Global MIUI 12.5 proshivkasini 25 xil Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga hoziroq yuklab olish mumkin!

Xiaomi.EU portali jamoasi global proshivkani kutishni istamaganlar uchun xitoychasini «globallashtirib» tarqatmoqda. Ularning barchasi Android 11 operatsion tizimi ustiga qurilgan.

Haqiqiy Samsung fanati bo‘lish sizga qanchaga tushadi?

Xo‘sh, kompaniyaning barcha premium mahsulotlarini sotib olishga shay bo‘lganlar o‘z budjetidan qancha mablag‘ sarflashlari kerak bo‘ladi? Bu savolga CNN nashri hisob-kitobiga tayanib javob beramiz.

MIUI 12.5 global proshivkasi qaysi Xiaomi va Redmi smartfoniga qachon keladi?

Yo‘l xaritasiga ko‘ra, dastlabki ikki to‘lqinda ushbu o‘n olti xil qurilma yangilanadi; MIUI 12.5 asosidagi proshivkaning yana qaysi smartfonlarga va qachon kelishini esa kompaniya keyinroq aytadi.

25 xildagi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlarida global MIUI 12.5 beta-sinovi boshlandi!

Xiaomi allaqachon Xitoydan tashqaridagi o‘z smartfonlari uchun ham MIUI 12.5 beta-test dasturini e’lon qildi. 25 xil smartfon egalaridan unda qatnashish uchun arizalar 1 martgacha qabul qilinadi.

Eng antiqa – bittayam klavishi bo‘lmagan tugmachali telefon 19 dollardan sotilyapti!

Bu telefonda bittagina – qurilmani o‘chirib-yoqish tugmachasi bor, u korpusning tepa qirrasida joylashgan. Hattoki smartfonlarda ham mavjud bo‘lgan ovozni sozlash tugmachasiniyam unda topa olmaysiz!

Redmi K40 chiqishi arafasida kompaniyaning to‘rtta bestselleri arzonlashdi

Kompaniyaning e’lon qilishicha, Redmi K30 4G modelining narxini u rekord darajada pasaytirgan. Endi uning 8/128 gigabaytlik variantini atigi 215 AQSh dollariga olish mumkin.

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (2-hafta)

Samsung'ning 5 ta, Xiaomi'ning 4 ta va Apple'ning 1 ta smartfoni top o‘ntaligimizni tuzib berdi.

2020 yil so‘ngida beshta narx toifasida eng qudratli Android-smartfonlar (AnTuTu reytinglari)

AnTuTu dekabr oyidagi eng zo‘r Android-flagmanlar reytingini va hamyonbop telefonlarning eng kuchlilari reytingini ham taqdim etgan edi. Endi esa narxiga ko‘ra eng zo‘rlarini beshta reytingda ko‘rsatdi.

Ushbu 28 xil Xiaomi va Redmi smartfonlariga ommaviy MIUI 12.5 beta-talqini chiqdi

Kompaniya o‘z va’dasida turib, MIUI 12.5 ommaviy beta-versiyasini chiqardi – Xiaomi hamda Redmi brendlarining 28 rusumdagi smartfonlar egalari yangi proshivkalarni sinab ko‘rishlari mumkin.

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (1-hafta)

Mi 11 ro‘yxatimizda yetakchilikni saqlab qoldi. Xiaomi e’lon qilgan boshqa smartfonlar esa chartimizda kompaniya ustunligini ta’minladi.

Xiaomi’ni endi to‘xtatib bo‘lmaydi: uzoq kutilgan Mi Mix 4 hamda Mi Note 11, yana MIUI 13 ham rasmiy saytda «qo‘lga tushdi»!

Muxlislar ko‘pdan beri kutayotgan inqilobiy Xiaomi Mi Mix 4 smartfoni ham tez orada chiqadi, shekilli. Rasmiy saytda undan tashqari korporatsiyaning yana ikkita mahsuloti ilk bor paydo bo‘lgan.

Redmi Note 9T bilan birga yana bir «avtonomlik monstri» – Redmi 9T ham chiqdi! (+«jonli» video)

Xiaomi 8 yanvar kuni Ispaniyada o‘zining Redmi Note 9T rusumli yangi smartfonini namoyish etishi ma’lum edi. Kutilmaganda korporatsiya u bilan birga yanada arzon Redmi 9T modelini ham jamoatchilikka ko‘rsatdi.

Ushbu 22 xil Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga MIUI 12.5 proshivkasini hoziroq o‘rnatishingiz mumkin!

Beta-sinovlar faqat Xitoydagi foydalanuvchilar uchun joriy etilgan, ammo XDA Developers dasturchilar hamjamiyati proshivkalarni ko‘pchilik bilan baham ko‘ra boshladi.

Navbatdagi «quvvat monstri» – 6000 mAs akkumulyatorli arzon Redmi 9T ham tayyor!

Yangi smartfon ham Snapdragon 662 protsessoriga, diagonaliga 6,53 dyuymlik Full HD+ ekranga hamda asosiy datchigi 48 megapiksellik bosh kameraga ega bo‘lishi aniq.

Oldingi proshivkalardan tezroq, ishonchliroq va chiroyliroq MIUI 12.5 qobiq dasturi taqdim qilindi

Yangi proshivka MIUI 12'ning davomchisi bo‘lib, unda xavfsizlik sozlamalari anchayin kuchaytirilgan, ilovalar barqarorlashtirilgan.

2020-yilning eng ommabop 20 smartfoni

Hammamiz uchun o‘zgacha va esda qolarli yilni yakunlar ekanmiz, smartfonlar olamidagi eng ommabop smartfonlarni sarhisob qilish vaqti keldi.

28 dekabrdanoq MIUI 12.5 proshivkasi keladigan 23 xildagi Xiaomi va Redmi smartfonlari

Xiaomi Mi 11 flagmanlarning namoyishi 28 dekabrda bo‘lib o‘tadi va MIUI 12.5 ham shu tadbirda taqdim etiladi. Kompaniya allaqachon bu proshivka dastlab qaysi smartfonlarga tarqatilishini e’lon qildi.

Xiaomi rasman Mi 11 turkumining, yana 108 MP kamerali eng arzon smartfonning taqdimot kunlarini aytdi (+video)

Xiaomi bilan raqobatlashish uchunmi, Vivo ham shu kuni Vivo X60 kamerofonlarini taqdim etishini aytgandi. Xiaomi esa flagman smartfonlari namoyishini kutilganidan bir kun oldinga belgiladi.

MIUI 13 proshivkasiga birinchi navbatda yangilanuvchi Xiaomi va Redmi smartfonlari bilan tanishing

Hali chiqmagan MIUI 13 interfeysidan olingan ilk skrinshot va videoni, unga yangilanuvchi smartfonlar ro‘yxatini ham berganmiz. Endi ushbu proshivka birinchi to‘lqinda 29 ta modelga tarqatilishi ma’lum bo‘lddi.

Redmi 9 Power namoyish etildi: 149 dollarlik «quvvat monstri»!

Yangi smartfonning bosh kamerasi – uning Redmi Note 9 4G hamda Poco M3 modellaridan farq qiluvchi asosiy jihatidir.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш