Dunyo bo‘yicha simsiz 5G-internet tezligi reytingi: Nyu-Yorkda o‘ta past...
O‘tgan yili Bloomberg o‘z jurnalistlarini 5G-smartfonlar bilan ta’minlab, internet tezligini sinab ko‘rish uchun dunyodagi to‘rtta yirik shaharga jo‘natgan va natijalarini e’lon qilgan edi. Endi esa Janubiy Koreyaning yangilik agentligi – Yonhap bugungi kunda eng tezkor 5G-interneti mavjud bo‘lgan shaharlar reytingini taqdim etdi.
O‘QING: Dunyodagi barcha 5G-tarmoqlar xaritasi ishga tushdi: Markaziy Osiyoda bittagina mamlakat!
Mazkur tadqiqot uchun iPhone 12 smartfonidan foydalanilgan – unga o‘rnatilgan Ookla Speedtest ilovasi orqali 15 ta yirik shaharda 5G-internet tezligi o‘lchangan.
Ortiqcha tafsilotlarga to‘xtalib o‘tirmasdan, bevosita reytingga o‘tamiz – u quyidagicha ko‘rinish olgan:
- Seul – 472,28 Mbit/s;
- Dubay – 338,53 Mbit/s;
- Ar-Riyod – 319,25 Mbit/s;
- Sidney – 319,25 Mbit/s;
- Xelsinki – 238,5 Mbit/s;
- Tokio – 193,21 Mbit/s;
- Berlin – 163,57 Mbit/s;
- London – 161,58 Mbit/s;
- Syurix – 151,91 Mbit/s;
- Rim – 150,2 Mbit/s;
- Gonkong – 140,75 Mbit/s;
- Amsterdam – 140,19 Mbit/s;
- Madrid – 133,45 Mbit/s;
- Nyu-York – 97,33 Mbit/s;
- Singapur – 93,62 Mbit/s.
Simsiz 5G tarmog‘i orqali internetga ma’lumot yuklash (upload) tezligi bo‘yicha ham Seul yetakchilik qilmoqda – 49,09 Mbit/s. Ikkinchi o‘rinda Amsterdam (33,39 Mbit/s) bo‘lsa, kuchli uchlikni Syurix (33,18 Mbit/s) yakunlab bergan.
Aytib o‘tish kerakki, Ucell uyali aloqa operatori O‘zbekistonda ilk bor 5G tarmog‘ini sinovdan o‘tkazgan va keyinroq amalda ishga tushirgan. Shuningdek, Uzmobile ham 5G texnologiyasini sinov tariqasida joriy etgan.