Global versiyali MIUI 12 taqdimot kunini Xiaomi rebus yordamida e’lon qildi

MIUI 12 Global chiqishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Xiaomi kompaniyasi Twitter tarmog‘idagi MIUI rasmiy sahifasi orqali rebus e’lon qildi. Kompaniya bunda «ushbu muhim sanani eslab qolish»ni maslahat bergan.

Yangi reytingda iPhone 11’dan keyingi – ikkinchi o‘rinni atigi 140 dollarlik smartfon egalladi!

Ushbu ro‘yxatga yana iPhone 11 Pro va 11 Pro Max, Samsung Galaxy A51, Galaxy A10S, Redmi Note 8 Pro, Galaxy A20S, Galaxy A01, Redmi 8A kabi smartfonlar ham kirgan.

Beshta rusumdagi Xiaomi hamda Redmi smartfonlari egalarini global MIUI 12 testlariga rasman taklif etishyapti!

«Xitoycha Apple» endi Xiaomi hamda Redmi brendi smartfonlarining xalqaro foydalanuvchilarini ham MIUI 12 grafik qobig‘ini sinab ko‘rishga rasman taklif etmoqda.

AnTuTu eng qudratli flagmanlar TOP-o‘ntaligini e’lon qildi (2020 yil aprel)

Ularning barchasi Snapdragon 865 platformasi bazasida ishlaydi. Jahondagi yetakchilardan biri bo‘lmish mahalliy smartfonsoz – Huawei’ning birorta ham modeli bu ro‘yxatga kirmagani g‘alati.

TOP-10: Eng kuchli hamyonbop smartfonlar (AnTuTu reytingi, 2020 yil aprel)

AnTuTu reytingini asta-sekin 5G-smartfonlar zabt etib boryapti: faqatgina so‘nggi uchta o‘rinda 4G-smartfon turibdi. Qualcomm protsessorlariga asoslangan smartfonlar bu gal kuchli uchlikka kira olmagan.

Yaponiyada atom bombasini «qayta portlatgani» uchun Xiaomi uzr so‘radi (+video)

Smartfonlaridagi 30 vattlik tezkor quvvatlanish funksiyasi maqtalgan reklama lavhasi Yaponiya reklama bozoriga xos bo‘lgan «tentakona» uslubda tayyorlangan. Lekin bunda Xiaomi ahmoqona xatoga yo‘l qo‘ygan...

Redmi ikkita bestselleriga Android 10 bazasidagi MIUI 12 chiqish vaqtini aytdi

Atigi uch oy ichida 10 million dona sotilgan ushbu qurilmalardan biriga may oyining o‘zidayoq barqaror Android 10 proshivkasi tarqatiladi!

1000 dollarlik Galaxy S20+’ni mag‘lub etgan, o‘zi atigi 200 dollarlik smartfonni bilasizmi? («Jonli» test videosi)

Ushbu modelida Qualcomm emas, balki MediaTek protsessori qo‘llangani uchun Xiaomi tanqidlarga uchragan edi. Ammo baribir uning «elektron yuragi» Samsung o‘z flagmanida qo‘llagan chipsetdan ham zo‘r ekan!

28 xil Xiaomi va Redmi smartfoniga hoziroq «global» MIUI 12 proshivkasini yuklab olishingiz mumkin!

Dasturchilar xitoycha proshivkalarni olib, mahalliy ilovalarni o‘chirishgan, Google servislarini va ko‘plab tillarni (shu jumladan rus tilini ham) qo‘shishgan.

Eng arzon 5G-flagman endi Realme X50m emas – Redmi K30 5G narxi naq 55 dollarga pasaydi!

Yaqinlargacha eng arzon 5G-smartfon – Redmi K30 edi, ammo mazkur brendning jiddiy raqibi – Oppo korporatsiyaga qarashli Realme kompaniyasi undan ham zo‘rini yanada arzon narxda savdoga qo‘ygandi...

MIUI 12’dagi Super Wallpaper’larni istalgan Android-smartfonga o‘rnata olasiz! (tayyor havola + «jonli» video)

Super Wallpaper’ni endi nafaqat Xiaomi telefonlariga, balki istalgan kompaniyaning «yashil robotchali» har qanday smartfoniga o‘zingiz o‘rnatib olishingiz mumkin. Faqat bittagina sharti bor...

Xiaomi uchta ommabop smartfonini ancha arzonlashtirib sotyapti

Kuni kecha Mi Note 10 Lite, Redmi Note 9 hamda global Redmi Note 9 Pro smartfonlarini taqdim etgan Xiaomi ularning savdoga chiqishi arafasida oldingi rusumlardagi telefonlar narxini tushiryapti.

Redmi Note 9 Pro Global taqdim etildi: Redmi Note 9 Pro Max’ning xalqaro versiyasi, lekin farqlari bor (+video)

Garchi nomidan «Max» qismi olib tashlangan bo‘lsa-da, global Redmi Note 9 Pro undan ustun jihatlarga ham ega. Masalan, unga yangicha vibromotor qo‘yilgan va NFC chipi ham qo‘shilgan.

Redmi Note 9 – suvdan himoya, 48 MPlik kvadrokamera, 5020 mA/soatlik batareya va Helio G85 chipli arzon smartfon!

Gorilla Glass 5 himoyali, IPS-matritsali, 6,53 dyuymlik Full HD+ formatli ekran tirqishiga 13 MPlik kamera joylangan. Kompaniyaning da’vosiga ko‘ra, Redmi Note 9 quvvati ikki kundan oshiq vaqtga yetadi!

33 xil Xiaomi va Redmi smartfonlariga hoziroq MIUI 12 o‘rnata olasiz! (tayyor havolalar)

Ushbu proshivkalar, Xiaomi va Redmi smartfonlarining modeliga bog‘liq holda, Android 10 yoki Android 9 operatsion tizim talqinlariga asoslangan.

«Qoch yo‘ldan, Redmi!» – eng arzon, tag‘in NFC va 120 Gs ekranli, kvadrokamerali 5G-smartfon sotuvga chiqdi

Snapdragon 765G protsessorli Realme X50m yana bir qator flagmancha xususiyatlarga ega: 2+16 MPlik old va 48+8+2+2 MPlik bosh kameralar, 30 vattlik tezkor quvvatlanuvchi 4200 mA/soatlik batareya...

Xiaomi rasman Mi Note 10 Lite taqdimotini e’lon qildi va ilk suratini ko‘rsatdi

Snapdragon 730G protsessorli bu smartfon Android 10 operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi. Uning sig‘imdor – naq 5260 mA/soatlik akkumulyatori esa 30 vattlik texnologiya bo‘yicha tezkor quvvat oladi.

MIUI 12 «super oboy»lari tushadigan smartfonlar ro‘yxati + «jonli oboy»larni yuklab olish uchun havolalar

Hozircha faqat Xitoyda tarqalayotgan grafik qobiqdagi Super Wallpaper hamma smartfonlarda ham ishlamas ekan. Lekin undagi yangi statik va «jonli» oboylardan siz ham allaqachon foydalanishingiz mumkin!

Xiaomi va Redmi smartfonlari uchun MIUI 12 taqdim etildi: yangi imkoniyatlarni qarshi olamiz! (+5 ta video)

MIUI 12 grafik qobig‘i Android 10 operatsion tizim talqini bazasida ishlab chiqilgan bo‘lib, yangicha dizaynga ega. Dasturchilarning maqtanishlariga ko‘ra, yangi grafik qobiq iOS tizimi bilan bellasha oladi.

Xiaomi rasman MIUI 12 beta-testini va unga yangilanuvchi smartfonlarni e’lon qildi

MIUI 12 namoyish kuniyoq tarqatila boshlashi haqidagi xabar rost bo‘lib chiqdi – Xiaomi allaqachon uning sinovi uchun foydalanuvchilarni ro‘yxatga ola boshladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш