Android-smartfonlarning yangi «qirol»ini qarshi oling – u AnTuTu’da mutlaq rekord o‘rnatdi!

Benchmarkda u naq 325076 ball oldi – bu esa barcha Android-qurilmalar ko‘rsatgan eng yuksak natijadir! Bungacha eng yuqori samaradorlikka ega smartfonlar esa AnTuTu’da 300 ming balldan oshiqroq to‘plaganlar.

Yangi iPhone’lar internet tezligida eski modellarga, hatto bulturgi Android-smartfonga ham yengildi! («jonli» rasmlar)

Ma’lumotlarni yuklash tezligi bo‘yicha ular nafaqat eski rusumlardagi iPhone’lardan, balki hatto Samsung’ning bulturgi flagmanidan ham ortda qolgan!

Ekrani «tirqish»li Galaxy S10 yana ikki jihatiga ko‘ra rekord o‘rnatyapti!

Bu ikki rekordidan tashqari, shu model 5G-modulga hamda to‘rtta ob’yektivli asosiy kameraga, shuningdek AnTuTu’da mutlaq rekord o‘rnatgan Snapdragon 8150 protsessoriga ham ega.

Samsung yana dog‘da qoldi: «tirqish»li ekranga ega smartfonni allaqachon xitoyliklar chiqarib ulgurishdi! («jonli» surat)

Galaxy S10 flagmanlari hali 2019 yilning fevralida taqdim etilib, bahoridagina savdoga chiqariladi. Xitoyliklarning «tirqish»li ekranga ega smartfoni esa allaqachon metropolitenda «qo‘lga tushgan».

«JONLI» SURAT: Galaxy A8s chindan ham «tirqish»li Infinity-O ekranga ega!

Galaxy A8s o‘rta toifadagi Snapdragon 710 protsessori va 6/8 gigabaytlik tezkor xotira, shuningdek, 3300 mA/soatlik akkumulyator hamda uch modulli asosiy kamera bilan ham ta’minlanadi.

Galaxy M20 smartfoni Samsung‘ning «kemtik» ekranli ilk modeli bo‘lishi mumkin!

Mazkur gadjet ekranidagi «kemtik» iPhone X yoki boshqa ko‘plab smartfonlardagi singari katta bo‘lmaydi. Bu yerda gap old kamera uchun kichkinagina «o‘yilgan» Infinity-U turidagi displey haqida ketmoqda.

Samsung tayyorlayotgan Galaxy M20 smartfoni benchmarklarda fosh etildi!

Galaxy M turkumi ushbu ishlab chiqaruvchining Galaxy J, Galaxy On va Galaxy C seriyalaridagi smartfonlari o‘rniga, 2019 yil boshida chiqariladi.

Chegirmali Samsung smartfonlarining Terashop.uz’dagi narxlari (2018 yil 21 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Buyurtma Toshkent bo‘yicha 12 ish soati, viloyat markazlariga esa 2 ish kunida yetib boradi! Terashop.uz’da qulay to‘lov shakllari (naqd pul, terminal va Payme tizimi orqali elektron to‘lovlar) joriy etilgan.

Galaxy S10’lardan tashqari, Samsung yana 5G’da ishlovchi olti kamerali yubiley flagmanini ham tayyorlamoqda!

2019 yilning fevralida Samsung uchta modeldagi Galaxy S10 smartfonlarini namoyish qiladi. Oradan taxminan bir oycha vaqt o‘tib, kompaniyaning haqiqiy flagmani – Beyond X yubiley modeli taqdim etiladi.

Galaxy A8s’ning teshik ekranini ilk bor «jonli» tomosha qilamiz!

Avvalroq Galaxy A8s ekraniga o‘rnatiluvchi himoya oynasining rasmi e’lon qilingan bo‘lsa, endi insayderlar displeyning ham «jonli» suratini tarqatib yuborishdi.

«Galaxy S10 dizayni qanaqa o‘zi!?» – mashhur insayderlar talashib qolishdi!

13 noyabr kuni bir necha mashhur insayder ayni shu Samsung Galaxy S10 smartfonlarining dizayni va jihatlari masalasida Twitter tarmog‘ida tortishib qolishdi.

Samsung Galaxy F buklama smartfonining batafsil videosi, narxi va boshqa ma’lumotlari!

Insayderlar shartli ravishda «Galaxy F» deb nomlanayotgan bu devaysning narxi, taqdimot sanasi va ilk partiya hajmi haqidagi yangi ma’lumotlarni ham taqdim etishgan.

Samsung Galaxy M20 va Galaxy M30 – hamyonbop smartfonlarmi yoki o‘rta narxli?

Galaxy M turkumidagi smartfonlar birdaniga Galaxy J, Galaxy On hamda Galaxy C turkumi o‘rniga joriy etiladi. Ularning dastlabki ikkitasi SM-M205F va SM-M305F raqamlari ostida sinovlardan o‘tkazilayotir.

Samsung Galaxy S8/S8+ hamda Note 8 egalariga ajoyib xushxabar bor!

SDC anjumanida Samsung One UI dasturiy ta’minoti o‘tgan yilgi flagmanlar va boshqa modellarga taqdim etilmasligi ta’kidlandi. Biroq endi kompaniya vakillari ushbu ma’lumotni inkor etishdi.

Samsung yangi – One UI grafik qobig‘ini chiqardi, lekin uyam hamma uchun emas... (+«jonli» videolar)

Yangi proshivka 2019 yil boshida chiqadi, lekin shu oydayoq Android 9 Pie bazasidagi One UI beta-sinovi boshlanadi. Unda ayrim mamlakatlardagi Galaxy S9, Galaxy S9+ va Galaxy Note 9 egalari ishtirok etishadi.

Android Go tizimli Galaxy J4 Core chiqdi: arzon, lekin har ikkala kamerasi LED-chaqnoqli!

Samsung Galaxy J4 Core ancha sig‘imdor – 3300 mA/soatlik akkumulyatorga, 1/16 GBlik xotiraga, Bluetooth 4.2 moduliga ega. Smartfon LTE tarmog‘ida 150 Mbit/soniyagacha tezlikda ma’lumot almasha oladi.

UZOQ KUTILGAN VIDEO: Nihoyat, Samsung qayishqoq ekranli buklama smartfonini namoyish etdi!

Samsung taxlama smartfonining eng qiziq qismi – buklanuvchi displeyi bo‘ldi. Ishlab chiqaruvchining o‘zi uni Infinity Flex deb atamoqda.

Terashop.uz’da Samsung smartfonlari narxlari (2018 yil 7 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi!

Buyurtma Toshkent shahri bo‘yicha 12 ish soati, viloyatlarga esa ikki ish kunida yetib boradi! Terashop.uz’da qulay to‘lov shakllari (naqd pul, terminal va Payme tizimi orqali elektron to‘lovlar) joriy etilgan.

Samsung hamyonbopdan ham arzon Galaxy R smartfonlarini chiqaradi!

Qualcomm Snapdragon 450 protsessorida ishlovchi Galaxy R hatto hozirgi hamyonbop smartfonlar turkumi – Galaxy J modellaridan ham arzon narxlanishi aytilayotir.

Muhim texnologiyadan mahrum etilayotgan Galaxy S10 dizaynini rasmiy proshivka «sotib qo‘ydi»

Galaxy S9 uchun chiqqan Android Pie proshivkasida Samsung Galaxy S10 dizaynini ko‘rsatib beruvchi surat topildi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш