38 modeldagi Xiaomi smartfoni barqaror MIUI 10 proshivkasigacha yangilanmoqda (to‘liq ro‘yxat)

Xiaomi o‘zining 38 ta rusumdagi smartfonini yakuniy versiyadagi MIUI 10 proshivkasigacha yangilamoqda. Telefonning modeliga qarab, ular har xil talqindagi Android operatsion tizimi bazasida ishlab chiqilgan.

Huawei buklama smartfonida qo‘llanuvchi displeyni BOE «jonli» videoda ishlatib ko‘rsatdi!

Chendu shahridagi maxsus tadbirda BOE o‘zining yangi ishlanmasini namoyish etdi. Bu – buklanuvchi smartfonlarda qo‘llanadigan qayishqoq displey bo‘lib, u Huawei’ning ilk buklama devaysida qo‘llanishi mumkin.

DxOMark reytingi: 2018 yilning eng zo‘r kamerofonlari!

DxOMark professional servisi ham 2018 yildagi tekshiruvlarning umumiy natijasini e’lon qildi. Ushbu kompaniya mutaxassislari bultur har xil narx toifalaridagi jami 31 ta smartfon kamerasini baholashgan.

Smartfon displeyidagilarni kompyuterga simsiz uzatishning eng oson yo‘li

Android-smartfon displeyidagi kontentni kompyuter (noutbuk) ekraniga uzatish uchun bu ikkala qurilma ham bitta Wi-Fi nuqtasiga ulangan bo‘lishi hamda Screen Cast ilovasi yetarli, kabelning keragiyam yo‘q.

Xiaomi Redmi 7 hamyonbop smartfoni «jonli» suratlari bilan TENAA’ga chiqdi

TENAA regulyatori ma’lumotlar bazasida Xiaomi’ning yangi smartfoni paydo bo‘ldi. Manbalarga ko‘ra, bu – Redmi brendi ostida 10 yanvarda taqdim etiladigan gadjetdir.

Internetda allaqachon iOS 13 tizimli qurilmalar ko‘proq «qo‘lga tushmoqda»

iOS 13 tizimli gadjetlar internetda ilk bora o‘tgan yilning oktyabridayoq «ko‘zga tashlangan». Ammo ularning faolligi dekabrning o‘rtasida kuzatilgan, yil oxiriga kelib esa pasaygan.

150 dollarlik Honor 8A – tomchisimon «kemtik»li smartfon 8 yanvardayoq chiqadi

Honor 8A’ning 6,09 dyuymlik ekrani tasvir aniqligi 1560x720 piksellik, tezkor xotirasi 3, doimiysi esa 32/64 gigabaytlik. Unda Kirin 710 yoki MediaTek Helio P35 protsessori qo‘llanishi kutilmoqda.

Samsung eng arzon smartfoni – Galaxy M10’ni taqdimotdan avval tasodifan «sotib qo‘ydi»

Mazkur ma’lumot saytga xodimlardan birining ehtiyotsizligi tufayli chiqib ketgan. Buni sezib qolib, mazkur sahifani tezda o‘chirishgan, ammo bungacha foydalanuvchilar undan skrinshot olib ulgurishgan.

2018 yilning eng, eng, eng... smartfonlari (JerryRigEverything videotalqini)

JerryRigEverything kanali muallifi navbatdagi videolavhasida 2018 yilda taqdim etilgan smartfonlarning turli toifalar bo‘yicha eng yaxshilarini va yomonlarini aytib o‘tgan.

2019 yil boshidagi AnTuTu reytingi: iPad Pro 2018 katta farq bilan oldinda!

Yangi reytingda 2018 yili taqdim etilgan ikkita – 11 hamda 12,9 dyuymlik aypadlar juda yuqori natija ko‘rsatdi. iPad Pro 2018 modellarining o‘rtacha ko‘rsatkichlari 555 ming balldan oshib ketgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш