Xiaomi’ning birinchilar qatorida Android 10 Q’gacha yangilanuvchi smartfonlari ro‘yxati

Android 10 talqiniga birinchi to‘lqinda atigi 11 modeldagi Xiaomi smartfoni yangilanar ekan. Maqolada ularning ro‘yxati va yangilanish vaqtini bilib oling.

Xiaomi’ning teshik ekranli ilk smartfoni – Mi CC9e xususiyatlari bilan tanishamiz!

Mi CC9e smartfonining 6,3 dyuym, Full HD+ formatli IPS-displeyida 32 MPlik selfi-kamera uchun tirqish ochilgan. Asosiy kamera uchta – 48, 8 va 13 megapiksellik sensorlarni o‘z ichiga oladi.

Xiaomi Mi 9T namoyish etildi – barcha xususiyat va narxlari bilan tanishing!

MIUI 10 qobig‘idagi Android 9 Pie tizimli Mi 9T ekranosti barmoq izi skaneriga, NFC chipiga ega. Snapdragon 730 chipi, 6+64/128 GBlik xotira, 48 MPlik uchtalik bosh va korpusdan chiquvchi old kameralari bor.

O‘zbekistonda sotiladigan Xiaomi Mi 9T Pro ham Geekbench’da imtihon topshirib ko‘rdi!

Xiaomi Mi 9T Pro benchmarkdagi yakka yadroli testda 3453 ball olgan, ko‘p yadroli sinovda esa 10363 ochko to‘play bilgan. Ushbu ko‘rsatkichlarni Redmi K20 Pro natijalari bilan taqqoslashingiz mumkin.

Redmi, Huawei, OnePlus va Vivo smartfonlari uchun ekranosti barmoq izi skaneri ishlab chiqarayotgan kompaniya

OnePlus 7 Pro’ning Goodix tayyorlagan ekranosti daktiloskopi – sanoatdagi eng yaxshisi; u Huawei P30 Pro, Oppo Reno, Vivo Nex Dual Display Edition va Samsung Galaxy S10 kabilarni ham ortda qoldirgan.

Xiaomi Mi 9T taqdimotdan bir hafta avval sotuvga chiqdi – aniq narxlari bilan tanishing!

Ushbu smartfonlar hali 12 iyunda namoyish etiladi, ammo ishlab chiqaruvchining hamkori bo‘lmagan ayrim do‘konlar allaqachon ularni savdoga qo‘yibdi!

RASMAN: Xiaomi Mi 9T va Mi 9T Pro keyingi haftadayoq chiqyapti, lekin ular Redmi K20 va K20 Pro kabi arzon emas!

Garchi bular – Redmi K20 va Redmi K20 Pro smartfonlarining global versiyasi bo‘lsa-da, dizaynida ozroq farqlanishi mumkin. Shuningdek, ularning xotira variantlarida va narxlarida ham farqlar bor ekan.

Xiaomi old kamerasi ekran ostiga yashirilgan dunyodagi ilk smartfonni «jonli» videoda ishlatib ko‘rsatdi!

Galaxy S10 flagmanlarida selfi-kamera uchun displey teshilgan bo‘lsa, Xiaomi yanada ilgarilab ketdi. Ya’ni, u allaqachon ekranning ostiga yashirilgan, to‘laqonli ko‘rinmas ilk kamerani amalda ishlatib ko‘rsatdi.

Redmi K20 Pro allaqachon Honor Play 8A hamda iPhone XR’lardan o‘zib, rekord qo‘ydi!

Jingdong onlayn do‘koni har yili 1 iyun kuni arzonlatib sotish aksiyasini o‘tkazadi. 28 mayda namoyish qilingan Redmi K20 Pro smartfonining savdosi ayni shu kuni boshlangani Xiaomi’ga juda qo‘l keldi...

«Katta iblis»ning global talqini – Xiaomi Mi 9T ilk «jonli» suratlarda!

Qadog‘ida ham ushbu smartfonning barcha xususiyatlari aniq-tiniq aks etgan; uning rangi «ko‘mirsimon qora» – Carbon Black deb ko‘rsatilgan, Redmi K20 esa ko‘k va qizil ranglarda taqdim qilingan edi.

Xiaomi yana bitta smartfon taqdim etyapti: orqasidan – Mi 9, oldidan – Redmi K20!

Kompaniya chiqargan tizerga ko‘ra, tez kunlarda Mi turkumida ham yangi modellar paydo bo‘ladi! Bular – Redmi K20’larning global versiyalari, ammo dizayni boshqacha, nomlanishi borasida ham uch xil taxmin bor.

Qualcomm ham «damini olsin»: hamyonbop MediaTek Helio M70 5G protsessori taqdim etildi!

MediaTek Helio M70 5G yetakchi chipsoz – Qualcomm’ning ayni damdagi barcha protsessorlaridan ham kuchlidir! Uning tarkibiga kirgan 5G-modem 6 GGs.dan past diapazonlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Redmi K20 Pro: «katta iblis» Geekbench’da ham o‘z kuchini ko‘rsatdi!

AnTuTu benchmarkida Xiaomi Mi 9 flagmanidan ham yuqori – salkam 390 000 ball olgan Redmi K20 Pro modelini yana bir mashhur benchmark – Geekbench servisida ham tekshirib ko‘rishgan.

Redmi o‘zining ilk noutbukini taqdim qildi!

Xitoyda bugun Redmi K20 va K20 Pro  smartfonlaridan tashqari brendning ilk noutbuki - RedmiBook 14'ni ham taqdim qildi. Namoyishda uni MacBook Air (2019) bilan taqqoslab ko‘rsatishdi: bir necha o‘xshash xususiyatlarga qaramasdan RedmiBook sezilarli

Nihoyat, Redmi K20 va K20 Pro taqdim etildi: narx va jihatlari

Shuningdek, yettinchi avlod Redmi smartfonlarining eng arzoni bo‘lgan Redmi 7A narxi ham ushbu marosimda ma’lum qilindi.

Ertaga taqdim etilayotgan Redmi K20 rasmiy promo-rolik va yangi jonli rasmlarda!

Xiaomi va Redmi kompaniyalari ertaga taqdim qilinishi rejalashtirilgan Redmi K20 smartfoni atrofida chinakamiga yirik marketing kampaniyasini avjiga chiqarishdi.

TeraDayjest – yakunlangan haftaning eng muhim yangiliklari! (Smartfonlar)

Aziz mushtariylarimiz uchun yangi rukn ish boshladi. Ushbu ruknda hafta davomida ulashilgan eng muhim axborotlar jamlanib taqdim qilinadi. Ro‘yxatdagi maqolani o‘qish uchun, undagi oxirgi so‘zga berilgan linkka bosishingiz kerak bo‘ladi.

Redmi K20 hamda Redmi K20 Pro smartfonlari global bozorga boshqa nomlar bilan chiqadi (+suratlar)

Redmi’ning «Killer» smartfonlari global bozorga chiqish-chiqmasligiga ham ko‘pchilik qiziqish bildirmoqda...

Xiaomi arzon Redmi 7A smartfonini rasman namoyish etdi

Brendning yettinchi avlod smartfonlari orasida eng arzoni – Redmi 7A qora va ko‘k ranglardagi plastik korpuslarda taklif etiladi. Uning 5.45 dyuymlik IPS-displeyi tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatida.

Redmi K20 va K20 Pro narxlari ma’lum, Xiaomi esa taklifnomaga boks qo‘lqopi qo‘shib tarqatyapti!

Qo‘lqopga «Redmi K20» yozuvi hamda «Whatever it takes» shiori, shuningdek, «katta iblis» tasviri tushirilgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш