Xiaomi rasman Mi 8 Fingerprint Edition smartfonini ko‘rsatib, taqdimot kunini ham aytdi!

Ekran yuzasiga yotqizilgan himoya shishasining tepa qismida so‘zlashuv dinamigi uchun «kemtik» qoldirilganligi ham seziladi. Demak, bu yerdagi «o‘yiq»da yuzni tanish tizimi va boshqa datchiklar o‘rin oladi.

Bunaqasi bo‘lmagan: Galaxy S10 selfi-kamerasi ekranning o‘ziga joylangan, ammo u «g‘oyib bo‘la» oladi! («jonli» suratlar)

Slashleaks e’lon qilgan rasmga ko‘ra, flagmanning old kamerasi bevosita ekranning o‘ziga joylangan. Ammo keraksiz paytda u displeydagi kontentga xalaqit bermaslik uchun «g‘oyib bo‘lish» xususiyatiga ega!

Apple’ning taqdimotda hech kim payqamay qolgan yangi gadjetini tomosha qiling! (+video)

Mish-mishlarga qaraganda, bu gadjet yana suvdan himoyalangan bo‘lib, simsiz quvvatlana oladi. G‘ilofida esa uning quvvati qancha qolganini ko‘rsatuvchi indikator ham mavjud.

iPhone Xs taqdimotidan keyinoq Xiaomi uning naq uch baravar arzon klonini namoyish etdi!

Bu smartfon tashqi ko‘rinishi jihatidan iPhone Xs’ga o‘xshab ketsa-da, kupertinoliklarning flagmanidan naq uch baravar arzon turadi.

Apple Watch Series 4 – dunyodagi ilk romsiz smart-soat taqdim etildi! (+video)

EKG funksiyali Apple Watch Series 4 kishining salomatligini yanada yaxshiroq yanglaydi va mustaqil holda «Tez yordam» chaqiradi ham! IP68 standartidagi himoya evaziga u bilan 50 metr suv ostiga sho‘ng‘isa bo‘ladi.

«Hamyonbop» iPhone Xr ham namoyish etildi – Face ID yuz skaneriga ega eng arzon ayfon!

Flagman modellardagi kabi, mazkur ayfonga ham 7 nm.lik tex-jarayon asosidagi 8 yadroli Apple A12 Bionic protsessori o‘rnatilgan. Ekranidagi «o‘yiq»da old kamera va TrueDepth tizimi datchiklari mavjud.

Eng ilg‘or protsessor va kuchli kameraga ega iPhone Xs hamda iPhone Xs Max taqdim etildi (+video)

Apple eng ilg‘or ayfonlarini ikki modelda taqdim etdi – iPhone Xs va iPhone Xs Max. Ular so‘nggi avlod protsessori va kuchli kamera bilan ta’minlangan, shuningdek IP68 standartiga ko‘ra suvdan himoyalangan.

Samsung Galaxy X: koreyaliklar inqilobiy buklama smartfonning taqdimot kuni va hatto narxini ham aytishdi!

Buklama smartfonni birinchi bo‘lib taqdim etish yo‘lida janubiy koreyaliklarning asosiy raqibi Huawei hisoblanadi. Shunday form-faktorga ega smartfonlarni yaratish ustida LG va Apple ham ishlamoqda.

Qarshi oling: Samsung Galaxy Note X – mutlaqo romsiz ekranida barmoq izi skanerli smartfon!

Galaxy Note X old yuzasining 98 foizini Super AMOLED-displey egallaydi. Ekranning tepa qismidagi «o‘yiq»da barcha kerakli datchiklar joylangan, atrofida esa umuman rom degan narsaning o‘zi yo‘q!

Samsung’ning buklama smartfoni yana bir yangicha texnologiyaga ega bo‘lyapti!

Samsung bu modeldan atigi 120 000 donagina chiqarishni rejalashtirgan. Shuningdek, insayderlar uning narxi 10 000 yuan, ya’ni 1 457 AQSh dollari bo‘lishini ham aytishgan.

5G modulli Galaxy S10 ham chiqadi, ammo uni biz sotib ololmaymiz

2020 yili taqdim etiladigan Galaxy S11 flagmanigina to‘laqonli 5G-smartfon bo‘ladi. Shuningdek, Galaxy Note 10 fabletiga ham bu modul joriy etilishini kutish mumkin.

EKSKLYuZIV: Ishlayotgan holdagi haqiqiy buklama smartfon ilk «jonli» videoda!

Android operatsion tizimi o‘rnatilgan ushbu smartfon protototipi to‘liq ish holatida namoyon bo‘lgan. Uning ekrani diagonaliga 5,99 dyuymlik bo‘lib, tasvir sifati Full HD+ formatida.

Bluenero: ilk aqlli akvarium namoyish qilindi

Yuqori texnologiya oddiy akvariumlargacha yetib bordi. Endi ular ham haqiqiy gadjetga aylanadi.

Besh modulli inqilobiy kameraga ega Nokia smartfoni ilk «jonli» suratda!

Bu ishlanma uchun maxsus «penta-kamera» («beshtalik kamera»), shuningdek, «revolver kamera» atamalarini qo‘llashyapti.

EKSKLYuZIV: ishlayotgan holatdagi Mi Mix 3 ilk «jonli» videoda!

Mi Mix 3 flagmanida old kamera va boshqa datchiklar ekran ortidan surilib chiquvchi panelda joylashgan. Ushbu 5G-smartfonning slayder tuzilmasi qanday ishlashini «jonli» tomosha qiling!

Samsung direktori so‘z berdi: buklama smartfon shu yiliyoq chiqadi!

Samsung mobil bo‘linmasi bosh direktori DJ Koh so‘zlariga ko‘ra, buklama smartfon shu yilning noyabrida San-Fransisko shahrida dasturchilar uchun tashkillashtiriladigan konferensiyada taqdim etilishi mumkin.

5G-poyga: Xiaomi hali taqdim etilmagan Mi Mix 3 smartfonida allaqachon 5G tarmog‘ini ishlatib ko‘rsatdi! («jonli» surat)

Xiaomi kompaniyasi Mi Mix 3 flagmanida 5G tarmog‘ining N78 (20 MGs), shuningdek N257 (100 GGs) chastotalarini sinab ko‘rmoqda. «Xitoycha Apple» o‘z 5G-smartfonini 2019 yili taqdim etishini ham tasdiqlagan.

5G-poyga: OnePlus 7 taqdimot sanasi rasman aytildi

OnePlus kompaniyasi Weibo tarmog‘i orqali ma’lum qilishicha, 2019 yil 15 yanvarda u rasmiy taqdimot marosimi o‘tkazadi. E’lon qilingan tasvirda faqatgina sana aks ettirilgan OnePlus qurilmasi bor, xolos.

IFA 2018: Qoyilmaqom kelajak smartfonini Nubia ko‘rsatdi (+video)

Nubia α (ya’ni – Nubia Alpha) smartfoni bilakka taqiladi; u anchagina katta qayishqoq ekranga hamda barcha elektronika qismlari joylashuvchi maxsus blokka ega.

Apple mobil interfeyslar olamida inqilob tayyorlamoqda! (+«jonli» video)

Apple 2019 yilgi ayfonlarida qo‘llamoqchi bo‘lgan ushbu texnologiyani Android-smartfon ishlab chiqaruvchilar undan oldin yaratishga shoshilmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш