Eng qudratli smartfonlar (2019 yil aprel): Xiaomi’ning yap-yangi flagmani AnTuTu reytingida Mi 9’dan ham ustun keldi!

Samsung flagmanlari atigi 4–5-o‘rinlarni band etgan, qolgan barcha o‘rinlarda – faqat xitoylik smartfonsozlarning mahsulotlari!

Taqdimotlar to‘lqini: Xiaomi birdaniga naq 20 ta mahsulot namoyish etdi!

Bulardan tashqari, kompaniya yana «Xiaomi sizni fazoga yo‘llaydi» («Xiaomi Takes You to Space») nomli dasturini ham e’lon qilgan. Uning qanaqa dastur ekani esa mana shu 9 kun mobaynida aytiladi.

«Jonli» foto: Xiaomi rahbari Snapdragon 855 chipli Redmi flagmani bilan «qo‘lga tushdi»!

Yana bir muhim ma’lumot: ushbu rasmni taqdim etgan manbaning ta’kidlashicha, mazkur Redmi flagmanining old kamerasi korpus ichidan chiqadigan bo‘ladi.

55 daqiqada 20 ta anons: 1 aprelda Xiaomi nimalarni taqdim etyapti?

Posterda ko‘zoynak, akkumulyator, soat, «aqlli» kolonka, virtual reallik shlemi, noutbuk va hatto raketa ham tasvirlangan! «ROY» yozuvi esa Xiaomi Mi 9 flagmanining maxsus versiyasiga ishora qilmoqda...

Redmi Note 7’ning yana bir raqibi – 150 dollarlik Huawei Y6 Prime 2019 namoyish etildi!

Huawei Y6 Prime 2019 modeli MediaTek Helio A22 protsessorga va 2/32 GBlik xotiraga ega. Daktiloskopik datchikdan tashqari, unda egasining yuzini tanish orqali qulfdan chiqarish funksiyasi ham mavjud.

MIUI 11 nimalarga qodir: Xiaomi mas’ul xodimi rasman ma’lum qildi

MIUI ishlab chiqilishiga mas’ul bo‘lim rahbari foydalanuvchilar bilan onlayn tarzda «matbuot anjumani» o‘tkazib, Xiaomi smartfonlariga o‘n birinchi avlod grafik qobiq nimalar baxsh etishi haqida so‘zlab berdi.

Google’ning «kambag‘albop» Pixel 3a smartfoni Snapdragon 855 chipli Mi 9 narxida sotiladi!

Pixel 3a modelining Qualcomm Snapdragon 670 protsessoriga va 4 GBlik tezkor xotiraga ega bo‘lishi aytilgan. Uning 5,56 dyuymlik ekrani Full HD formatida bo‘lib, batareyasi 2915 mA/soatlik.

Xiaomi yana buklama smartfonini «jonli» videoda ko‘rsatib maqtandi

Smartfonda sahifani tomosha qilgach, bosh sahifaga qaytish uchun ekranning chap chekkasidan silanadi. Uni buklash ham qulay va tez kechadi, bunda interfeysning ixcham rejimga o‘tishi ham tez sodir bo‘lgan.

Xiaomi Mi 9X ham tayyor: xususiyatlari teng bo‘lsa-da, Mi 9 SE’dan arzon smartfon!

Mi 9X‘ning 6,4 dyuymlik, tomchisimon «o‘yiq»li AMOLED-ekraniga barmoq izi datchigi ham integratsiya qilinadi. Snapdragon 675 chipli smartfonning tezkor xotirasi 6 GBlik, akkumulyatori esa 3300 mA/soatlik.

AnTuTu rekordchisi Mi 9 va yap-yangi Redmi 7 ham Terashop.uz’ga keldi! Xiaomi smartfonlari yanada arzonlashdi! (2019 yil 26 mart)

Bugungi narxnomamizda biz uchun yangi ikkita model – AnTuTu rekordchisi Mi 9 flagmani hamda arzon Redmi 7 smartfoni ham bor. Umuman, Xiaomi smartfonlari narxlari pasaydi, ro‘yxatda naq 58 ta model bor!

Xiaomi barcha Android-smartfonlar uchun qulay va bepul Mint Launcher’ni namoyish qildi

Mint Launcher hajmi 10 MBga yaqin, uni Android 5.0 va undan keyingi talqinlarda ishlovchi smartfonlarga o‘rnatish mumkin. «Yalpiz ta’mli» launcher «yuqori tezlikda ishlashi va xavfsizligi» bilan ajralib turadi.

Xiaomi Mi A3 hamda Mi A3 Lite: daktiloskopli ekran, 32 MPlik selfi-kamera!

Xiaomi Mi A seriyasidagi birinchi va ikkinchi modellar xit bo‘lgandi, Mi A3 va A3 Lite esa xaridorlarga yanada yoqishi turgan gap. Zero, kompaniya ularni flagmanlarga xos bo‘lgan funksiyalar bilan boyitmoqda.

Xiaomi’ning keyingi bestselleri: 6,8 dyuym, IP67 himoyasi, Snapdragon 675 chipi, 5500 mA/soatlik akkumulyator! Narxi esa...

Tomonlari 19.5:9 nisbatli AMOLED-ekran Gorilla Glass 6 himoya shishasi yotqizilgan. Daktiloskopik datchikdan tashqari, so‘zlashuv dinamigi ham ekranning o‘ziga integratsiya qilingan!

Reklama ko‘rsatgani uchun Xiaomi bittagina sizdan qancha pul topayotganini bilasizmi?

Xiaomi smartfonlarida reklama ko‘pligini uning rahbarlaridan biri: «Bu – smartfonlarimiz arzonligi evaziga kompensatsiya» qabilida izohlagan. Ma’lum bo‘ldi: u o‘sha reklamadan ham yaxshigina pul qilar ekan!

Xiaomi ikkinchi avlod Black Shark o‘yinbop smartfonini taqdim etdi – xususiyat va narxlarini ko‘rib chiqamiz!

Bir qator yangi texnologiyalar bo‘yicha eng ilg‘or bo‘lgan Black Shark 2 geymerofoni 475 dollardan boshlanuvchi narxlarda taklif etiladi.

Redmi 7 namoyish etildi, to‘liq xususiyatlari va narxlarini ko‘rib chiqamiz!

Xiaomi mazkur modelida kutilganidek Snapdragon 625/630 emas, balki nisbatan yangi va kuchliroq bo‘lgan Snapdragon 632 protsessorini qo‘llagan va smartfonga 18 oylik muddatda kafolat bergan!

Xiaomi’ning yana bir arzon flagmani – Pocophone F2 ham Geekbench’da «qo‘lga tushdi»: hammasi zo‘r, lekin... (+«jonli» surat!)

Pocophone F2 yakka yadroli sinovda 1776 ball, ko‘p yadroli imtihonda esa 6097 ball olgan, bu esa Snapdragon 855 uchun o‘ta past natija. Lekin u hali taqdim etilmagan Android Q tizimiga ega.

Redmi 7’ning eng muhim jihati nimada? Xiaomi vitse-prezidenti aniqlik kiritdi

Corning Gorilla Glass 5 himoya shishasi 150 dollargacha narx toifasiga mansub qurilmalarda ilk bor Redmi 7 modelida qo‘llanilmoqda.

«Jonli» video: Xiaomi ko‘rsatmayotgan Black Shark 3 smartfonida PUBG o‘yini!

18 martda taqdim etiladigan Black Shark 3 (Skywalker) modelining Liquid Cooling 3.0 suyuqlikli sovitish tizimiga va allaqanday «kibersportiv akkumulyator»ga ega bo‘lishi aytilmoqda.

Xiaomi eng baquvvat protsessorli eng arzon flagmanni endi Lite-versiyada chiqaryapti!

Android 9 operatsion tizim talqini ostida ishlovchi Xiaomi Pocophone F1 Lite yakka yadroli sinovda 1341 ball, ko‘p yadroli testda esa 4830 ball olgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш