RASMAN: AnTuTu’da barcha flagmanlarni «yer tishlatgan» Meizu 16s taqdimoti ham Xiaomi’ning muhim namoyish kuniga belgilandi

Aftidan, Meizu o‘z tadbirini ataylab shu kunga belgilagan, chunki aynan smartfonlar borasida Xiaomi ikkalasi o‘zaro «teng kuchli» raqiblar hisoblanadi.

32 MPlik selfi-kamerali Redmi Y3 taqdimot kunini Xiaomi rasman e’lon qildi

Rasmiy posterga qaraganda, Redmi Y3 displeyi tomchisimon «kemtik»li bo‘lib, u yerda 32 megapiksellik old kamera joylashadi. Xiaomi uni Hindistondan tashqariga Redmi S3 nomi ostida chiqarishi kutilmoqda.

Xiaomi prezidenti yangi rekordchi – 48 MPlik kamerali smartfonini ko‘rsatib, taqdimot vaqtini ham aytdi!

Aftidan, «xitoycha Apple» ushbu kamerofoni bilan Nokia brendining bu boradagi rekordini «sindirish»ni niyat qilgan: uning 808 PureView smartfoni eng yuqori aniqlikda – 41 megapiksellik kameraga ega.

Xiaomi smartfonlarining Android Pie asosidagi MIUI 10’gacha yangilanish jadvali

Xiaomi forumida mazkur kompaniyaning smartfonlariga Android 9 Pie bazasidagi MIUI 10 proshivkasining tarqatilish vaqtlari haqida ma’lumot e’lon qilindi. Marhamat, shu ro‘yxat bilan tanishib chiqing.

TO‘LIQ JADVAL: Qaysi smartfonlar Android 9 Pie’gacha qachon yangilanadi?

Barcha kompaniyalarning turli smartfonlari uchun Android 9 Pie’ga asoslangan proshivka chiqishining to‘liq jadvali! Mazkur ro‘yxatga kirmagan rusumlardagi smartfonlar bu talqingacha yangilanmaydi.

23 xil Xiaomi smartfonlariga global MIUI 10 beta chiqdi, ro‘yxat bilan tanishing!

Ushbu global proshivkada rus tilli lokalizatsiya ham mavjud. Uni 23 ta rusumdagi Xiaomi smartfonlariga allaqachon yuklab olish mumkin. Mazkur modellar ro‘yxati bilan tanishing...

Xiaomi'ning 29 ta smartfon modeli MIUI 10'ga ega bo‘ldi

Bundan bir hafta ilgari Xiaomi kompaniyasi MIUI 10 mobil operatsion tizimining xalqaro beta-talqinini o‘zining quyidagi 8 ta smartfon modeli uchun e’lon qilgan edi.

Xiaomi yangi smartfonlarini boshqa brend ostida chiqaradi

Xiaomi endi yana bitta brend uchun savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazayotir. Ushbu uchinchi brend POCOPHONE deb nomlanadi va bu turkumdagi ilk smartfon allaqachon taqdimotga tayyor.

Xiaomi smartfonlariga hali rasman yuborilmagan global MIUI 10 proshivkasini hoziroq o‘rnatish mumkin!

Xiaomi EU ROM deb nomlanuvchi bu proshivka original MIUI 10 China Developer ROM talqiniga asoslangan. Shu bois mazkur operatsion tizimning barcha muhim funksiyalarini o‘z ichiga oladi.

2 yangi smartfon yaxshi sotilayotgan telefonlar safiga qo‘shildi

Smartfon bozorida yangiliklarning oqimi tobora kuchayib bormoqda: yangilari keladi, eskilari arzonlashadi, biror telefon bilan muammo kelib chiqadi va boshqa yangiliklar. Biz esa yaxshi sotilayotgan smartfonlarni ...

Bu Xiaomi modellari ham bosh, ham old kamerada portret oladigan bo‘ladi

Endi yagona sensorli bosh kameraga ega smartfonlarda ham orqa foni g‘ira-shira qilingan yaxshi suratlar olish mumkin.

Xiaomi hamyonbop Redmi Y2 va global MIUI 10’ni rasman taqdim etdi (+video)

Global MIUI 10 proshivkasi beta-testerlar uchun 14 iyun kuni taqdim etilishi kutilayotir. Uning ayrim imkoniyatlarini esa hoziroq ko‘rishingiz mumkin.

Qaysi Xiaomi’lar birinchilar qatorida MIUI 10’gacha yangilanadi?

Ushbu ro‘yxatga Xiaomi keyingi yillarda taqdim etgan barcha modellardagi mobil qurilmalar kirgan. MIUI 10 barqaror proshivkasi chiqadigan paytgacha mazkur ro‘yxat yanada to‘ldirilsa kerak.

Bugunoq taqdim etiladigan Xiaomi Redmi Y2 narxi va jihatlari bilan tanishing!

Snapdragon 625 protsessorli va 3/32 yoki 4/64 GB xotirali Xiaomi Redmi Y2 selfifonining 16 megapikselli old kamerasi «sun’iy idrok» tizimiga va yorug‘lik-diodli fotochaqnoqqa ega.

Ilg‘or MIUI 10’gacha yangilanuvchi Xiaomi smartfon va planshetlari ro‘yxati

MIUI 10 taqdimoti Shenchjen shahridagi matbuot anjumani doirasida bo‘lib o‘tadi. Unda Xiaomi yana Mi 7 va Mi 8 rusumli flagman smartfonlarini, shuningdek, Mi Band 3 smart-bilaguzugini ham namoyish etmoqchi.

Barqaror MIUI 9.5’gacha yangilanuvchi Xiaomi smartfonlari ro‘yxati

Jami o‘ttizdan ortiq modeldagi Xiaomi smartfonlari juda ko‘plab yangi funksiyalarni, yaxshilashlarni o‘z ichiga oluvchi MIUI 9.5 talqinidagi yangi proshivkani qabul qiladi.

Nihoyat, MIUI 9 barqaror talqinini barcha qurilmalarga yuklab olish mumkin

«Xitoycha Apple»ning Hindistondagi ofisi rahbari Manu Kumar so‘zlariga ko‘ra, ayni damda umumiy hisobda 50 dan ortiq modeldagi smartfonlar va planshetlar proshivkasini yangilab olish mumkin.

Xiaomi smartfonlari uchun MIUI 9.2 Global Stable chiqdi – o‘zgarishlar bilan tanishing!

Ushbu proshivka talqinini Xiaomi’ning bir necha telefonlariga o‘rnatish mumkin; joriy oyning oxirigacha mazkur yangilanishni korporatsiyaning boshqa smartfonlari uchun ham taqdim etishmoqchi.

Xiaomi: 30 noyabrda yana bitta arzon smartfon!

Hatto mutaxassislar ham «xitoycha Apple»ning yangi smartfoni qanday bo‘lishi haqida aniq fikr ayta olishmayapti. Faqat shunisi ma’lum: modomiki smartfon Redmi turkumiga mansub ekan, u hamyonbop model bo‘ladi.

Xiaomi smartfonlari bunchalik ommabopligining 5 sababi

Haqli ravishda «xitoylik Apple» deya ta’riflanuvchi kompaniya smartfonlarining ommalashuvi sabablariga nazar solamiz.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш