TOP-10: «Sun’iy ong»li smartfonlar protsessorlari reytingi

Buni qarangki, Huawei tomonidan aynan «sun’iy intellekt» bo‘yicha eng zo‘r protsessor, deya maqtalgan Kirin 980 chipseti atigi to‘rtinchi o‘rinnigina egallay bilgan. Xo‘sh, kuchli uchlikka qaysilari kirgan unda?

iPhone va Android-smartfonlardagi barcha ma’lumotlaringizni o‘g‘irlovchi virus chiqdi!

U sizning kontaktlaringiz ro‘yxati, joylashuvingiz, sayt va ilovalardagi parollaringiz, elektron pochta va messenjerlardagi yozishmalar matnlari va boshqa ma’lumotlaringizni firibgarlarga jo‘nata oladi.

Huawei bosh direktori: «HongMeng nafaqat Android, balki hatto iOS’dan ham zo‘r!»

HongMeng tizimida operatsiyalar orasidagi ushlanib qolish vaqti 5 millisoniyaga ham bormaydi. Bundan tashqari, Huawei mazkur tizimni o‘zining Kirin turkumidagi protsessorlariga moslab optimallashtiradi.

Apple xitoyliklarni iPhone’ning eng muhim funksiyasidan mahrum etyapti

Boshqa smartfonsozlar bilan raqobatlashish uchun Xitoy bozoriga maxsus iPhone versiyalari chiqishi mumkin. Ularning narxlari pastroq bo‘ladi, ammo shunga yarasha ayrim qisqartirishlar mavjud bo‘ladi.

«Jonli» video: Apple’dan avval xitoyliklar iPhone XI ishlab chiqarishdi!

Xitoyliklar originalidan avval qalbaki iPhone XI smartfonini tayyorlashdi. Uning soxta ekanligiga shubha yo‘q, lekin baribir tomosha qilishga arziydi!

Apple yetarlicha iPhone sotolmagani uchun Samsung’ga yuz milliard jarima to‘lashi kerak... Qanaqasiga!?

Kupertinoliklar to‘lovni naqd bermasdan, o‘rniga o‘zlarining boshqa qurilmalari uchun OLED-ekranlar buyurtma qilish bilan qutulmoqchi bo‘lib turishibdi.

Qo‘ng‘iroqlashish uchun endi smartfonlarga uyali aloqa ham, internet ham kerak bo‘lmaydi!

MeshTalk texnologiyasi yordamida abonentlar Wi-Fi, Bluetooth va uyali aloqa stansiyalari ko‘magisiz ham ovozli va matnli muloqot qila olishadi!

iOS 13 yoki iPadOS beta-versiyasini qaysi iPhone va iPad’larga, qanday o‘rnatamiz?

Public beta talqinini o‘rnatish uchun bir nechta harakat hamda biroz vaqt (internet ulanmasi ham) kerak bo‘ladi. Shuningdek, ularning qaysi rusumlardagi Apple qurilmalariga mos kelishiga nazar solamiz.

Tadqiqot: Smartfonni haddan ziyod ko‘p ishlatganlarda haqiqiy shox o‘sib chiqadi! (+surat)

Sanshayn-Kost universiteti o‘tkazgan maxsus tadqiqotda aniqlanishicha, o‘z smartfonlaridan haddan tashqari ko‘p foydalanuvchi 18–30 yoshlardagi kishilarning bosh chanog‘ida o‘zgarish yuz berar ekan.

EKSKLYuZIV VIDEO: Xitoyliklar allaqachon o‘raluvchi ekranli smartfonni ishlatib ko‘rsatishdi!

BOE ishlanmalari orasida yana 7,7 dyuymlik buklama smartfon, har xil (shu jumladan, avtomobillar uchun ham) qayishqoq displeylar, to‘ldirilgan borliq qurilmalari uchun 3,5 dyuymlik 8K ekran ham mavjud.

2019 yilning eng zo‘r 10 smartfoni («Roskachestvo» talqini) va narxlari

Tadqiqot doirasida umumiy hisobda 451 modeldagi smartfon tekshirib ko‘rilgan, ular orasida Honor, Huawei, Samsung, Sony va Xiaomi brendlariga mansub yangi flagmanlar ham bor.

Isroilliklar istalgan iPhone va Android-smartfon himoyasini buzuvchi qurilma yaratishdi

2016 yili San-Bernardinoda terrorchilik hujumini uyushtirgan Said Farruxning iPhone’ini blokdan chiqarishda AQSh Federal qidiruv byurosiga ayni shu Cellebrite kompaniyasi yordam bergan.

Apple xavf tug‘ilishi bilan Xitoydan «juftakni rostlash»ga tayyorgarlik ko‘rib qo‘ydi

Agarda Xitoyda ishlab chiqarilgan tovarlar uchun qo‘shimcha boj joriy etilsa, AQSh bozorida Apple mahsulotlari anchagina qimmatlaydi. Kupertinolik gigant nima bo‘lganda ham bundan yutqazadi...

Kuzda taqdim etilayotgan iPhone XR 2 – bu ko‘rsatkich bo‘yicha rekordchi!

iPhone XR’ning kuzda taqdim etiladigan «avlod»i bu borada hatto uning o‘zidan ham ustun bo‘ladi. Bu yerda gap ham dasturiy, ham qurilmaviy jihatdan yaxshilash ishlari xususida ketayotir.

Huawei smartfonlariga o‘rnatiluvchi Hongmeng (yoki Ark OS) operatsion tizimining ilk skrinshotlari!

Ilovalardan birining tavsifidagi «Android Green Alliance» yozuviga e’tibor bering: bu – xitoylik yirik kompaniyalar birlashmasi bo‘lib, uning tarkibiga Huawei, Alibaba, Baidu, Tencent va Netease kiradi.

iPhone’lar yanada arzonlashdi – Terashop.uz’dagi narxlar bilan tanishing! (2019 yil 1 iyun)

Buyurtmalar Toshkentda 12 ish soati, viloyat markazlariga esa ikki ish kunida yetib boradi! Terashop.uz’da qulay to‘lov shakllari (naqd pul, terminal, Click, Payme) mavjud!

Yosh yigit smartfonni quvvatlayotib krovatda halok bo‘ldi

Xabarga ko‘ra, u bir qarindoshini kutib yotgan bo‘lgan. Bu orada smartfonni quvvatlash adapteriga ulagan va shunda tok urib, halok bo‘lgan.

Ommabop bepul o‘yin endi iPhone va Android-smartfonlarga ham chiqadi

Mail.ru kompaniyasi kuni kecha o‘tkazgan yopiq tadbirida ommabop shuterning Android hamda iOS platformalariga mo‘ljallangan talqini – Warface Mobile’ni e’lon qildi.

iPhone’lar ham tez orada Samsung Galaxy S10’dagi muhim funksiyaga ega bo‘ladi

Keyingi haftada – WWDC 2019 anjumanida iOS 13 operatsion tizimi taqdim etiladi va unda yangi funksiya nisbatan eski modellardagi iPhone’larga ham joriy etilishini e’lon qilishsa kerak.

iPhone SE 2 modeli iPhone 8 bazasida chiqadi – taqdimot vaqti va jihatlari

Barclays tahlilchisiga ko‘ra, iPhone SE’ning ikkinchi avlodi A11 Bionic protsessori bazasida ishlaydi. Ushbu ayfon 12 megapiksellik bosh kameraga ega hamda tezkor quvvatlana oladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш