Bojxonachilar ikki mingta «qalbaki Apple AirPods»ni qo‘lga olib, o‘zlari sharmanda bo‘lishdi!

Bojxona va chegara xizmati xalqaro aeroportda katta partiyadagi kontrafakt tovar ushlaganini maqtanib e’lon qildi. Unga ko‘ra, Gonkongdan kelib tushgan samolyotda 2000 juft «qalbaki Apple AirPods» bor ekan.

12 soat avtonomlikka ega, suvdan qo‘rqmas arzon simsiz quloqchin – Redmi Sonicbass taqdim qilindi

Redmi Sonicbass korpusi IPX4 darajasida suvdan himoyalangan. Demak, uni taqqancha yomg‘irda sayr qilish ham, ter tomchilari kirishidan cho‘chimasdan yugurish yoki boshqa sport mashqlarini bajarish ham mumkin.

AirPods Studio simsiz quloqchini tayyor: narx va xususiyatlari

Apple fanatlari iPhone 12 turkumidagi smartfonlar taqdimotini sabrsizlik bilan kutishmoqda. Lekin kupertinolik korporatsiya kuzda ayfonlardan tashqari boshqa tur qiziqarli gadjetlarni ham namoyish etadi...

Xotirjam bo‘lavering: Galaxy Note 20 fabletlari va Galaxy Buds Live kutilganidan arzonroq ekan!

Samsung mazkur smartfonlarni naq 1 249 yevrodan boshlab sotishi aytilayotgan edi. Lekin endi ishonchli insayder bu fabletlar va Galaxy Buds Live simsiz quloqchini narxlari borasida yangi ma’lumot e’lon qildi.

Samsung ichni qizdira boshladi: Galaxy Unpacked’ning ilk treylerini ko‘ramiz!

E’lon qilingan videoda ta’kidlanishicha, bu – Samsung Galaxy Unpacked marosimining birinchi treyleridir; demak, keyin boshqalari ham chiqadi.

Galaxy Buds Live: «loviya»ning narx, xususiyat va yangi rasmlari!

Quloqchinning o‘zi bitta quvvat bilan 5,5 yoki 7,5 soat ishlashi mumkin (ANC va AOM funksiyalarining faol yoki yo‘qligiga bog‘liq). G‘ilofi esa bu ko‘rsatkichni naq 28 soatga yetkaza oladi.

Faqat 22–27 iyul kunlari Realme smartfonlarini 27% arzon olish mumkin

Realme gadjetlari xaridida butun mamlakat hududi bo‘ylab bepul yetkazib berish xizmati amal qiladi. Barcha tovarlar sertifikatlangan bo‘lib, ularga rasmiy kafolat joriy etilgan.

Apple hayratda: Redmi uning gadjetiga atigi 11 dollarlik raqib taqdim etdi!

To‘g‘ri, Apple mahsulotiga o‘xshatib nomlangan bo‘lsa-da, Redmi devaysi sifatiga ko‘ra u bilan raqobatlasha olmaydi. Ammo narxiga va brendning ishonch qozonib ulgurganiga ko‘ra, bu gadjet ham xit bo‘lishi aniq.

Loviyasimon simsiz quloqchin – Galaxy Buds Live ikkita promo-rolikda

Bir rolikdagi «Shovqinni o‘tkazmang. Ovozni qo‘yib yuboring» ma’nosidagi yozuv quloqchinning faol shovqin to‘sish funksiyasiga ishora qilayotir. Ikkinchi lavhada esa «Tovushning yangi kuchini sinab ko‘ring» yozuvi bor.

Maxsus talqindagi flagman – Galaxy S20+ BTS Edition sotuvga chiqib rekord o‘rnatdi

BTS Edition versiyali Galaxy S20+ hamda Galaxy Buds+ Rossiyada ham sotuvga chiqyapti. Ularga 8 iyulgacha buyurtma berganlar esa quloqchinga 50% chegirmani yoki simsiz quvvatlash uskunasini qo‘lga kiritadilar.

Original AirPods'ni soxtasidan qanday farqlash mumkin?

Narxidan boshqa qaysi jihatga qarab, AirPods Pro'ning haqiqiy Apple mahsuloti ekanligini qanday bilib olish mumkin? Soxta AirPods Pro'ni qanday aniqlasa bo‘ladi?

Samsung loviyasimon simsiz quloqchini va yana bir devaysini Galaxy Note 20’lardan oldin chiqaradi (+video)

Quloqchin avgust boshida 150 dollardan pastroq narxda sotuvga chiqishini aytishyapti. Ehtimol, Galaxy Note 20 yoki Samsung buklamafonlaridan biriga oldindan buyurtma beruvchilarga undan qo‘shib ham berishar.

Aslidan farqlab bo‘lmaydigan AirPods Pro klonini atigi 16 dollarga oling!

iOS-qurilmalarga ulanganida, maxsus oyna qalqib chiqadi. Yanayam qizig‘i – soxta AirPods Pro sensor boshqaruvga hamda suvdan himoyaga ega! Quvvatlash uchun unda Lightning porti ham borligini aytmaysizmi!?.

Apple янги авлод AirPods’ларга ғайриоддий датчик ҳам қўшяпти

Янги сенсорнинг вазифалари ҳақидаги тафсилотлар маълум қилинмаяпти, бироқ у фойдаланувчи пульсини, қадам ўлчагич ишини назорат қилиш, шунингдек, бош ҳаракатини кузатиб бориш учун хизмат қилса керак.

Apple’нинг зиқналиги авжига чиқди: у iPhone қадоғидан муҳим аксессуарни олиб ташлаяпти!

«Тишланган олмали» корпорациянинг бундай йўл тутишдан кўзлаган мақсади эса сизга ҳам ёқмаслиги аниқ. Шу йўл билан у бошқа гаджетларини алоҳида ҳолида кўпроқ сотишни кўзлаган.

Realme avjiga chiqyapti: birdaniga sakkizta yangi gadjet!

Rasmiy posterdaa smartfon, portativ akkumulyator – poverbank hamda simsiz quloqchin tasvirlangan. Qolgan beshta yangi mahsulotning aynan qaysi turga mansub ekani hozircha noma’lum.

Internet orqali AirPods buyurtma qilgan qizga o‘z boshi kattaligidagi quloqchin yetib keldi!

Amazon orqali u atigi 50 yevroga qalbaki AirPods quloqchinini buyurtma qilgan. Uning haqiqiysi ancha qimmat – 180 yevro atrofida turadi, ya’ni qiz o‘zi buyurtma qilgan tovarning soxta ekanini oldindan bilgan. Lekin...

Galaxy Buds+ ning yangicha ko‘rinishdagi rasmlari paydo bo‘ldi

Galaxy Buds+ AKG 2-polosali (quyi chastotali dinamik + tviter) karnaylarga ega. Quloqchinning har bir qismiga 85 mA/soatli, quvvati 11 soat musiqa tinglashga yetadigan akkumulyatorga ega.

OnePlus atigi 10 daqiqada quvvatlanib, 10 soat ishlovchi devays chiqardi! (+video)

Uning korpusi IP55 standartiga ko‘ra namdan himoyalangan – yomg‘ir suvi yoki sport bilan shug‘ullanish jarayonida ter tomchilari kirishidan cho‘chimasangiz ham bo‘ladi.

Redmi o‘ta arzon gadjetini yaxshilab, yana o‘sha narxida chiqardi

Bu ikkinchi avlod emas, balki original devaysning yaxshilangan versiyasidir. Uning dizayni, o‘lchami, avtonomlik darajasi singari, narxi ham avvalgidek qolgan – atigi 14 dollar.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш