashqari, Samsung mazkur tadbirida Galaxy Watch 4 Classic rusumli yangi aqlli soatini ham namoyish etishi kutilmoqda. Uning narxi hozircha noma’lum.

Apple tibbiy uskunalardan uzoqroq tutish shart bo‘lgan gadjetlari ro‘yxatini e’lon qildi

Ro‘yxat juda katta: unga smartfon, planshet, noutbuk, kompyuter, smart-soat, quloqchin va hatto ularning g‘iloflari, zaryadchiklariyu boshqa aksessuarlar ham kirgan. Bir tekshirib qo‘yavering – zarar qilmaydi.

Faol shovqin to‘suvchi Beats Studio Buds butkul simsiz quloqchini chiqdi

AirPods Pro’ga nisbatan sezilarli arzon bo‘lgan bu quloqchinda ikkita rejim mavjud — atrof-muhitdagi shovqinlari maksimal bloklovchi va «shaffof» rejim (atrofdagi narsalarni eshitish talab etilganida).

Pixel Buds A chiqdi: avtonomligi 24 soatlik, IPX4 himoyali hamyonbop TWS-quloqchin! (+video)

Garchi arzon versiyasi bo‘lsa-da, uning qiyofasi oddiy Pixel Buds bilan bir xil: o‘sha 12 mm.lik drayverlar, korpusi IPX4 standartida himoyaga, o‘zi Fast Pair funksiyasi va Adaptive Sound texnologiyasiga ega.

Simsiz quvvatlanib, 28 soat avtonom ishlovchi Redmi AirDots 3 Pro chiqdi

Shovqinlarni tahlil etish va telefondagi suhbat chog‘ida foydalanuvchining ovozini sifatli yetkazish uchun quloqchinning har bir pallasida uchtadan – jami oltita mikrofon o‘rnatilgan.

Bojxonada jami $7 millionlik – salkam 40 ming juft qalbaki AirPods musodara etildi!

Agarda haqiqiy AirPods qulochinining bir jufti 200 dollar turishini hisobga olsak, kontrabandachilar ushbu bir partiya tovardan taxminan 7 million AQSh dollari miqdorida noqonuniy foyda olishlari mumkin edi.

Galaxy Buds Pro quloq kasalliklarini keltirib chiqaryapti

Samsung rasmiy saytining ta’kidlashicha, naushniklar tarkibida akrilat va nikel mavjud, shu sababli allergiyadan aziyat chekuvchi insonlarga uni uzoq vaqt taqmaslik tavsiya etiladi.

10 daqiqa quvvatlanib, 8 soat ishlovchi simsiz quloqchin chiqdi

Mazkur gadjet Bluetooth 5.2 interfeysini qo‘llab-quvvatlashi aytilmoqda, ammo faol shovqin so‘ndirgichlari bo‘lish-bo‘lmasligi hozircha noma’lum.

Atigi 10 dollardan «Xitoycha AirPods Max» sotuvga chiqdi

AirPods Max quloqchini uchun Apple hattoki 2020 yilgi iPhone SE’dan ham yuqori narx belgilagan. Nomdor gadjetlarni klonlashtiruvchi xitoyliklarning e’tiboridan bu mahsulot ham chetda qolgani yo‘q.

Rekord darajadagi chegirma bilan iPhone 12 va iPhone 12 mini zo‘r sotilyapti

Shu bilan birga, butkul simsiz AirPods quloqchinini ham 190 dollar o‘rniga 120 dollardan sotilyapti. Uning xaridorlariga yana Apple Music servisidan 4 oy bepul foydalanish imkoni ham taqdim etiladi.

AirPods 3 narxi va ilk «jonli» rasmlari: uni AirPods, AirPods 2 hamda AirPods Pro bilan taqqoslab ko‘rsatishdi!

Insayderlar bergan xabarlarga ko‘ra, AirPods 3 yangi protsessorga ega bo‘lib, ovozni yanada sifatli uzatadi. Hattoki uning taxminiy narxini ham aytishmoqda...

Realme’dan bahorgi chegirma: Buds Q simsiz quloqchinini sovg‘a sifatida oling!

Biz har yili 8 mart kuni yaqinlarimizga qanday sovg‘a xarid qilish haqida bosh qotiramiz. Eng yaxshi sovg‘a — Realme 6 4/128 smartfoni va Buds Q simsiz quloqchinlari.

Uxlayotgan odam yutib yuborgan AirPods bus-butun chiqdi!

Nafas olishi og‘irlashavergach, u shifokor huzuriga borgan. Shifokorlar dastavval uni zaharlangan deb o‘ylashdi, rentgen esa quloqchinni topdi — oshqozonda ekan!

Galaxy A50 smartfoni va boshqa qimmatbaho sovrinlar yutuqqa qo‘yilgan tanlovga marhamat!

Ikkinchi bosqichning taqdirlash marosimi tez orada – 2021 yil 21 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Ushbu tanlovga taqdim etilgan videolar ko‘rib chiqilib, eng ko‘p layk to‘plagan o‘nta lavha aniqlanadi.

Rasmiy namoyishdan oldin Galaxy Buds Pro sotuvga chiqdi – kutilganidan qimmat!

Kanadadagi riteyler – Staples onlayn do‘konida ushbu quloqchin sotuvga qo‘yilgan. Samsung Galaxy Buds Pro u yerda uch xil – kumushrang, qora va binafsharang tuslarda taklif etiladi.

Galaxy Buds Pro simsiz quloqchini taqdimotdan avval AirPods Pro’ga mag‘lub bo‘ldi (+video)

Samsung kompaniyasi o‘zining to‘liq simsiz Galaxy Buds Pro naushniklarini 14 yanvarda taqdim etadi. Ushbu qurilmaning «jonli» varianti ustida o‘tkazilgan test sinovlari tasvirlangan video internetga chiqdi.

Samsung rasman Galaxy S21’lar taqdimot kunini aytdi – ulardan birini yutib olish mumkin! (+video)

Kompaniyaning va’da berishicha, tegishli sahifa orqali o‘z elektron pochta manzilini qoldirib, «yangi Galaxy’ning ilk egalaridan biri bo‘lish» mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш