5G-poyga: uloqni umuman boshqa xitoylik ilib ketmoqchi!

Bu poygada raqobatchilar ko‘p: Apple, Samsung, OnePlus, Lenovo, Xiaomi, Huawei, Motorola... Ayrim kompaniyalar hattoki televizorlarni ham 5G-modem bilan ta’minlay boshlagan.

Samsung Galaxy S10’ning uchta modelida ham daktiloskopik datchik ekranning o‘ziga joylanadi!

Ikkita «katta» modelda Qualcomm ishlanmasi bo‘lgan ultratovushli skaner qo‘llanadi. «Kichkina»sida esa optik daktiloskopik sensor bo‘lishini ta’kidlashmoqda.

Xiaomi vs Lenovo: Snapdragon 855 chipli ilk 5G-smartfon uchun jang

Samsung shoshmasa ham bo‘ladi: yakka kristalli Snapdragon 855 chipi bazasida ishlovchi ilk 5G-smartfonni yaratish borasida Xiaomi va Lenovo kompaniyalari raqobatga kirishishgan.

OPPO R17 Pro taqdim etildi: uch modulli kamera, o‘ta tez quvvatlanuvchi ikkita akkumulyator va datchikli ekran!

Displeydagi «o‘yiq» iPhone X uslubida emas, balki tomchisimon shaklda. Ushbu mittigina «kemtik»da selfi-kamera joylashgan. Shuningdek, barmoq izi skaneri ham ekranning o‘ziga integratsiya qilingan.

Datchikli ekranga ega, 510 dollarlik Oppo R17 selfifoni chiqdi!

Daktiloskopik sensorli ekranning tomchisimon «kemtigi»da joylashgan old kamerasi esa naq 25 megapikselli Sony IMX576 datchigiga hamda 3D-portret yaratish funksiyasiga ega.

Endi “egiluvchan” smartfon bo‘lib: afsonaviy buklama Motorola RAZR qaytmoqda

Bir vaqtlar Motorola RAZR kompaniyaning eng mashhur apparati bo‘lgan edi. Ushbu afsonaviy mashhurlik yana qaytayapti, chamasi

Sensorli ekranga ega Vivo X23 flagmani taqdimotdan avval rasman namoyish etildi – unga hoziroq buyurtma berish mumkin!

Vivo X23’ning «qo‘shko‘z» asosiy kamerasiga «sun’iy idrok» texnologiyasi tatbiq etilgan. Daktiloskopik datchikli ekranning mitti tomchisimon «kemtigi»dagi old kamera esa yuzni skanerlash tizimiga ega.

Bunaqasi bo‘lmagan: 5G modemli ilk 8K-televizor chiqyapti!

Televizor bozorida hamyonbop mahsulotlari evaziga muvaffaqiyat qozongan Xiaomi’dan farqli ravishda, Huawei ilg‘or jihatlarga ega premial modellarga e’tibor qaratyapti.

Xiaomi Mi Mix 3: eng innovatsion flagman yangi «jonli» suratlarda!

Eng yangi texnologik ishlanmalar mahsuli bo‘lmish Oppo Find X hamda Vivo Nex singari smartfonlarga qarshi Xiaomi o‘zining yangi flagmanida nimalarni taklif etmoqchi?

23 avgustda taqdim etilayotgan «uchko‘z» Oppo R17 Pro flagmani iPhone X’dan zo‘r! (+video)

Oppo R17 Pro daktiloskopik skanerli displeyga, Snapdragon 710 protsessoriga va almashuvchi diafragmali uch modulli asosiy kameraga ega. Unda iPhone X’dagi Face ID’dan o‘n karra aniq texnologiya qo‘llangan.

Samsung The Wall endi eng zo‘ri emas: LG rekord darajada ulkan va yupqa micro-LED TV yaratdi!

Samsung The Wall qalinligi 80 millimetr, 146 dyuymlik ekranga ega. LG televizori displeyi esa 175 dyuymga teng va yanada yupqa ekani xabar qilinmoqda.

23 avgustda taqdim etiladigan 10 GB «operativka»li ilk smartfonni «jonli» suratlar va videoda ko‘ramiz!

Vivo X23’ning tomchisimon «kemtik»li, 6,4 dyuymlik displeyiga barmoq izi skaneri ham integratsiya qilinadi. Uning qo‘sh modulli bosh kamerasi uch karrali optik zumga ega bo‘ladi.

Nihoyat, Samsung dunyodagi ilk 5G-modemni taqdim etdi!

Avvalgi avlod tarmoqlaridagiga nisbatan 5 karragacha yuqori tezlikda ma’lumot almasha oluvchi Exynos 5100 modemi joriy yilning oxirigacha tijoriy bozorga chiqariladi.

Samsung Galaxy Watch: “aqlli” soatlarning uchinchi avlodi, bir quvvat olsa 80 soat ishlaydi

Samsung kompaniyasi “aqlli” soatlarining yangi avlodini namoyish qildi.

Xiaomi Mi 8’da «ishkal» chiqdi: eng muhim funksiyasi umuman ishlamas ekan!

Kompaniyaning Rossiyadagi vakolatxonasidan ma’lum qilishlaricha, bu funksiya navbatdagi proshivka yangilanishlari bilan birga taqdim etiladi.

Xiaomi’ning eng romsiz smartfoni – Mi Mix 3 taqdimot kuni fosh bo‘ldi!

Xiaomi Mi Mix 3 slagmanining aniq taqdimot sanasi ham ko‘rsatilgan ilk ma’lumot paydo bo‘ldi. Bu – insayderlar ma’lumotlariga asoslanib norasmiy manbalar tarqatgan reklama tasviridir.

Xiaomi 30 dollarlik «aqlli» gadjet taqdim etdi (+video)

Xiaomi Smart Trash Bin’ning «aql»i uning qopqog‘idadir. Unga o‘rnatilgan maxsus datchik qopqoqqa yaqinlashib kelayotgan ob’yektlarni 35 santimetrgacha uzoqlikdan payqab, qopqoqni avtomatik tarzda ochadi.

Snapdragon 855 protsessorli ilk 5G-smartfonni Lenovo taqdim etmoqchi, ammo masalaning boshqa tomoni bor...

Snapdragon 855 rusumli flagman protsessorni ommaviy ishlab chiqarish deyarli ikki oycha avval boshlangan. Lekin uning bazasidagi birinchi smartfonni Sony taqdim etishi kutilayotgandi.

Yangi iPad Pro: audiotirqish va «Home»siz, lekin ajoyib texnologiyaga ega!

Yana yangi avlod planshetlar ekranining o‘lchami o‘zgarmagan holda, o‘zi ixchamlashadi – ularning displey atrofidagi romlari ensizroq, korpusi ham yupqaroq qilinmoqda.

MIUI 10 proshivkasida Xiaomi’ning yangi smartfoni eskizlari topildi! (+«jonli» surat)

Mazkur chizmalarning ayni shu taxmin qilinayotgan flagmanga aloqadorligini tasdiqlovchi qiziq fakt: Xiaomi tez orada ushbu eskizlarni o‘z operatsion tizimidan olib tashlagan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш