Epic Games uchta o‘yinni 24 sentyabrgacha bepul beryapti: xaker, futbol menejeri...

Uchta o‘yinning ham bepul tarqatilish muddati 24 sentyabr kuni, Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da tugaydi. Ammo shungacha ularni ko‘chirib olib qo‘ysangiz, so‘ng xohlagan paytingiz tekinga o‘ynayverasiz.

Yangi jangovar o‘yinni taqdimotidan ham avval o‘ynab ko‘rishga ulguring! (+video)

O‘yinning alfa-testi 18 sentyabr kuni, Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanib, 20 sentyabr soat 22:00 gacha davom etadi. Lekin o‘yinning o‘zini bugun soat 20:00 danoq yuklab olish mumkin bo‘ladi.

PUBG Mobile cheklangach, boshqa mobil o‘yinlarning omadi chopdi

PUBG Mobile ijodkorlari Tencent kompaniyasidan noshirlik huquqini olib qo‘yishgan va uni yana Google Play hamda App Store kataloglariga qaytarish uchun Hindiston hukumatidan rozilik olishga urinib ko‘rishmoqchi.

Fortnite, Minecraft, PUBG, Dota 2 va boshqa o‘yinlar bir soatda qancha megabaytingizni «yeb qo‘yadi»?

Ro‘yxatda eng ommabop bo‘lgan 22 ta o‘yinning trafik sarflash ko‘rsatkichlari keltirilgan. Ular orasida eng ochofati esa soatiga 300 megabaytgacha trafikni «g‘ajib tashlar» ekan!

Asus ROG Phone 3 chiqdi: bosh raqibidan ikki karra qimmat, lekin shunga yarasha zo‘r-da! (+video)

30 vattlik tezkor quvvatlanuvchi 6000 mA/soatlik akkumulyator evaziga ROG Phone 3 bilan PUBG Mobile o‘yinini 9,2 soat, Asphalt 9’ni 9,6 soat, Call of Duty: Mobile’ni esa 9,3 soat uzluksiz o‘ynash mumkin.

PUBG Mobile’dan 78 foizga, Fortnite Mobile’dan esa naq 83 foizga ko‘p daromad keltirgan o‘yinni bilasizmi?

Uning uchun eng serdaromad oy 2019 yilning oktyabri bo‘lgan – dasturchilar unda 55 million dollar ishlab olishgan. Keyin esa, 2020 yilning may oyida ham bu o‘yin yaxshigina – 53 million dollar foyda keltirgan.

90 yoshli geymer onaxon Ginnessning rekordlar kitobiga kirdi! (+video)

Xamako Mori nafaqat sayyoramizdagi eng keksa geymer, balki shu bilan birga eng yoshi katta videobloger ham hisoblanadi. Onaxon o‘z o‘yinlarini e’lon qilish uchun YouTube servisida o‘ziga kanal ham ochib olgan.

Mashhur va bepul mobil o‘yin bo‘yicha sovrin jamg‘armasi million dollarlik turnirga marhamat!

2018 yili eng yaxshi tarmoq o‘yini, deb topilgan bu mahsulotning bepul mobil versiyasi bultur chiqqan. Dastlabki bir hafta ichidayoq u million martadan oshiq yuklab olingan va rekord o‘rnatgan.

Kompyuter uchun 5 ta bepul Android emulyatori

Shaxsiy kompyuteringizni smartfonga aylantiring.

Android-smartfonlar va iPhone’larga eng ko‘p yuklangan ilova hamda o‘yinlar ikkita reytingda

Umumiy yuklashlar soni 114,9 milliardga yetgan; bu esa 2018 yilgiga nisbatan 9,1 foizga yuqori. Shulardan 84,3 milliard yuklash Google Play ulushiga, 30,6 milliardi esa App Store hissasiga to‘g‘ri keladi.

PlayStation uchun eng ommabop o‘yinlar – uchta reytingda

Sony kompaniyasi 2019 yilning dekabrida PS Store o‘yin katalogidan eng ko‘p yuklab olingan o‘yinlar statistikasini e’lon qildi. PlayStation o‘yin konsollariga mo‘ljallangan o‘yinlar uchta reytingda aks ettirilgan.

Yilning eng zo‘r o‘yinlari taqdirlandi: The Game Awards 2019 (+videolar)

The Game Awards sovrini – videoo‘yinlar olamidagi o‘ziga xos «Oskar» hisoblanuvchi bo‘lib, quyida uning barcha nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblarini va ulardan ayrimlarining videolarini e’lon qilmoqdamiz.

2019 yili iPhone’larda eng ommalashgan pulli va bepul o‘yinlar

Apple kompaniyasiga ko‘ra 2019 yilgi eng yaxshi ilovalar va o‘yinlar reytingi chiqqan edi. Kupertinolik gigant, shuningdek, iPhone foydalanuvchilari orasida eng ommalashgan o‘yinlar ro‘yxatini ham taqdim etgan.

2019 yilgi eng zo‘r Android-o‘yinlar: Google reytingi chiqdi

Google kompaniyasi Android-qurilmalar uchun yakuniga yetayotgan yildagi eng yaxshi ilovalar ro‘yxatini e’lon qilgandi. Shu bilan birga, u Google Play Market’dagi eng zo‘r o‘yinlarni ham e’tirof etgan.

The Game Awards 2019 – eng zo‘r o‘yinlar mukofotiga qaysilar nomzod?

Jeff Kili boshchiligidagi jamoa The Game Awards 2019 – joriy yilning eng yaxshi o‘yinlari nomzodlarini e’lon qildi. Unda 2019 yildagi turli nominatsiyalar bo‘yicha eng zo‘r videoo‘yinlar aniqlanadi.

PubG haqida siz bilgan va bilmagan faktlar

PubG haqida siz bilgan va bilmagan faktlar

Bu mobil o‘yin atigi uch oyda salkam yarim milliard dollar daromad keltirdi!

Sensor Tower tadqiqoti xulosalariga ko‘ra, 2019 yilning uchinchi choragida mobil o‘yinlardan tushgan umumiy daromad 16,3 milliard dollarni tashkil etgan. Chakki emas-a?

Mobil o‘yinlar tarixida misli ko‘rilmagan rekord! (+video)

PlayStation Blog versiyasiga ko‘ra, o‘tgan yili Call of Duty eng yaxshi tarmoq o‘yini, deb topilgan edi. Uning yaqindagina chiqqan bepul mobil versiyasi allaqachon rekordga erishdi.

YouTube’dagi eng ko‘p «dislayk» olgan videolar TOP-o‘ntaligi

Buni qarangki, foydalanuvchilarga eng yoqmagan videolavha ayni shu videoxostingning o‘z rasmiy kanalida e’lon qilingan rolik bo‘lib chiqyapti!

Sony’ning saxiyligi tutdi: PS4 o‘yinlari endi barcha smartfonlarda!

PS4 Remote Play ilovasi faqat Sony smartfon va planshetlarida, shuningdek, iPhone’larda ishlar edi. Endi dastur Android 5.0 va undan yuqori talqinlardagi barcha smartfonlarga chiqarilyapti.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш