DxOMark reytingida arzon Redmi smartfoni kuchli beshlikka kirdi!

Akkumulyatorining bitta quvvat bilan ishlash davomiyligiga ko‘ra bu smartfon 2 kunu 19 soatlik natija ko‘rsatib, 78 ball olgan.

iPhone 13’larning rekordchi jihati aytildi: Apple ishqibozlari buni yillab kutishgan!

ZDNet portalining yozishicha, o‘n uchinchi avlod ayfonlardagi asosiy jihat takomillashgan kameralar ham, 120 gerslik displey ham, hattoki magnit kontaktli quvvatlash texnologiyasi ham emas.

Xiaomi flagmaniga bitta quvvatda 14 kun ishlash imkonini beruvchi yangi rejim qo‘shildi!

Xiaomi Mi 11 Ultra flagmanining proshivkasi yangilandi – MIUI grafik qobig‘ining V12.5.10.0.RKACNXM versiyasi tarqatildi. Unda bir qator yangi funksiyalar safida Super Power Saver rejimi ham taqdim etilgan.

Arzon «avtonomlik monstri» – Galaxy F22 taqdimoti va xususiyatlarini Samsung rasman e’lon qildi

Helio G80 protsessorli Galaxy F22 modelida AMOLED-displey HD+ formatli, kadr yangilanishi esa 90 Gs. Kvadrokamerada asosiy modul 48 MPlik, selfi uchun esa ekran kemtigiga 13 MPlik sensor o‘rnatilgan.

Navbatdagi Samsung «avtonomlik monstri»ning ojiz nuqtasi – aynan akkumulyatorida!

FCC ma’lumotlar bazasida Galaxy M32 modeli paydo bo‘ldi. Ushbu nufuzli tashkilot faqat bozorga chiqarishga tayyor mahsulotlarnigina sertifikatlashini hisobga olsak, mazkur smartfonning ham taqdimoti yaqin.

iPhone 13 turkumidagi barcha to‘rtta smartfonning akkumulyator tok sig‘imi ma’lum bo‘ldi

2021 yili chiqadigan o‘n uchinchi avlod ayfonlarning barchasida akkumulyator sig‘imi o‘z «ajdod»idagidan yuqori, lekin Pro Max versiyasida bu farq yaqqol katta.

$150 evaziga 48 MPlik kvadrokamera va 6000 mAs batareyali Galaxy M12 to‘liq namoyish qilindi!

Galaxy M12 displeyi 90 gerslik va yuzasiga Gorilla Glass 3 himoya shishasi yotqizilgan. Samsung uni Android 11 ustiga qurilgan OneUI 3.0 Core grafik qobig‘i bilan taklif etmoqda.

3687 mAs batareyali Phone 12 Pro Max avtonomligi yuqorimi, yoki 5000 mAs akkumulyatorli Galaxy S21 Ultra? («Jonli» test videosi)

Birining quvvati butkul tugaganida, ikkinchisida hali 10% zaryad qolgan – shuning o‘ziyoq bir soat brauzer yoki Instagram titkilashga, yo bo‘lmasa bir soatga yaqin GPS modulini ishlatishga yetadi.

Yana bir «avtonomlik monstri» – Galaxy M62 taqdim etildi!

Samsung navbatdagi «beli baquvvat» smartfoni premerasini 3 martda o‘tkazishi kutilayotgan edi. Biroq kompaniyaning Tailand bo‘limi cho‘zib o‘tirmasdan, uning barcha jihatlarini rasmiy saytida e’lon qildi.

5000 mAs batareyali va suvdan himoyali smartfon – atigi 100 dollardan!

Telefon ikkita SIM-kartani, 4G texnologiyasini, yakka polosali Wi-Fi, Bluetooth 5.0 hamda GNSS (GPS, A-GPS, LTEPP, SUPL, GLONASS, GALILEO) tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Samsung atigi 340 dollarga Android 11, flagman protsessor va 7000 mAs batareyali kamerofon chiqaryapti

Kompaniya mazkur smartfoniga o‘zining Exynos 9825 chipsetini o‘rnatyapti. Bu – Galaxy Note 10 hamda Galaxy Note 10+ flagmanlarida qo‘llangan protsessordir.

Exynos 2100 chipli Galaxy S21 Ultra: to‘rtta flagmanga qarshi ilk avtonomlik testi!

Tajribada undan tashqari yana Xiaomi Mi 11, iPhone 12 Pro Max, OnePlus 8 Pro hamda Galaxy S20 Ultra flagmanlari qatnashgan.

Kompaniya rahbari allaqachon Redmi K40 ishlatyapti: skrinshot uning zo‘r jihatini ko‘rsatdi!

Redmi brendining lahbari Weibo tarmog‘ida o‘zi ishlatayotgan smartfonning ekranidan skrinshot e’lon qildi. Bu surat ikkita faktni oshkor etgan...

TOP-15: Rekord darajada tez quvvatlanuvchi smartfonlar

Ro‘yxatda birorta ham iPhone yo‘q, kuchli o‘ntalikdan esa faqat xitoylik kompaniyalarning vakillari o‘rin olgan! Yarim soatga ham yetmasdan quvvatlanib ulguruvchi bittagina smartfon bor ekan.

«Energetik monstr» – Redmi 9 Power: taqdimot kuni, Redmi Note 9 4G modelidan farqlari va rasmiy videosi

Ushbu smartfonning keyinroq boshqa bozorlarga Xiaomi Redmi 9T nomi ostida chiqishini aytishmoqda.

Quvvati 32 kunga yetuvchi, kvadrokamerali va «o‘ldirib bo‘lmas» bu smartfonni tekinga ham olish mumkin!

Naq 10 050 mA/soatlik batareyaga ega Doogee S59 Pro smartfonini Aliexpress orqali 199 dollarga olish mumkin, lekin kompaniyaning rasmiy saytida undan uchtasi yutuqli o‘yinga ham qo‘yilgan.

Xiaomi mashhur flagmanining rekordi borasida barchani laqillatgan ekan!

Android Authority nashri tahririyati Xiaomi’ning yubiley superflagmanini test qilib ko‘rdi va bu borada ishlab chiqaruvchining aldaganini fosh etdi.

Quvvati eng uzoq vaqtga yetuvchi 15 smartfon bilan tanishing

Android Insider to‘rtinchi avlod uyali aloqa standarti – LTE tarmog‘ida internet ishlatganda quvvati qancha vaqtga yetishi bo‘yicha o‘tkazilgan test asosida smartfonlarning avtonomlik reytingini taqdim etdi.

iPhone 12 hamda 12 Pro testda nafaqat Android-smartfonlarga, balki hatto bulturgi ayfonlarga ham mag‘lub bo‘ldi!

Test g‘olibi esa Samsung yoki Google flagmani emas, balki xitoylik smartfonsozning yangi modeli bo‘lib chiqdi!

Realme C15 chiqdi – kvadrokamerali va batareyasi 6000 mA/soatlik arzon smartfon!

Helio G35 chipli smartfon 3/4 GBlik tezkor va 64/128 GBlik ichki xotiraga ega. 13+8+2+2 MPlik bosh kamerasi Super NightScape va HDR rejimlarini qo‘llab-quvvatlaydi, 1080p 30fps aniqligida video oladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш