Uchta Huawei smartfoni EMUI 12 operatsion tizimiga o‘tadi

EMUI 12 yangilangan foydalanuvchi interfeysi hamda yangi funksiyalarni o‘z ichiga oladi.

Rasmiy ro‘yxat: 2021 yil avgustgacha HarmonyOS proshivkasini olgan 65 xil Huawei hamda Honor smartfon va planshetlari

Agarda hozir test qilinayotgan proshivka versiyalarini ham qo‘shib hisoblasak, u holda HarmonyOS apdeytlarini saksondan oshiq mobil qurilmalar egalari ishlatishmoqda.

Egalari rozi bo‘lgan smartfonlar reytingida kutilmagan o‘zgarish! (AnTuTu, 2021 yil iyul)

Egasini qoniqtirgan smartfonlarning iyun oyidagi reytingidan farqli ravishda, iyuldagi ro‘yxatda eng yuqori baholarga o‘tgan yilgi flagmanlar sazovor bo‘lgan.

DxOMark biryo‘la ikkita yo‘nalishda rekord o‘rnatgan yangi «kamerofonlar qiroli»ni e’lon qildi

Xiaomi shu yil martda taqdim qilgan professional kameralardan zo‘r ilk smartfon – Mi 11 Ultra premium-flagmanini DxOMark eng zo‘r kamerofon, deya e’tirof etgan edi. Lekin yangi qurilma uni taxtdan ag‘dardi!

Huawei P50 hamda P50 Pro chiqdi: Snapdragon 888 va Kirin 9000, ilg‘or kameralar, yangi dizayn va HarmonyOS 2.0

Har ikkala flagman ham stereodinamiklar, NFC, IP68 standartidagi himoya hamda HarmonyOS 2.0 operatsion tizimi bilan taqdim etilmoqda.

TOP-10: Eng sekin arzonlashuvchi smartfonlar (2021 yil iyun)

Kuchli o‘ntalikka uchtagina smartfonsozning mahsulotlari kirgan. Reyting shohsupasini hamda umuman ro‘yxatdagi naq oltita pog‘onani bitta kompaniyaning vakillari band etgan.

Egasini rozi qilgan o‘nta smartfon (Antutu reytingi, 2021 yil iyun)

Ro‘yxatda asosan turli kompaniyalarning bulturgi smartfonlari aks etgan. Bu yilgi modellar orasidan ikkitasi esa hatto iPhone egalarini ham Android-smartfonlarga o‘tishga majbur etayotgani haqida yozgandik.

HarmonyOS 2.0 yakuniy proshivkasi allaqachon 16 smartfon va 2 planshetga tarqatildi

Korporatsiya 23 iyun kuni bayonot berishicha, o‘zining 16 rusumdagi smartfoniga va ikki xil modeldagi planshetiga yakuniy talqindagi HarmonyOS 2.0 proshivkasini chiqarib ulgurgan.

Huawei yuzga yaqin smartfon va planshetlariga HarmonyOS 2.0 tarqata boshladi (rasmiy ro‘yxat)

Xitoylik texnogigant 2 iyundagi taqdimotida HarmonyOS 2.0 tizimini yakuniy talqinida namoyish etdi. U o‘zining yuzga yaqin modeldagi smartfon va planshetlariga mazkur apdeyt to‘rtta bosqichda tarqatadi.

HarmonyOS 2.0 tizimiga tayyor 19 xil Huawei gadjetlarining rasmiy ro‘yxati

Ancha kengaytirilgan bu ro‘yxat Huawei’ning nafaqat zamonaviy smartfonlari, balki planshet va aqlli televizorlarini ham o‘z ichiga olgan.

Narxi tezda tushib ketmaydigan sakkizta smartfon (2021 yil, aprel)

Agarda yaxshi smartfon ishlatishni va yangisi chiqqanida yana almashtirib olishni xush ko‘rsangiz, oldingisini yaxshi narxda sota olishingiz uchun mana shu flagmanlarga e’tibor qaratganingiz ma’qul.

Xiaomi eng zo‘r kamerofoni va hamyonbop flagmaniga Android 11 tarqatyapti

Har ikkala 5G-smartfonda ham yangi proshivka Android 11 operatsion tizim talqini asosida tayyorlangan MIUI 12 grafik qobig‘iga asoslangan.

Egasini rozi qilgan o‘nta Android-smartfon (AnTuTu reytingi, 2021 yil yanvar)

Qudratli flagmanlar o‘ntaligiga umuman kirmagan ushbu Xitoy smartfoni mazkur reytingda Samsung va Huawei kabi yetakchi smartfonsozlarning eng zo‘r flagmanlarini ham ortda qoldirib, g‘olib bo‘lgan!

Uncha-munchaga o‘z narxini yo‘qotmaydigan o‘nta smartfon

Ishlab chiqaruvchilar kesimida olganda, kuchli o‘ntalikka uchtagina kompaniyaning smartfonlari kirgan, xolos. Samsung’ning birortayam vakili bu ro‘yxatda yo‘q.

Xiaomi bitta flagmani va bitta arzon smartfoniga Android 11 asosidagi MIUI 12 tarqatyapti

«Xitoycha Apple» oraliq versiyadagi MIUI 12.5 grafik qobig‘ining global namoyishini e’lon qilgan. Hozircha esa u barqaror MIUI 12 grafik qobig‘iga asoslangan proshivkalarni tarqatishda davom etmoqda.

Meizu hayot ekan: uning maxfiy kamerali yangi flagmanini videoda ko‘rsatishdi!

Xiaomi’ning asosiy raqibi – Meizu kompaniyasi bultur 8 mayda Meizu 17 smartfonlarini taqdim qilgandi. Ungacha testda ushbu model Mi 10, Huawei P40 Pro va Oppo Find X2 Pro flagmanlarini ortda qoldirgan.

TOP-10: Eng ravon ishlovchi smartfonlar (Master Lu reytingi, 2020 yil)

Reyting g‘olibi umuman Android-smartfonlar orasida 200 ballik dovondan oshgan birinchi gadjet bo‘lgan. Ravon ishlashi bo‘yicha u iPhone smartfonlari va iOS tizimi bilan bemalol bellasha oladi.

TOP-10: Eng xaridorgir 5G-smartfonlar reytingida kutilmagan lider!

Ro‘yxatga o‘zi to‘rttagina kompaniyaning turli modellari kirgan. Lekin yil boshidan beri sotilib kelayotgan 5G-smartfonlar ko‘rsatkichlarini reyting yetakchisi ikki haftadayoq «sindirish»ga erishgan!

TOP-15: Rekord darajada tez quvvatlanuvchi smartfonlar

Ro‘yxatda birorta ham iPhone yo‘q, kuchli o‘ntalikdan esa faqat xitoylik kompaniyalarning vakillari o‘rin olgan! Yarim soatga ham yetmasdan quvvatlanib ulguruvchi bittagina smartfon bor ekan.

Huawei smartfonlariga HarmonyOS 2.0 taqdim etildi! (+birinchi «jonli» video)

HarmonyOS 2.0 beta-testi uchun ro‘yxatga olish bugun ochilgan bo‘lib, yanvarning oxirigacha davom etadi. Ushbu tizimda ishlayotgan Huawei P40 smartfonining birinchi «jonli» videosi ham paydo bo‘ldi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш