Vodiydagi «Smart City» loyihasiga 2 milliard dollarlik xorijiy investitsiya kiritiladi

Aqlli shahar qurilganidan so‘ng yangi investorlarni jalb qilish hisobiga 2 milliard dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya kiritilishi rejalashtirilgan.

AnTuTu’da yangi rekord: ZTE Axon 10 Pro 5G bunga qanday erishdi?

Axon 10 Pro 5G o‘zining eng tezkor smartfon bo‘layotganini namoyish etgan – u hatto kuni kecha mazkur benchmarkda barcha flagmanlarni yenggan yurtdoshidan ham yuqori natija ko‘rsatgan!

2019 yilgi barcha iPhone’larning kameralari «ko‘rinmas» bo‘ladi!

6,1 dyuymlik iPhone 11R modeli esa, original iPhone XR kabi bitta modulli emas, balki qo‘shaloq kameraga ega bo‘lishi mumkin. Ularning ikkalasi ham 12 megapiksellik optik datchiklar bo‘ladi.

«Yelena» – «sun’iy ong»li virtual teleboshlovchini qarshi oling! (+video)

«Sofiya» kabilardan farqli ravishda, «Yelena» – hayotda mavjud odamsimon robot emas, balki «sun’iy idrok» tizimini qo‘llagan holda faqat kompyuter grafikasi yordamida yaratilgan virtual personajdir.

Xiaomi periskop kamerali «Rafael» va «da Vinchi» smartfonlarini tayyorlayapti

Bularning ikkalasi ham Snapdragon 855 chipli flagman modellar bo‘lib, selfi-kamerasi korpus ichidan chiqadi. Tasvir aniqligi kamida Full HD+ formatli displeyga daktiloskop ham integratsiya qilinadi.

Yana bir institutimiz Jahon banki grantiga sazovor bo‘ldi – 80 ming dollar!

Namangan muhandislik-texnologiya institutining «To‘qimachilik sanoatida yuqori malakali kadrlar tayyorlash uchun innovatsion o‘quv markazini yaratish» loyihasi 80 ming dollarlik mablag‘ bilan moliyalashtirildi.

Samarqandda Smart-muzey ochildi – u Markaziy Osiyoda yagona!

«Aqlli» muzeyda eksponatlar haqida ma’lumotni audiogid yordamida bilish mumkin bo‘ladi. Ayni paytda u o‘zbek, rus, ingliz, fransuz va koreys tillarida ma’lumot taqdim etadi.

Galaxy A60 namoyish qilindi: NFC, «gapiruvchi» va «teshik» ekran, 32 MPlik ikkita kamera va o‘rtacha narx!

Galaxy A60 batareyasi 3500 mA/soatlik bo‘lib, 15 vattlik texnologiya bo‘yicha tezkor quvvatlana oladi. Smartfon kontaktsiz to‘lovlar uchun NFC moduli bilan ham ta’minlangan.

Xiaomi smartfonlarining 4000 mA/soatlik akkumulyatorlari endi 17 daqiqadayoq butkul to‘ladi! (+«jonli» video)

100 vattlik Super Charge Turbo orqali 4000 mA/soatlik batareya atigi 17 daqiqada to‘liq quvvatlanib ulguradi. Taqqoslang: Xiaomi Mi 9 flagmani 27 vattlik simli hamda 20 vattlik simsiz quvvatlana oladi.

O‘zbekistonda Visa va Mastercard to‘laqonli ishlamasligining 3 ta sababini Markaziy bank ma’lum qildi

Markaziy bank mutasaddisi O‘zbekiston mazkur xalqaro to‘lov tizimlari to‘laqonli ishlamasligi sabablarini keltirib o‘tgan.

Markaziy bank Humo plastik kartalarining muomalaga chiqarilish kunini aytdi!

Humo kartalarini qabul qiluvchi 47 990 ta terminal allaqachon o‘rnatilgan. Ular kelajakda UzCard, MasterCard, Visa va UnionPay kartalarini ham qabul qiladi.

O‘zbekistonda blokcheyn istiqbollariga bag‘ishlangan sammit bo‘ladi

Sammit qatnashchilari ushbu yangi avlod texnologiyasi qo‘llanilishi, zamonaviy iqtisodiyotda tranzaksiyalarni amalga oshirilishi va xalqaro tajriba doirasidagi istiqbolli misollar haqida bilimga ega bo‘ladi.

Fotoradardan qarzdorlar uchun «AUTO CON» moslamasi ishga tushirildi

Soha mutaxassislari «AUTO CON» moslamasi yordamida qarzdor haydovchilarni aniqlab, shu joyning o‘zida tashkil etilgan sayyor kassalar yordamida jarimalarni undirishmoqda.

Acer ConceptD – kontent yaratuvchilar uchun yangi noutbuk va boshqa gadjetlar turkumi

Nyu-Yorkda taqdimoti o‘tkazilgan ConceptD – yuqori sifatli mahsulotlarining premial lineykasi bo‘lib, shaxsiy kompyuterlar, noutbuklar, monitorlar va Windows Mixed Reality garniturlarini o‘z ichiga oladi.

Ilmda inqilob: Isroilliklar 3D-printerda odam to‘qimasidan jonli yurak chop etishdi! (+video)

«Endi bemorlar biror donor a’zosini kutishlari shart bo‘lmaydi. Buning o‘rniga, kasalxonaning o‘zida har bir bemorning o‘z to‘qimalaridan, aynan o‘ziga mos a’zoni chop qilish mumkin bo‘ladi», deyishmoqda olimlar.

O‘zbekistonda «FHDYo yagona elektron arxivi» tizimi yaratila boshladi

Germaniyaning mashhur MICROBOX GmbH kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan maxsus qurilma yordamida Toshkent shahar FHDYo organlari qog‘oz ko‘rinishidagi arxiv hujjatlarini otsifrovka qilish ishlari boshlandi.

Maktablarimizda geografiya fani sentyabrdanoq innovatsion darslik yordamida o‘tiladi

Kitob sahifalarida o‘rin olgan QR-kodlar orqali turli qiziqarli (xarita, diagramma, infografika, audio, video, matn ko‘rinishidagi) ma’lumotlar bilan tanishish mumkin.

Facebook gadjetlaridagi sirli «Masonlar bitiklari» foydalanuvchilarni cho‘chitib yubordi

Keyinroq Facebook matbuot kotibi Joana Pis chiqish qilib, bu borada kompaniyada ichki tekshiruv o‘tkazilganini va xatolik tuzatilganini, garnituralarning keyingi partiyalarida qaytarilmasligini aytgan.

Galaxy Fold buklama smartfonini Samsung muddatidan avval va negadir yashirin sota boshladi!

XDA Developers hamjamiyati dasturchilaridan biri Samsung’ning saytida shunday sahifani topib oldi – u yerda Galaxy Fold uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xaridni rasmiylashtirish mumkin!

Dota 2 bo‘yicha jahon chempionlarini Ilon Mask «sun’iy ong»i tor-mor etdi! (+videolar)

Agarda siz ham Dota 2 o‘ynab turadigan bo‘lsangiz va o‘z kuchingizga ishonsangiz, «sun’iy ong»ga qarshi jangga kirishish uchun maqolada ko‘rsatilgan havola orqali ro‘yxatdan o‘tsangiz bo‘ladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш