Activision yana ikkita jangovar o‘yinni smartfonlarga ham chiqaryapti! (+video)

Activision Blizzard kompaniyasi Call of Duty: Mobile o‘yinining katta daromad keltirayotganidan ilhomlanib, yana ikkita mahsulotini mobil talqinda ham chiqarishini e’lon qildi.

iPhone 12’lar geymerlarga yoqmaydi: o‘yin, internet va video uchun eng zo‘r smartfonlar (uchta reyting)

O‘yin uchun iPhone 12 olmoqchi bo‘lgan do‘stlaringizga ham buni yetkazib qo‘yganingiz ma’qul. Lekin har uchala testda ham reyting yetakchisi aynan bitta, tag‘in arzon flagman bo‘lib chiqqaniga nima deysiz?

Xellouin arafasida yana ikkita o‘yinni teppa-tekinga tarqatishyapti!

Bu gal ham Epic Games aksiyasi Xellouinga bag‘ishlangan – kompaniya yana ikkita qo‘rqinchli o‘yinin tekinga taqdim etmoqda.

Xbox Series X hamda Series S pristavkalarining rasmiy va to‘liq videotavsifi!

Rolikda rus tilidagi subtitrlar mavjudligi bois, inglizchani yaxshi bilmaydigan muxlislarimiz ham uni tomosha qilib tushunishlari mumkin.

Xellouin yaqin: Ikkita qo‘rqinchli o‘yinni butkul bepul olib qo‘yishga ulguring!

G‘arbda ommalashgan Xellouin yaqinlashayotgani munosabati bilan, Epic Games bu gal xorror janriga mansub ikkita o‘yinni 29 oktyabr kuni, Toshkent vaqti bilan soat 20:00 gacha tekinga tarqatyapti.

Xakerlar qo‘rqinchli Amnesia: Rebirth o‘yini chiqishi bilan uning himoyasini buzishdi! (+treyler)

Amnesia: Rebirth rasman taqdim etilgan kuniyoq torrentlarga chiqib ketgan. Eslatib o‘tamiz, dasturlarning bunaqa «qaroqchi» nusxalaridan foydalanish xavfli va noqonuniydir.

Global strategiya o‘yinini 24 oktyabrgacha bepul olib ulguring!

Jahon tarixi asosida ishlab chiqilgan Europa Universalis II strategiyasining tekinga tarqatilishi 24 oktyabr kuni, Toshkent vaqti bilan 18:00 da tugaydi.

22 oktyabrgacha bu ikki o‘yinni butkul olib qo‘yib, bir umr bepul o‘ynang!

Bulardan biri qo‘rqinchli o‘yin bo‘lsa, ikkinchisi o‘rta asrlardagi monarx haqidagi strategik 2D-simulyator hisoblanadi.

PlayStation 5’ga tushmaydigan PS 4 o‘yinlarini Sony rasman e’lon qildi

Shunga qaramasdan, PlayStation 4 kutubxonasida to‘rt mingtadan ortiq o‘yin mavjud va ushbu ro‘yxatga kirmaganlarini yangi avlod konsolida ham o‘ynash mumkin, deydi yapon kompaniyasi.

Vetnam urushi va dayverlar haqidagi o‘yinlarni bepul va butkul olib qo‘yishga ulguring!

Ularni 15 oktyabrgacha olib qo‘yib, keyin istalgan payt o‘ynash mumkin bo‘ladi. Ayniqsa, Vetnam urushi haqidagisi juda qizg‘in kechadi – uni birga o‘ynash uchun mazkur xabarni geymer do‘stlaringizga ham yetkazing.

Eng zo‘r o‘yinlarning o‘nta reytingi: bunga qo‘shilmaslik qiyin!

Xo‘sh, siz bulardan qaysilarini o‘ynab turasiz, qay birlarini hali sinab ko‘rmagansiz? Reytinglarni geymer do‘stlaringizga ham ulashish esdan chiqmasin.

Call of Duty turkumidagi eng yangi o‘yinni taqdimotdan avval sinab ko‘ring! (BEPUL o‘ynash grafigi va treyleri)

Demak, hali rasman taqdim etilmagan o‘yinni hammadan oldin, ushbu grafik bo‘yicha tegishli kunlarda BEPUL o‘ynab ko‘rishingiz mumkin. Mazkur xushxabarni boshqa geymer do‘stlaringizga ham ulashishni unutmang.

Siz sevgan Need for Speed yangi qiyofada qaytdi! (+rasmiy treyler)

Unda yuqori tezlikdagi poygalar va politsiya ishtirokidagi quvishu qochishlarga ega bo‘lgan bazaviy o‘yindan tashqari, yuklab olinuvchi qo‘shimcha premial kontentlar ham bor.

AnTuTu rekordchisi – dunyodagi eng kuchli geymerofon eng arzon versiyada chiqyapti! (+rasmiy anboksing videosi)

Geymerofon eng so‘nggi texnologiyalar bilan qurollangan: 6,59 dyuymlik va 144 gerslik AMOLED-ekran, flagman – Snapdragon 865+ chipi, 6000 mA/soatlik akkumulyator, o‘yin tugmachalari, ilg‘or sovitish tizimi...

Call of Duty: Mobile bir yilda qancha pul ishlab olganini bilasizmi? (+video)

Bu o‘yinning mobil versiyasi 2019 yil 1 oktyabrda taqdim etilgan edi. Sensor Tower kompaniyasi shu o‘tgan bir yil mobaynida Call of Duty: Mobile erishgan natijalar bo‘yicha ma’lumotni e’lon qildi.

Eng ommabop mobil o‘yinlar reytingida yangi lider paydo bo‘ldi! (2020 yil sentyabr)

Qizig‘i shundaki, 2018 yili paydo bo‘lgan bu nomli o‘yin joriy yilning sentyabriga kelibgina o‘ta ommalashgan. Hozir u dunyo bo‘yicha smartfonlarga eng ko‘p yuklab olingan o‘yinlar reytingida yetakchidir.

Siz sevgan jangovar o‘yinida oltinchi mavsum boshlandi! (+treyler)

Yangi mavsumda o‘yin xaritasiga oltita stansiyali metropoliten ham kiritilgan. Unga yangi xarita va rejimlar, oldin misli ko‘rilmagan qurol hamda Xellouinga bag‘ishlab maxsus ivent ham qo‘shilgan.

PlayStation 5 haqida bilishingiz kerak bo‘lgan 23 fakt (Sony rasmiy videosi)

Sony yaqinda PlayStation 5 va uning «raqamli versiyasi» – PlayStation 5 Digital Edition narxlarini e’lon qilgan. U endi rasmiy YouTube-kanalida bu konsol haqidagi 23 faktni ko‘rsatuvchi lavhani ulashdi.

Epic Games uchta o‘yinni 24 sentyabrgacha bepul beryapti: xaker, futbol menejeri...

Uchta o‘yinning ham bepul tarqatilish muddati 24 sentyabr kuni, Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da tugaydi. Ammo shungacha ularni ko‘chirib olib qo‘ysangiz, so‘ng xohlagan paytingiz tekinga o‘ynayverasiz.

Yangi jangovar o‘yinni taqdimotidan ham avval o‘ynab ko‘rishga ulguring! (+video)

O‘yinning alfa-testi 18 sentyabr kuni, Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanib, 20 sentyabr soat 22:00 gacha davom etadi. Lekin o‘yinning o‘zini bugun soat 20:00 danoq yuklab olish mumkin bo‘ladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш