Instagram asoschilari yangi ijtimoiy tarmoq bilan qaytishmoqda

Kevin Sistrom va Mayk Krieger (Instagram asoschilari) "ijtimoiy tarmoqlarning kelajagi"ni o'ylab, sun'iy intellekt yordamida algoritmli kontent tavsiya qiluvchi yangi ijtimoiy tarmoq bilan internet bozoriga qaytishdi.

Google allaqachon Android 13’ning «shirin» nomini fosh etdi (+barchasining ro‘yxati)

Android 12 barqaror versiyasi oddiy foydalanuvchilarga hali tarqatilganicha yo‘q. Google esa allaqachon «yashil robotchali» mobil operatsion tizimning 2022 yilda taqdim etiladigan versiyasi ustida ishlamoqda.

Ekrani ham bukilib, ham cho‘ziluvchi ilk smartfon – TCL Fold 'n' Roll namoyish etildi! (video)

DragonHinge sharniri qurilmani bukish-yoyish orqali displeyning o‘lchamini 6,87 yoki 8,85 dyuymga keltirish imkonini beradi. Cho‘zish mexanizmi yordamida esa ekranning o‘lchamini 10 dyuymlik qilish mumkin.

LG yo‘l xaritasi: Android 11 qaysi smartfonlarga qachon yetib keladi?

Kompaniyaning Germaniyadagi rasmiy saytida e’lon qilingan grafikda Android 11 operatsion tizimini qabul qiluvchi LG smartfonlari ro‘yxati ham, ulardan har biri qachon yangilanishi ham ko‘rsatilgan.

Jahondagi ilk «garmoshka» televizor taqdim etildi – naq 400 ming dollar! (video)

Uning ekrani 4 joyidan buklanadi — displey beshta seksiyadan iborat, biroq yoyilgan holatda u ko‘zga tashlanmaydigan hoshiyalarsiz, yagona panel kabi. Panel tom ma’noda poldan chiqib keladi va yoyiladi.

Putin rekordchi videoga munosabat bildirdi – «maxfiy saroy»ni u tan olmadi!

Biroq, prezidentning so‘zlariga ko‘ra, u vaqt yo‘qligi sababli filmni to‘liq ko‘rmagan, faqat yordamchilari tomonidan taqdim etilgan videodan ayrim joylarini ko‘rgan xolos.

LG shu yiliyoq sotuvga chiquvchi, o‘rama ekranli Rollable smartfonini videoda ko‘rsatdi!

Uning qayishqoq OLED-displeyi BOE kompaniyasi tomonidan ishlangan bo‘lib, korpus ichiga yashirinish va undan chiqish xususiyatiga ega. Bu esa telefonni buklamasdan displey maydonini o‘zgartirish imkonini beradi.

Oppo plastik kartochka o‘lchamida buklamafon – slaydfon yaratdi! (+video)

Xitoyliklar umuman o‘zgacha telefon yaratishdi – uning korpusi bir nechta joyidan bukiladi, ammo bu – Z shaklida buklanuvchi «garmoshka» emas. Oppo bunaqa form-faktorni «slaydfon» deb nomlamoqda.

Yangi yilda Xiaomi, Google va boshqa kompaniyalardan yangicha smartfon kutavering

Oxirgi bir necha oydan buyon smartfonlar ekranlari borasida ishonchli ma’lumotlar sizidirb kelayotgan Ross Yangning ma’lum qilishicha, 2021-yil, ayniqsa, yilning ikkinchi qismi, buklamafonlar uchun muhim yil bo‘ladi.

Nokia diagonali 75 dyuymgacha bo‘lgan yettita modelda Smart TV taqdim etdi

Ularning o‘ziga xosliklari – chet ustqurmalarsiz Android TV versiyasi, hajmli ovoz yangratish texnologiyasini qo‘llab-quvvatlashi, ichdan yoritiluvchi boshqaruv pulti hamda keng ko‘lamdagi interfeyslardir.

Oppo X 2021 – o‘rama ekranli ilk smartfon namoyish qilindi! (+videolar)

Inqilobiy smartfonni yaratish jarayonida kompaniya naq 122 ta patent olgan. Gadjetning qayishqoq OLED-displeyining ma’lum bir qismi korpusning ikki yonida o‘ralib yashirinib turadi.

Samsung o‘rama ekranli smartfonini birinchi bor «jonli» ko‘rsatdi!

Samsung matbuot markazi e’lon qilgan suratda ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari bilan suhbatlashayotgan Li Je Yon tasvirlangan bo‘lib, u qo‘lida noma’lum bir smartfonni ushlab olgan.

LG Rollable: kompaniya «rulon-smartfon» tayyorlamoqda

LG’da hozirgi kunda displeyni truba shaklida o‘rash imkonini beradigan texnologiya mavjud. Faqat undan smartfonlarda emas, balki televizorlarda foydalanilmoqda.

TCL o‘rama ekranli antiqa televizorini namoyish qildi! («jonli» video)

Bunisidan farqli ravishda, boshqa kompaniyalar ishlab chiqqan o‘rama ekranli televizorlarning displeylari pastdagi asosga yig‘ilib turadi.

O‘rama smartfonni ishlayotgan holida «jonli» videoda ko‘ramiz!

Mutaxassis fikriga ko‘ra, turli displeysozlar o‘rama ekran texnologiyasi bo‘yicha poygaga kirishgan; shunday ekan, o‘raluvchi smartfonlar davriga ham oz vaqt qolgan.

36 yoshga to‘lgan Pavel Durov sog‘lom bo‘lish va yosh ko‘rinish sirlarini ochdi

Telegram qanchalik ommabop bo‘lsa, uning asoschisi Pavel Durov ham shunchalik mashhur. 2020 yil 10 oktyabrda u 36 yoshga to‘ldi; shu munosabat bilan sog‘lom va yosh ko‘rinish borasidagi maslahatlarini e’lon qildi.

Telegram 7.1 chiqdi: siz kutgan va kutmagan imkoniyatlar!

Ushbu yangilanishda messenjerga yozishmalarda tezkor qidirish uchun qidiruv filtri, shuningdek, guruhni anonim boshqarish imkoniyati, kanallardagi postlarga fikr bildirish va boshqa ko‘plab funksiyalar qo‘shilgan.

Xiaomi «damini olsin» – LG metro vagonlariga oyna o‘rniga shaffof OLED-ekranlar o‘rnatdi!

Displeylarda poyezd ayni damda qayerda ekanligi, ob-havo prognozi, yangiliklar va boshqa ma’lumotlar aks etib boradi. LG buni u o‘z vatanida emas, balki raqobatchi – Xiaomi yurtida qilayotgani ham e’tiborli.

Nokia ikkinchi smart-televizorining taqdimotini rasman e’lon qildi

Yangi smart-televizor korpusining pastki qismida JBL akustikasi joylashadi. LED-matritsaning aniqligi 4K formatida bo‘ladi. Qurilma Android TV (Android 9 Pie) operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi.

Koronavirus haqidagi qanday videolarni YouTube taqiqlagan?

YouTube rasmiy axborot manbalarining koronavirus to‘g‘risidagi xabarlariga zid bo‘lgan ma’lumotlar aks etgan materiallarni joylashni taqiqladi. Ularning ro‘yxati bilan tanishib qo‘ying.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш