O‘n yillikning eng zo‘r o‘yinlari ikkita reytingda!

Birinchisi – o‘rtacha bahosi bo‘yicha TOP-elliktalik bo‘lsa, ikkinchisi esa ixcham – unda ro‘yxat turli o‘yinlarning relizlari ommaviy axborot vositalarida eng yaxshisi sifatida e’tirof etilgani bo‘yicha tuzilgan.

2019 yili iPhone’larda eng ommalashgan pulli va bepul o‘yinlar

Apple kompaniyasiga ko‘ra 2019 yilgi eng yaxshi ilovalar va o‘yinlar reytingi chiqqan edi. Kupertinolik gigant, shuningdek, iPhone foydalanuvchilari orasida eng ommalashgan o‘yinlar ro‘yxatini ham taqdim etgan.

The Game Awards 2019 – eng zo‘r o‘yinlar mukofotiga qaysilar nomzod?

Jeff Kili boshchiligidagi jamoa The Game Awards 2019 – joriy yilning eng yaxshi o‘yinlari nomzodlarini e’lon qildi. Unda 2019 yildagi turli nominatsiyalar bo‘yicha eng zo‘r videoo‘yinlar aniqlanadi.

To‘rtta narx toifasiga ko‘ra eng zo‘r smartfonlar reytinglari (AnTuTu, 2019 yil oktyabr)

AnTuTu endi masalaga o‘zgacha yondashib, o‘z narxi va kuchliligi o‘zaro eng mutanosib bo‘lgan smartfonlar reytinglarini to‘rtta narx toifasiga ko‘ra tuzib chiqardi.

Qo‘l-oyoqsiz geymer Fortnite’dagi g‘alabalari bilan Ginness rekordlar kitobiga kirdi! (+video)

Ginness kitobiga nomi kiritilgan navbatdagi geymer – Roki Stoutenburg sizu bizdan farq qiladi. Uning bo‘yindan pastki qismi falajlanib qolgan, ammo shundayam Fortnite’da rekord o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi!

Bu mobil o‘yin atigi uch oyda salkam yarim milliard dollar daromad keltirdi!

Sensor Tower tadqiqoti xulosalariga ko‘ra, 2019 yilning uchinchi choragida mobil o‘yinlardan tushgan umumiy daromad 16,3 milliard dollarni tashkil etgan. Chakki emas-a?

Mobil o‘yinlar tarixida misli ko‘rilmagan rekord! (+video)

PlayStation Blog versiyasiga ko‘ra, o‘tgan yili Call of Duty eng yaxshi tarmoq o‘yini, deb topilgan edi. Uning yaqindagina chiqqan bepul mobil versiyasi allaqachon rekordga erishdi.

Call of Duty'ning Android talqini chiqdi

Endi o‘yinni Android uchun Google Play Store'dan yuklab olishingiz mumkin.

Eng muvaffaqiyatli o‘yinning uchinchi mavsumi 1 oktyabrda chiqadi! (+2ta video)

Uchinchi mavsumda yangi qo‘shilgan eng e’tiborga loyiq elementlar – Kripto ismli xaker-jangchi hamda Talos sayyorasidagi «Dunyoning chekkasi» xaritasidir.

DIQQAT: iPhone’ingizni yangilamay turing, agarda...

iOS 13 operatsion tizim talqiniga kiritilgan yangi ishora – to‘rtta barmoq bilan teginganda tahrirlash menyusi chiqib qolishi boshqa o‘yin va ilovalarda ham xalaqit berayotir.

The Guardian reytingi: XXI asrning eng zo‘r ellikta o‘yini

Mashhur The Guardian nashri chop etgan ushbu reytingni o‘yinlar industriyasining taniqli vakillari Keyt Styuart hamda Keza Makdonald tuzgan.

O‘yin – faqat zarar emas: 15 yoshli bolakay Fortnite o‘ynab millionerga aylandi!

Sovrindorning onasi Liza Dollman, o‘g‘lining ushbu xobbisi sababli bilan oralarida kelishmovchiliklar ko‘p bo‘lgan. Lekin endi u Jeydenning yutug‘idan quvonchini ichiga sig‘dira olmayapti.

Uchta platforma bo‘yicha TOP-10: Geymerlar qaysi o‘yinlarga eng ko‘p pul sarflashyapti?

SuperData tahlil kompaniyasi o‘yinlar bozorining 2019 yil may oyi yakunlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, geymerlar konsollardagi, kompyuterlardagi va mobil o‘yinlarga jami 8,7 milliard dollar sarflashgan!

Ommabop bepul o‘yin endi iPhone va Android-smartfonlarga ham chiqadi

Mail.ru kompaniyasi kuni kecha o‘tkazgan yopiq tadbirida ommabop shuterning Android hamda iOS platformalariga mo‘ljallangan talqini – Warface Mobile’ni e’lon qildi.

Yilning eng muvaffaqiyatli Apex Legends o‘yini endi smartfonlarga ham chiqadi! (+video)

EA eng ommabop PUBG va Fortnite o‘yinlari bilan nafaqat konsollar va kompyuterlarda, balki mobil qurilmalarda ham raqobatga kirishmoqchi.

Xitoy qonli va g‘oyaviy jihatdan noto‘g‘ri o‘yinlarni taqiqlayapti

Endilikda sahnalarida qon, jasad va erotika, shuningdek, Xitoy tarixi haqidagi rasmiy versiyaga mos kelmaydigan faktlari mavjud bo‘lgan o‘yinlarga ruxsat berilmasligi mumkin.

Yana bir mamlakat eng ommabop PUBG va Fortnite o‘yinlarini taqiqladi

PUBG va Fortnite o‘yinlarini taqiqlovchi qaror aholining ommaviy noroziligiga sabab bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda ular mamlakat parlamenti a’zolarini tanqid qilishmoqda.

«Jonli» video: Galaxy S10 5G tezligi va boshqa xususiyatlarini iPhone XS Max bilan solishtirib ko‘rsatishdi!

Testda internet tezkorligi, Fortnite va PUBG o‘yinlarining ishlash, Geekbench, Chrome va boshqa ilovalarning ochilish tezligi, asosiy va old kameralarining ishlashi, autentifikatsiya tizimi kabilar tekshirilgan.

Ommabop PUBG videoo‘yini yana bir mamlakatda taqiqlandi

Ayni paytgacha bu mamlakatda PUBG bilan bog‘liq noxush holatlar qayd etilmagan, ammo NTA direktori o‘rinbosari ushbu blokirovkaga asos qilib ota-onalarning shikoyatlarini ko‘rsatmoqda.

Redmi Note 7 Pro’ning yana bir raqibi – Realme 3 Pro taqdimoti ham e’lon qilindi (+«jonli» rasm)

Oppo qo‘sh kamerasining bosh moduli 48 MPlik, Snapdragon 710 protsessoriga ega va Fortnite videoo‘yiniga yaraydigan darajada quvvatli Realme 3 Pro smartfonini «Tezlikning uyg‘onishi» deya reklama qilyapti.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш