Samsung Galaxy smartfonlari akkumulyatorlarini qanday quvvatlantirsak to‘g‘ri bo‘ladi?

Mobil qurilmalar uchun ishlatiladigan zamonaviy akkumulyatorlar o‘zining ishonchliligi va unumdorligi bilan avvalgilaridan farq qiladi.

Samsung smartfonida fotoni aloqaga qanday o‘rnatish mumkin?

Agar abonent ismini shoshilinch o‘qishda adashsangiz, fotografiya bilan bunday muammo kuzatilmaydi. Ko‘z qiringiz bilan qarasangiz kifoya, kim sizga qo‘ng‘iroq qilayotgani ma’lum bo‘ladi.

Google akkauntingizga kira oladigan dasturlarni aniqlash va ularni cheklash

Siz ishlatadigan har xil ilovalar Google akkauntingiz orqali shaxsiy ma’lumotlaringizni olishi va ulardan turli maqsadlarda foydalanishi mumkin. Ularni cheklashni quyida ko‘rib chiqamiz.

Ikkita SIM-karta smartfon quvvatini tez tugatadimi?

Shunday xavotir o‘rinlimi, degan savolga javob olishga qaror qilgan mutaxassislar ikkita hamda bitta SIM-kartali smartfonlarning aniq vazifalar ustida mustaqil raviishda qanday ishlashini tekshirib ko‘rishdi.

Android dasturlash – Mobil Taraqqiyot

O‘quv mazkazi kurslarida qatnashib, Siz dasturlash sohasidagi boshlang‘ich bilimlar olishdan boshlab, tayyor mutaxassis bo‘lib yetishishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqda marketing asoslari bo‘yicha vebinarga marhamat!

2018 yil 22 may kuni, soat 19:00 da boshlanadigan «Ijtimoiy tarmoqda marketing – boshlang‘ich dastur» mavzusidagi vebinar onlayn translyasiya qilinishi ko‘zda tutilgan.

«Mangu» pikcyellari: kriptovalyuta emas, balki milliy kristavalyuta!

Yangi loyiha asosida yaratilgan «Mangu» moliyaviy platformasi dunyo kriptovalyuta tizimiga aynan O‘zbekiston sharoitida javob bo‘la oladigan innovsion tizimdir.

Ucell Education ta’lim portali ishga tushdi

Ta’lim, Biznes, Layfxak, Fitnes, Pardoz, Pazandachilik bo‘limlariga ega portal juda qulay: Ucell raqamingizni kiritib kontentga obuna bo‘ling va har kuni shu mavzuda foydali ma’lumotlar olib boring.

iPhone’ingiz kamerasi va mikrofoni orqali qaysi ilovalar sizni kuzatayotganini bilasizmi?

Birorta ham ilova mikrofon yoki kameradan ruxsatsiz foydalana olmaydi. Hamma gap ayfon egalarida: biror ilovani o‘rnatayotganda, u ruxsat so‘ragan ro‘yxatni o‘qib ham o‘tirmasdan tasdiqlab yuboraverishadi.

App Store’dan Telegram X yo‘qolib qoldi. Ammo uni qaytarish yo‘li bor!

Telegram X muqobil kliyenti shu kunlarda iOS-qurilmalar uchun ilovalar katalogi – App Store’dan yo‘qolib qolgan. Uni iPhone yoki iPad’ingizga qayta o‘rnatish usulini ma’lum qilmoqdamiz.

Qarshi oling: Grasshopper – JavaScript’da dasturlashni o‘rgatuvchi bepul o‘yin!

Grasshopper boshqotirmalar va viktorinalar shaklida ishlangan, ushbu bepul ta’limiy o‘yin yordamida dasturchilik asoslarini istalgan vaqt va xohlagan joyda o‘rganib ketaverishingiz mumkin.

EKSKLYuZIV VIDEO: Redmi Note 5 Pro’ni iPhone X Red Edition’ga «aylantirsa» bo‘ladi!

«Xitoycha Apple»ning smartfonidan judayam chiroyli iPhone X Red Edition chiqdi! Ushbu usul yordamida boshqa kompaniyalarning turli modellardagi smartfonlaridan har xil iPhone’lar «yasash» iloji bor!

Saytlar to‘g‘ri ochilmasligi: sababi va bartaraf etish yo‘llari

Ko‘pincha saytning to‘g‘ri ochilmasligiga aynan DNS-kesh sabab bo‘ladi. Quyida eng ommabop ikkita operatsion tizimda ushbu muammoni bartaraf etish yo‘llarini ko‘rib chiqamiz.

Ko‘rish qobiliyatini tekshirish va yaxshilash uchun uchta bepul iOS-ilova

To‘g‘ri, bu ilovalarning hech biri oftalmolog o‘rnini bosa olmaydi, ammo unga murojaat etish kerakligi yoki shart emasligini aniqlab beradi.

Xitoycha MIUI proshivkali Xiaomi smartfonlariga Google servislarini o‘rnatamiz

Xitoycha proshivkali Xiaomi smartfonlarida, global proshivkadan farqli ravishda, Google servislari mavjud bo‘lmaydi. Quyida shunaqa smartfonlarga ushbu servislarni o‘rnatishni ko‘rib chiqamiz.

TOP-10: mart oyidagi eng zo‘r Android-ilovalar

Bugun «yashil robotchali» gadjetlar foydalanuvchilari orasida mart oyida ommalashgan dasturlarni ko‘rib chiqamiz. Ulardan ayrimlari siz uchun yangilik bo‘lsa, boshqalari avvaldan tanish bo‘lishi ham mumkin.

Xushxabar: Google Maps’ga 39ta yangi, jumladan, o‘zbek tili ham qo‘shildi!

Yangi qo‘shilgan 39 ta tilda gaplashuvchilarning umumiy soni taxminan 1,25 milliard nafarga yetadi. Ular orasida o‘zbek tili ham borligi biz uchun alohida quvonarlidir.

AliExpress’dagi soxta «chegirma»lar: onlayn savdoda sizni qanday laqillatishadi?

AliExpress 8 yilligida 50 foizgacha boruvchi chegirmalar e’lon qilingan, ammo ularning aksariyati soxta. Bunaqa holatlarda aldanib qolmaslik uchun ushbu tavsiyalarimizga amal qiling.

Sizni Facebook kuzatuvidan himoyalovchi kengaytma!

Facebook Container plagini ijtimoiy tarmoqqa kirayotganingizda, uni izolyasiyalangan alohida varaqada ochadi. Natijada Facebook sizning internetdagi boshqa harakatlaringizni ta’qib eta olmaydi.

Xiaomi smartfoni xaridida kafolat taloniga e’tiborli bo‘ling!

Ogoh bo‘ling: Xiaomi smartfoni xaridida kafolat shartlarini aniq bilib olganingiz, kafolat talonining to‘liq, to‘g‘ri va tushunarli to‘ldirishlarini talab qilganingiz ma’qul.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш