«Ko‘rinmas» selfi-kamerali smartfon o‘zini oqlamadi

Axon 20 5G smartfonini haqiqatda olamshumul deb atashga hali erta. Suratlar chaplangan va yorqin bo‘lib qolmoqda, uni zamonaviy qurilmalar yordamida olingan suratlar bilan taqqoslab bo‘lmaydi.

Xiaomi ishqibozlari uchun ikkita noxush xabar

Buni fosh etgan Ice Universe yozishicha, Xiaomi Mi 11 ekrani nafaqat ikki yonidan, balki har to‘rtala tomonidan qayrilgan bo‘ladi.

Yashirin selfi-kamerali uchinchi smartfonni yaponlar chiqarishdi: IP68 himoyali va NFC chipli!

Rakuten BIG apparat ta’minotining asosini Snapdragon 765G chipi tashkil etadi. Yaponlar uni 6 gigabaytlik tezkor va 128 gigabaytlik doimiy xotira bilan ta’minlashgan, yana microSD-karta uyachasi ham bor.

Realme ham o‘zining ekranosti kamerali smartfonini ko‘rsatdi

Kompaniya vitse-prezidenti Weibo tarmog‘ida bitta surat ulashdi. Suratga qo‘shimcha tarzda yozishicha, u bugun Realme tadqiqotlar va ishlanmalar bo‘limiga borgan hamda u yerda qiziq bir yangi gadjetni ko‘rgan.

Maxfiy kamerali ikkinchi smartfonni umuman kutilmagan kompaniya taqdim etdi! (+video)

Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, selfi-modul surat sifatini yaxshilash uchun tasvirlarni qayta ishlashning maxsus algoritmini qo‘llaydi.

Yashirin selfi-kamerali ilk smartfon savdoga chiqiboq rekord o‘rnatdi

Bu haqda Weibo tarmog‘i orqali bayonot bergan ZTE rahbari Lu Syanxao ta’kidlashicha, faqatgina Jingdong onlayn savdo platformasining o‘zidayoq 100 000 donadan oshiq oldindan buyurtma rasmiylashtirilgan ekan.

Maxfiy selfi-kamerali ilk smartfon – ZTE Axon 20 5G taqdim etilib, allaqachon hafsalani pir qildi!

Axon 20 5G diagonaliga 6.92 dyuymlik, Full HD+ formatidagi OLED-displeyga ega. Daktiloskopli ekranda kadr yangilanish chastotasi 90 gerslik bo‘lsa, sensor qoplami naq 240 gerslik chastotada yangilanadi.

Xiaomi Mi 10 Ultra’da yashirin kamera qanday ishlashini «jonli» videoda tomosha qilamiz!

Xiaomi’ning ta’kidlashicha, faqat uning uchinchi avlod displeyorti kamerasi oddiy selfi-kameralar kabi sifatli suratlar olishga qodir; raqobatchilarning yechimlari unga teng kela olmaydi.

«JONLI» VIDEO: Yashirin selfi-kamerali smartfonni ZTE’dan avval Xiaomi ishlatib ko‘rsatdi!

1 sentyabr kuni ZTE old kamerasi displey ortiga yashirilgan ilk smartfonni taqdim etadi. Xiaomi esa allaqachon o‘zining shunaqa smartfonini, aynan maxfiy selfi-kamerasini ishlatib ko‘rsatdi.

Ekranosti selfi-kamerali ilk smartfonni to‘rtta rangda rasman ko‘rsatishdi!

Android 10 operatsion tizimli Axon 20 5G akkumulyatorining tok sig‘imi 4120 mA/soatga teng. Kompaniya uni 6/8/12 gigabaytlik tezkor va 64/128 gigabaytlik doimiy xotirali variantlarda taqdim qiladi.

Yashirin old kamerali ZTE Axon 20 5G smartfonining ilk rasmiy surat va videosi!

ZTE Axon 20 5G modelining birinchi rasmiy reklama roligida displeyning yuqori qismi o‘rtasida ham, burchagida ham, korpusdan chiquvchi mexanizmda ham selfi-kamera bo‘lmasligi o‘ziga xos tarzda ko‘rsatilgan.

Maxfiy selfi-kamerali ilk smartfonning namoyish kuni rasman e’lon qilindi!

ZTE Axon 20 5G xususiyatlarini ishlab chiqaruvchi ma’lum qilmagan. Biroq oldinroq TENAA ularning asosiylarini fosh etib bo‘lgan.

Ekranosti kamerali birinchi smartfonning «jonli» rasmlari va xususiyatlari

Kuni kecha ZTE kompaniyasi kutilmaganda yashirin selfi-kamerali ilk smartfonni e’lon qilgan edi. Uning taqdimoti yaqin, shekilli – qurilmaning suratlari va rasmlari TENAA regulyatorida qayd etildi.

Yashirin selfi-kamerali ilk smartfonni kutilmagan kompaniya e’lon qildi

CES 2020 ko‘rgazmasida ko‘rsatilgan Concept One modelida old emas, balki asosiy kamera yashirinadi, lekin uyam sotishga chiqarilmaydigan, konseptual smartfondir. Bunisi esa endi boshqacha...

Android’ning umuman keragi yo‘q: Harmony OS va «yashirin kamera»li Huawei Mate 40’ni ilk bor «jonli» ko‘ramiz!

Harmony OS tizimidan tashqari, asosiy o‘ziga xosligi – old kamera uchun ekranda kemtik yoki tirqish yo‘q. Faqat displeyning yuqori qismi o‘rtasida bitta kvadrat, ikkita doiracha shakli sal-pal ko‘zga tashlanadi.

Xiaomi oliy toifali Mi 10S/Mi 10S Pro va «yashirin kamerali» flagman tayyorlayotganini rasman tasdiqladi

Kompaniya o‘zining o‘n yillik yubileyiga bag‘ishlab Xiaomi Mi 10th Anniversary Edition flagmanini ishlab chiqqan. Bundan tashqari u yana Mi 10S, Mi 10 SE, Mi 10S Pro va Mi Mix 4 modellarini ham tayyorlamoqda.

Samsung hali taqdim etilmagan, «yashirin kamera»li Galaxy Note 20’ni endi «jonli» videoda ko‘rsatdi!

Kompaniya yaqindagina Galaxy Note 20 modelining suratini rasmiy onlayn do‘koni – Galaxy Store saytiga chiqarib qo‘ygandi. Endi esa uni Samsung’ning rasmiy reklama roligida aniq-ravshan ko‘rishingiz mumkin.

Galaxy S21'larda Samsung uzoq kutilgan selfi kamera yechimini qo‘llashi mumkin!

Flagman haqidagi ilk yangilik xushxabar bo‘ldi!

Yashirin kamerali birinchi Samsung smartfonini ilk bor yoqiq holida «jonli» ko‘ramiz!

Smartfonda konditsionerni boshqarish ilovasi ochilgan. Displeyda tirqish yoki kemtik ham yo‘q, yuqori romda ham selfi-kamera ko‘rinmaydi – demak, mazkur sensorni ekranning ostiga o‘rnatishgan.

Xiaomi «yashirin kamerali» Mi Mix 4 flagmanining taqdimot kunini e’lon qildi

Xiaomi bugun antiqa tizer-posterini e’lon qildi. Unga ko‘ra, yillik CES 2020 ko‘rgazmasi doirasida kompaniya o‘zining yangi innovatsion smartfonini namoyish qiladi, lekin gadjet nomi yashirilgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш