Mi Mix 3 yangi «jonli» suratlarda: sirli yangi tugmacha nima ekan-a?

Xiaomi yangi flagmani LG Display ishlanmasi bo‘lgan 6.39 dyuymlik OLED-displeyga ega. Kamerasi Mi Mix 2s modelida qo‘llangan – 12 MPlik Sony IMX363 datchikli, old kamera esa korpus ichidan chiqadigan bo‘ladi.

Putin Trampga sovg‘a qilgan JCh–2018 to‘pining ichidan qanday chip topishdi?

Tramp ma’muriyatining shubhasi to‘g‘ri chiqdi – koptokni tekshirib ko‘rgan Oq uy xavfsizlik xizmati uning ichida allaqanday mikrosxema mavjudligini aniqladi...

Samsung buni uddaladi: hatto 1,8 metrdan tashlagandayam sinmaydigan – «o‘lmas» qayishqoq displey!

Sinovlarda bu displey qattiq yuzaga 1,2 metr balandlikdan 26 marta tushishga ham bardosh bergan. Shuningdek, haroratning -32 dan to 71 °S gacha bo‘lgan o‘zgarishlariga chidamliligini namoyon etgan.

Oppo old kameradan voz kechib, orqa panelida sensor ekranli smartfon yaratadi

Mazkur yechim korpusning old yuzasiga o‘rnatiladigan selfi-kameradan voz kechish imkonini beradi. Bu esa, o‘z navbatida, mutlaqo romsiz va «kemtik»siz displey qo‘llashga zamin yaratadi.

Sony smartfonlar kameralari uchun innovatsion sensor yaratdi

Kompaniyaning ta’kidlashicha, o‘z o‘lchami bo‘yicha rekord darajadagi tasvir aniqligiga ega yangi ishlanma professional – «ko‘zguli» fotokameralarning modullari bilan raqobatlasha oladi.

23 iyuldagi taqdimoti bilan Huawei yana bitta «inqilob» qilmoqchi!

Huawei reklamasidagi Oy tasviriga «1 second faster than Humans» («Odamzoddan 1 soniyaga tezkorroq») shiori tushirilgan. Navbatdagi «inqilob»ning «sun’iy ong» bilan bog‘liq ekanligi ma’lum, xolos.

Vivo’ning yana bir rekordchi – 10/512 gigabaytlik smartfoni tayyor!

«Sun’iy ong» tizimiga ham ega bo‘lishi kutilayotgan, skanerli displeyga ega Vivo XPlay 7 innovatsion smartfoni 10 gigabaytlik tezkor hamda 512 gigabaytgacha hajmli doimiy xotirasi bilan rekord o‘rnatmoqchi.

Samsung’ning o‘rta narxli smartfonlarida ham skanerli ekran bo‘ladi

Samsung Electronics nafaqat flagmanlarini, balki o‘rta narxli smartfonlarini ham daktiloskopik skanerga ega ekran bilan jihozlashi mumkin.

EKSKLYuZIV VIDEO: eng innovatsion va rekordchi romsiz smartfonni tajribada tirnab, yondirib, bukib ko‘rishdi

Zak Nilson ushbu smartfon ekraniga tig‘ bilan chizib, olov tutib, korpusini bukishga urinib ham ko‘rgan va Vivo Nex S har tomonlama mustahkam ekanligiga ishonch hosil qilgan.

Smartfoningiz uchun «himoya yostiqchasi»: bu g‘ilof bilan u yerga tushib ketmaydi! (+video)

AD Case’dagi maxsus datchiklar smartfonning yengil tushish holatiga o‘tganini tezda qayd etadi va shu ondayoq g‘ilofning burchaklaridan prujinasimon «oyoqcha»lar chiqadi.

Qarshi oling: iPhone X’dagi Face ID’dan o‘n karra aniq texnologiyani Vivo yaratdi! (+video)

TOF 3D texnologiyasi nafaqat smartfonni qulfdan chiqarishda egasining yuzini tanish, balki qurilmani havodagi imo-ishoralar yordamida boshqarish, hatto atrofdagi jismlarni skanerlash uchun ham qo‘llanishi mumkin.

ZTE Nubia flagmani: old kamerasi va ekran «kemtigi» yo‘q, ammo ekrani va barmoq izi skaneri ikkitadan!

ZTE hozirda tayyorlayotgan Nubia smartfonida nafaqat ekran, balki hatto barmoq izi datchigi ham ikkita bo‘ladi. Suratlarga qaraganda, ular korpusning ikkita yon qirralariga joylashtirilgan.

Samsung smart-uzuk tayyorlamoqda – endi telefonning keragi bo‘lmaydi!

USPTO saytida Samsung’ning yangi ishlanmasi – «aqlli» uzuk tavsifi paydo bo‘ldi. Shunchaki «Taqiluvchi qurilma» (Wearable device) deb nomlangan bu gadjet telefonsiz ham ishlaydigan bo‘lishi kutilmoqda.

Samsung va Huawei «damini olaversin», eng «serkamera» smartfonni boshqasi chiqaryapti! (+video)

Ushbu flagmanning bosh kamerasi uchta sensorni, selfi-kamerasi esa ikkita datchikni o‘z ichiga oladi. Shu tariqa, beshta fotomoduli bilan u rekord darajada «serkamera» smartfon bo‘ladi.

Xushxabar: Nokia smartfonlaridan to‘rttasiga Face Unlock qo‘shilyapti

Face Unlock texnologiyasining afzalliklaridan biri shundaki, bunda qurilmaga hech qanday qo‘shimcha jihoz o‘rnatish shartmas – u dasturiy ta’minot darajasida ishlayveradi.

Galaxy S10 naq uch xil modifikatsiyada chiqadi, ulardan biri Huawei P20 Pro’ni «yer tishlatadi»!

«Beyond 2» modeli diagonaliga 6,2 dyuymlik displey bilan jihozlanadi. U uchta ob’yektivli asosiy kamerasi bilan ham Huawei P20 Pro’ga munosib raqib bo‘lishi kutilmoqda.

Avtomobil kaliti o‘tmishda qoladi: endi smartfon bilan...

CCC (Car Connectivity Consortium) konsorsiumi o‘zining ilk Digital Key standartini ommaga namoyish qildi

Xiaomi hatto Apple’ni ham dog‘da qoldirdi: 3D-skanerli ilk planshetning «jonli» rasmlari, xususiyatlari va narxlari!

Internetda tarqalgan «jonli» rasmlarida Mi Pad 4 korpusida barmoq izi skaneri yo‘qligi ham uning 3D Face to‘laqonli yuz skaneriga ega bo‘lishini tasdiqlaydi.

Bunaqasi bo‘lmagan: iPhone’dan barcha tugmachalar va quvvatlash porti olib tashlanadi!

Apple allaqachon bunga jiddiy kirishgan, ammo mazkur g‘oya vaqtinchalik kechiktirilgan. Chunki hali simsiz quvvatlash texnologiyasining o‘zi ham takomillashtirishga muhtoj.

Samsung’ning ikkita ekranli smartfoni – bu Galaxy S10 yoki Galaxy Note bo‘lishi mumkin

Janubiy koreyalik gigantning yangi patentida aks etgan smartfon esa yanada o‘zgacha. Uning asosiy displeyi romsiz bo‘lishidan tashqari, orqasida ham kichikroq ekrani bor.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш