Xiaomi’ning Snapdragon 855 chipli arzon flagmani Redmi K20 Pro ekan! («jonli» rasm va video)

Videolavhada orqa qopqog‘i bo‘lmagan Redmi K20 Pro modelining old kamerasi mexanizmi qanday ishlashi ko‘rsatib berilgan.

Redmi Note 7 kosmosga chiqib, Yerni suratga olib qaytdi (+video)!

Mazkur tajriba davomida Redmi Note 7 smartfoni Yer yuzasidan 30 kilometr balandga ko‘tarilgan va selsiy shkalasi bo‘yicha -60 darajalik haroratda ham ish holatida bo‘lgan.

Mi 9 arzonlashdi, chunki «to‘rtko‘z» 5G-flagman – Mi 9 Pro chiqyapti!

Hali Mi 9 namoyishidan ham avval kompaniya top-menejerlaridan biri ijtimoiy tarmoqlarda bitta tizer rasmni e’lon qilgan va unda to‘rttalik kameraga ega smartfon aks etgan edi.

Xiaomi Mi Band 4 ilk «jonli» suratlarda: ichini ham ochib ko‘rsatishdi!

Ushbu «aqlli» bilaguzuk Bluetooth 5.0 Low Energy texnologiyasiga ega bo‘lib, Xiaomi uni ikki xil versiyada chiqaradi: Xitoy uchun NFC-chipli, global bozorga esa bu moduldan mahrum talqinda.

Xiaomi o‘z smartfonlariga o‘ta foydali funksiyani qaytaryapti

Yangilangan MIUI Home ilovasining «ichini ochib» o‘rgangan XDA Developers dasturchilari MIUI grafik qobig‘iga kiritilayotgan ikkita yangi funksiyani payqab qolishgan.

OLED-ekranli barcha Xiaomi smartfonlari egalariga xushxabar bor!

Mi 9 uchun tegishli yangilanish 2 may sanasidan bosqichma-bosqich tarqatila boshladi. Kompaniyaning qolgan OLED-ekranli modellariga ham yangi funksiya joriy etilgan proshivkalar shu oyda taqdim etiladi.

Redmi 855 taqdimoti e’lon qilindi va u samaradorlikda Xiaomi Mi 9’dan ustun!

Xiaomi prezidenti AnTuTu reytingini e’lon qilgan – unda Mi 9 hamda Mi 9 EE flagmanlari eng yuqori ikki o‘rinni band etgan. Veybing bunga javoban: «Biz tayyormiz» degan...

TOP-10: dunyo bo‘yicha 2018 yili eng ko‘p sotilgan smartfonlar uchtagina kompaniyaga tegishli!

Kuchli o‘ntalikda ikkita texnogigantdan tashqari, bittagina xitoylik kompaniyaning hamyonbop smartfoni bor – o‘tgan yili undan 20 milliontacha sotishgan.

Xiaomi kamerasi korpusdan chiquvchi, SD855 chipli Redmi flagmanining ilk rasmiy videosini tarqatdi!

«Qasoskorlar: Final» filmining treyleri bilan hamohanglikda ishlangan ushbu lavhada Redmi flagmanining old kamerasi aniq-ravshan ko‘rsatilgan va kuchli samaradorlikka ishora qilingan.

Arzonlashtirilgan flagman – Mi 9 SE ham Terashop.uz’ga keldi! Xiaomi smartfonlarining pasaygan narxlari bilan tanishing! (2019 yil 29 aprel)

Bu galgi narxnomamizda Xiaomi’ning arzon flagmani – Mi 9 SE ham bor. Umuman, Xiaomi smartfonlari narxlari pasaydi, ro‘yxatda naq 51 ta gadjet bor!

Xiaomi arzon smartfonlariga ham eng yangi texnologiyani qo‘llashini e’lon qildi

Avvalroq, Fortsense kompaniyasi LCD-ekran uchun mo‘ljallangan displey osti barmoq izi skanerini ishlab chiqish muvafaqqiyatli kechayotganligini e’lon qilgandi. Kuni kecha, Xiaomi ushbu yechimni o‘z qurilmalari uchun ishlatishini aytib o‘tdi.

Xiaomi Card: bekorga kompaniyani «Xitoycha Apple» deyishmaydi!

Xiaomi Apple’ga bank mahsulotlari ishlab chiqish bo‘yicha raqobat yaratishga qaror qilgan ko‘rinadi. Kompaniya o‘zining kredit kartasini namoyish etdi.

Xiaomi Mi A3 ham yangi Snapdragon 730 chipiga ega – u Galaxy A80 bilan bellashadi!

Xiaomi’ning Hindistondagi bo‘limi rahbari hamkorlik uchun Qualcomm kompaniyasiga minnatdorchilik bildirib, ikki hafta ichida uning 700-seriyadagi yangi protsessori asosida smartfon taqdim etilishini yozgan.

Xiaomi g‘ayrioddiy ko‘rinishdagi “anti-kemtik”li smartfonni patentladi

Smartfon ishlab chiqaruvchilar to‘liq romsiz dizayn yaratish maqsadida old kamera konstruksiyasi ustida ko‘plab eksperimentlar olib bormoqda. Xitoyning Xiaomi kompaniyasi ham shu borada o‘zining noodatiy yechimini taklif etgan.

Redmi 855’ning to‘liq xususiyatlari oshkor qilindi

Weibo ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilaridan biri Redmi flagmanining xususiyatlari aks etgan suratni ulashdi. Ushbu ma’lumot Redmi smartfoniga tegishli ekanligi aks etmagan bo‘lsa-da, post muallifining avvalgi tahminlari to‘g‘ri chiqqani tufayli xabarga ishonish

Arzon, ammo g‘alati «superselfifon» – Redmi Y3 ham taqdim etildi!

Redmi Y3 “fishka”si – AI Beauty 4.0 funksiyasiga ega, 32 megapiksellik old kamerasidir. Uning piksel o‘lchami 0.8μm bo‘lib, f/2.25 diafragmali va 80 darajalik ko‘rish burchagiga ega.

«Jonli» rasm: SD 855 protsessorli Redmi 855 flagmani foydalanuvchi qo‘lida!

Dizayniga ko‘ra u flagmanlar kushandasi – OnePlus 7 modeliga ham o‘xshab ketadi, ammo texnik jihatlariga ko‘ra u bilan raqobatlasha olmasa kerak.

Redmi Y3 benchmarkda: Xiaomi ziqnaligimi yoki Geekbench xatoligi?

Xiaomi ushbu smartfonini Snapdragon 632 chipi bilan taqdim etishi kutilayotgan edi. Lekin Geekbench ma’lumotlariga ko‘ra, unda nisbatan pastroq xususiyatlarga ega bo‘lgan Snapdragon 625 protsessori qo‘llangan.

Realme 3 Pro namoyish qilindi: Redmi Note 7 Pro’ning jiddiy raqibi!

Bu smartfon «sun’iy idrok»li 25 MPlik selfi-kamerasi, qo‘shaloq (16 + 5 MPlik) bosh kamerasi bilan ham maqtana oladi. Asosiy moduli esa OnePlus 6 va OnePlus 6T’larda qo‘llangan Sony IMX519 sensoridir.

Xiaomi arzon narxli simsiz dazmol namoyish etdi

Dazmol simsiz ishlaydi va maxsus stansiya orqali kuvvat oladi. Stansiyadan chiqarib olinganidan keyin qizib olishi uchun 2 daqiqa kifoya qiladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш