Rasmiy ro‘yxat: 2021 yil avgustgacha HarmonyOS proshivkasini olgan 65 xil Huawei hamda Honor smartfon va planshetlari

Agarda hozir test qilinayotgan proshivka versiyalarini ham qo‘shib hisoblasak, u holda HarmonyOS apdeytlarini saksondan oshiq mobil qurilmalar egalari ishlatishmoqda.

Egalari rozi bo‘lgan smartfonlar reytingida kutilmagan o‘zgarish! (AnTuTu, 2021 yil iyul)

Egasini qoniqtirgan smartfonlarning iyun oyidagi reytingidan farqli ravishda, iyuldagi ro‘yxatda eng yuqori baholarga o‘tgan yilgi flagmanlar sazovor bo‘lgan.

Huawei P50 hamda P50 Pro chiqdi: Snapdragon 888 va Kirin 9000, ilg‘or kameralar, yangi dizayn va HarmonyOS 2.0

Har ikkala flagman ham stereodinamiklar, NFC, IP68 standartidagi himoya hamda HarmonyOS 2.0 operatsion tizimi bilan taqdim etilmoqda.

TOP-10: Eng sekin arzonlashuvchi smartfonlar (2021 yil iyun)

Kuchli o‘ntalikka uchtagina smartfonsozning mahsulotlari kirgan. Reyting shohsupasini hamda umuman ro‘yxatdagi naq oltita pog‘onani bitta kompaniyaning vakillari band etgan.

Egasini rozi qilgan o‘nta smartfon (Antutu reytingi, 2021 yil iyun)

Ro‘yxatda asosan turli kompaniyalarning bulturgi smartfonlari aks etgan. Bu yilgi modellar orasidan ikkitasi esa hatto iPhone egalarini ham Android-smartfonlarga o‘tishga majbur etayotgani haqida yozgandik.

HarmonyOS 2.0 yakuniy proshivkasi allaqachon 16 smartfon va 2 planshetga tarqatildi

Korporatsiya 23 iyun kuni bayonot berishicha, o‘zining 16 rusumdagi smartfoniga va ikki xil modeldagi planshetiga yakuniy talqindagi HarmonyOS 2.0 proshivkasini chiqarib ulgurgan.

Huawei uchta smartfonini 4G-versiyada – HarmonyOS bilan va arzonroq chiqardi!

Yangi qurilmalar kompaniyaning o‘z ishlanmasi – HarmonyOS 2.0 operatsion tizimida ishlashidan tashqari, 5G qo‘llovidan voz kechilgani evaziga narxi ham arzonroqdir.

Huawei yuzga yaqin smartfon va planshetlariga HarmonyOS 2.0 tarqata boshladi (rasmiy ro‘yxat)

Xitoylik texnogigant 2 iyundagi taqdimotida HarmonyOS 2.0 tizimini yakuniy talqinida namoyish etdi. U o‘zining yuzga yaqin modeldagi smartfon va planshetlariga mazkur apdeyt to‘rtta bosqichda tarqatadi.

Huawei kutilmaganda Mate 40 Pro flagmani va Mate X2 buklamafonini arzon versiyalarda chiqardi!

Huawei rasmiy saytida Mate 40 Pro hamda Mate X2 smartfonlarining 4G-versiyalari paydo bo‘ldi. Ularning texnik xususiyatlari standart modellardan farq qilmaydi – o‘sha Kirin 9000 chipi, faqat 5G-modulsiz.

HarmonyOS 2.0 tizimiga tayyor 19 xil Huawei gadjetlarining rasmiy ro‘yxati

Ancha kengaytirilgan bu ro‘yxat Huawei’ning nafaqat zamonaviy smartfonlari, balki planshet va aqlli televizorlarini ham o‘z ichiga olgan.

Narxi tezda tushib ketmaydigan sakkizta smartfon (2021 yil, aprel)

Agarda yaxshi smartfon ishlatishni va yangisi chiqqanida yana almashtirib olishni xush ko‘rsangiz, oldingisini yaxshi narxda sota olishingiz uchun mana shu flagmanlarga e’tibor qaratganingiz ma’qul.

Bu operator abonentlari endi uydan chiqmasdan VISA kartasini ochishlari mumkin!

Yangi xizmat abonentlarga uydan chiqmagan holda VISA virtual kartasini ochish orqali bank xizmatidan foydalanish imkonini beradi.

Aloqa operatoridan zo‘r tanlov: raqsga tushib TikTok’ka yuklang va smartfon, planshet, smart-soat yutib oling!

Yutuqqa jami 15 dona Huawei P40 hamda 30 dona Huawei P40 Lite smartfonlari, shuningdek 15 tadan Huawei MediaPad T10 plansheti va Huawei GT2 smart-soati qo‘yilgan!

Huawei Mate 40E 5G chiqdi: 90 gerslik displey, 64 MPlik kamera

Huawei bultur P40 turkumida oltita modelda smartfon, bu yil fevralda esa bu liniyaning yettinchi vakili – Huawei P40 4G modelini chiqargan. Yangi qurilma ushbu oilaning sakkizinchi a’zosidir.

Huawei P40 4G chiqdi: OLED-displey, Kirin 990 chipi va IP53 himoyali arzonlashtirilgan flagman

Smartfonning korpusi IP53 standartiga ko‘ra suv sachrashidan himoyalangan. 5G-modemsiz Kirin 990 protsessorli devaysning tezkor va doimiy xotirasi tegishlicha 8 va 128 gigabaytlik hajmga ega.

Xiaomi eng zo‘r kamerofoni va hamyonbop flagmaniga Android 11 tarqatyapti

Har ikkala 5G-smartfonda ham yangi proshivka Android 11 operatsion tizim talqini asosida tayyorlangan MIUI 12 grafik qobig‘iga asoslangan.

Galaxy S21’lar hamda Mi 11 kushandasining taqdimot kuni ma’lum bo‘ldi

Huawei P50 endi oldingi «Lite» flagmanlar kabi xususiyatlarga ega bo‘ladi. Huawei P50 Pro modeli bazaviy flagman sifatida, P50 Pro+ esa flagmanlar turkumining eng ilg‘ori tarzida namoyish etiladi.

Egasini rozi qilgan o‘nta Android-smartfon (AnTuTu reytingi, 2021 yil yanvar)

Qudratli flagmanlar o‘ntaligiga umuman kirmagan ushbu Xitoy smartfoni mazkur reytingda Samsung va Huawei kabi yetakchi smartfonsozlarning eng zo‘r flagmanlarini ham ortda qoldirib, g‘olib bo‘lgan!

Uncha-munchaga o‘z narxini yo‘qotmaydigan o‘nta smartfon

Ishlab chiqaruvchilar kesimida olganda, kuchli o‘ntalikka uchtagina kompaniyaning smartfonlari kirgan, xolos. Samsung’ning birortayam vakili bu ro‘yxatda yo‘q.

Xiaomi bitta flagmani va bitta arzon smartfoniga Android 11 asosidagi MIUI 12 tarqatyapti

«Xitoycha Apple» oraliq versiyadagi MIUI 12.5 grafik qobig‘ining global namoyishini e’lon qilgan. Hozircha esa u barqaror MIUI 12 grafik qobig‘iga asoslangan proshivkalarni tarqatishda davom etmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш