Samsung yana to‘rtta bestseller smartfoniga Android 11 asosidagi One UI 3.0 proshivkasini tarqatyapti

Ularda operatsion tizim yangilanib, grafik qobiqning yangi imkoniyatlari qo‘shilishi bilan birga, yanvar oyidagi Android xavfsizlik patchlari ham keladi.

25 xildagi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlarida global MIUI 12.5 beta-sinovi boshlandi!

Xiaomi allaqachon Xitoydan tashqaridagi o‘z smartfonlari uchun ham MIUI 12.5 beta-test dasturini e’lon qildi. 25 xil smartfon egalaridan unda qatnashish uchun arizalar 1 martgacha qabul qilinadi.

Xiaomi bitta flagmani va bitta arzon smartfoniga Android 11 asosidagi MIUI 12 tarqatyapti

«Xitoycha Apple» oraliq versiyadagi MIUI 12.5 grafik qobig‘ining global namoyishini e’lon qilgan. Hozircha esa u barqaror MIUI 12 grafik qobig‘iga asoslangan proshivkalarni tarqatishda davom etmoqda.

Oltita rusumdagi smartfonga Android 11 asosidagi Realme UI 2.0 tarqatilmoqda

OPPO korporatsiyasining arzonchi subbrendi yaqinda Realme C20 modelini taqdim etgan edi. Endi esa u Android 11 tizim talqiniga asoslangan yangi grafik qobiqni olti xil smartfonida sinovdan o‘tkaza boshladi.

Xiaomi va Redmi smartfonlariga global MIUI 12.5 taqdimoti e’lon qilindi!

Taxminlarga ko‘ra, bu namoyish Xiaomi Mi 11 flagmanining global versiyasi taqdimotiga bag‘ishlangan marosimda bo‘lib o‘tadi. Tadbirda Xiaomi Mi 11 Pro ham keng jamoatchilikka ilk bor ko‘rsatilsa ajabmas.

Samsung to‘rt yillik smartfonlarining ham proshivkasini yangilamoqda

Kompaniya ushbu qurilmalariga Android 10 talqinini tarqatmagan, 2020 yilning may oyida esa ularni har oylik yangilanishlardan ham mahrum etgan edi. Ammo ular har chorakda tegishli apdeytlarni olib kelyapti.

iOS 15 proshivkasidan quruq qoladigan iPhone va iPad’lar ro‘yxati

Ro‘yxatdagi gadjetlarning proshivkasi yangilanishdan to‘xtatilishi apparat ta’minotidagi cheklovlar bilan bog‘liq. Apple shundoq ham aksariyat qurilmalari uchun kamida besh yilgacha apdeytlarni uzatib turibdi.

15 xil Samsung smartfoniga Android 11 bazasidagi OneUI 3.1 proshivkasi keladi

Hozircha faqat Galaxy S21 turkumidagi uchta yangi flagman Android 11 operatsion tizimi bazasidagi eng yangi – Samsung OneUI 3.1 interfeysiga ega.

Ushbu 28 xil Xiaomi va Redmi smartfonlariga ommaviy MIUI 12.5 beta-talqini chiqdi

Kompaniya o‘z va’dasida turib, MIUI 12.5 ommaviy beta-versiyasini chiqardi – Xiaomi hamda Redmi brendlarining 28 rusumdagi smartfonlar egalari yangi proshivkalarni sinab ko‘rishlari mumkin.

Xiaomi’ni endi to‘xtatib bo‘lmaydi: uzoq kutilgan Mi Mix 4 hamda Mi Note 11, yana MIUI 13 ham rasmiy saytda «qo‘lga tushdi»!

Muxlislar ko‘pdan beri kutayotgan inqilobiy Xiaomi Mi Mix 4 smartfoni ham tez orada chiqadi, shekilli. Rasmiy saytda undan tashqari korporatsiyaning yana ikkita mahsuloti ilk bor paydo bo‘lgan.

Ushbu 22 xil Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga MIUI 12.5 proshivkasini hoziroq o‘rnatishingiz mumkin!

Beta-sinovlar faqat Xitoydagi foydalanuvchilar uchun joriy etilgan, ammo XDA Developers dasturchilar hamjamiyati proshivkalarni ko‘pchilik bilan baham ko‘ra boshladi.

Qaysi smartfonlar naq Android 14 talqinigacha yangilanadi?

Counterpoint hisobotiga ko‘ra, Qualcomm endi mobil protsessorlar bozorida lider emas. Lekin bu chipsozning sal avvalroq Google bilan birga bergan qo‘shma bayonoti baribir uning ustunligidan dalolatdir.

28 dekabrdanoq MIUI 12.5 proshivkasi keladigan 23 xildagi Xiaomi va Redmi smartfonlari

Xiaomi Mi 11 flagmanlarning namoyishi 28 dekabrda bo‘lib o‘tadi va MIUI 12.5 ham shu tadbirda taqdim etiladi. Kompaniya allaqachon bu proshivka dastlab qaysi smartfonlarga tarqatilishini e’lon qildi.

Xiaomi ishqibozlari uchun ikkita noxush xabar

Buni fosh etgan Ice Universe yozishicha, Xiaomi Mi 11 ekrani nafaqat ikki yonidan, balki har to‘rtala tomonidan qayrilgan bo‘ladi.

MIUI 13 proshivkasiga birinchi navbatda yangilanuvchi Xiaomi va Redmi smartfonlari bilan tanishing

Hali chiqmagan MIUI 13 interfeysidan olingan ilk skrinshot va videoni, unga yangilanuvchi smartfonlar ro‘yxatini ham berganmiz. Endi ushbu proshivka birinchi to‘lqinda 29 ta modelga tarqatilishi ma’lum bo‘lddi.

Bayram arafasida Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlari egalariga xushxabar bor!

MIUI 12.5 grafik qobig‘ining taqdimot vaqti haqida kompaniya dasturiy ta’minot bo‘limi rabari Jin Fan ma’lumot berdi. Bu proshivka esa 80 xildagi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga keladi!

80 xildagi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga MIUI 12.5 proshivkasi keladi!

Ularning ayrimlariga ushbu apdeyt Android 11 operatsion tizimi bilan birga keladi, ba’zilarining proshivkasi «o‘zagi» esa oldingi versiyadagi Android’da qoladi.

Yana 11 rusumdagi Xiaomi va Redmi smartfonlariga Android 11 bazasidagi MIUI 12 proshivkasi keladi!

Qarang-chi, bu ro‘yxatda siz tutayotgan yoki olmoqchi bo‘lgan modeli ham bormikan?

Xiaomi smartfonlariga MIUI 12.5 keladi: nimalari bor?

MIUI 12.5 apdeytini Xiaomi Mi 11 flagmanlari bilan birgalikda rasman namoyish etishlari mumkin. Shu bilan birga, ushbu smartfonlar oraliq grafik qobiqdagi ilk barqaror proshivkaga ega bo‘ladi.

Xiaomi aytadiyam, qaytadiyam: to‘rtta Redmi smartfoniga MIUI 12 kelmaydigan bo‘ldi!

Kompaniya MIUI 12 proshivkasini qabul qiluvchi gadjetlarining ro‘yxatini kuni kecha yangiladi. Afsuski, Redmi brendiga mansub bo‘lgan to‘rtta rusumdagi smartfon undan chiqarib tashlangan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш