Huawei Mate 40E 5G chiqdi: 90 gerslik displey, 64 MPlik kamera

Huawei bultur P40 turkumida oltita modelda smartfon, bu yil fevralda esa bu liniyaning yettinchi vakili – Huawei P40 4G modelini chiqargan. Yangi qurilma ushbu oilaning sakkizinchi a’zosidir.

EKSKLYuZIV: Hali taqdim etilmagan Galaxy A52 5G smartfonini anboksing videosida to‘liq tomosha qiling!

Samsung kechagina navbatdagi Galaxy Unpacked tadbirini e’lon qildi. Janubiy koreyalik texnogigant ushbu marosimda Galaxy A52 hamda Galaxy A72 smartfonlarini namoyish etishi kutilmoqda.

Snapdragon 888 chipli eng arzon flagman 10 soniyada 15 mln dollarlik sotildi!

Hozirgacha na Redmi, na boshqa biror smartfonsoz flagman protsessorli mahsulotini bunchalik arzon taklif eta olmagan.

Snapdragon 870 chipli bu Xiaomi smartfoni Snapdragon 888 protsessorli Galaxy S21 Ultra’ni mag‘lub etdi! (video)

Xitoyliklar vakili o‘rtacha FPS darajasi bo‘yicha Galaxy S21’dan yuqori bo‘lsa, smartfonning qizib ketishi borasida ham undan ustun – harorati 1,2 darajaga past bo‘lib chiqqan.

Samsung suv o‘tkazmas Galaxy A52 hamda Galaxy A72 taqdimot kunini aytdi!

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, bu ikkala smartfonning ham 4G va 5G-versiyalari microSD-karta uyachasiga, GPS, Wi-Fi b/g/n/ac, Bluetooth 5.0 hamda NFC modullariga, USB Type-C porti va quloqchin tirqishiga ega.

120 vatt nima bo‘pti – naq 200 vattlik tezkor zaryadlanuvchi smartfon chiqyapti!

Bultur tez zaryadlanuvchi smartfonlar reytingida Xiaomi Mi 10 Ultra modeli g‘olib bo‘lgandi. Hozircha undan tashqari Vivo iQOO 7 va Nubia Red Magic 6 Pro smartfonlari ham 120 Vt da quvvatlanadi.

Yangi rekord: flagman atigi 12 daqiqada to‘liq quvvatlanib ulgurdi! («jonli» video)

Bu geymerofon akkumulyatorini noldan boshlab 5 daqiqada 50 foizga to‘ldirib, bir kun davomida bemalol ishlatsa bo‘ladi!

Xiaomi Mi 10S taqdim etildi va allaqachon DxOMark reytingida yetakchiga aylandi!

Yangi model standart Mi 10 flagmanining yaxshilangan versiyasi bo‘lsa-da, orqa panelining dizayni bo‘yicha Xiaomi Mi 10 Ultra yubiley superflagmaniga ko‘proq o‘xshaydi.

Global bozordagi eng kuchli o‘nta hamyonbop Android-smartfon (AnTuTu reytingi, 2021 yil fevral)

Ro‘yxatni shakllantirishda 2021 yilning fevralida butun dunyodagi foydalanuvchilar tomonidan AnTuTu servisida kamida ming marta tekshirib ko‘rilgan smartfonlar test natijalarining o‘rtacha ko‘rsatkichi olingan.

AnTuTu reytingi: O‘z egasini rozi qilgan o‘nta Android-smartfon (2021 yil fevral)

Qizig‘i shundaki, dunyo bo‘yicha yetakchi smartfonsozning eng so‘nggi va eng zo‘r flagmani bu reytingda atigi to‘qqizinchi pog‘onadan joy olgan!

TOP-10: Eng qudratli Android-flagmanlar (AnTuTu global reytingi, 2021 yil fevral)

Xitoychasidan farqli ravishda, global reytingda eng ko‘p – naq to‘rtta o‘rinni Samsung vakillari zabt etgan (lekin lider boshqa). Qolgan pog‘onalardan esa oltita kompaniyaning bittadan flagmanlari joy olgan.

Bir nechta jihatdan rekordchi Red Magic 6 hamda Red Magic 6 Pro geymerofonlari chiqdi!

Red Magic 6 Pro akkumulyatori 4500 mA/soatlik bo‘lib, 120 vattlik tezkor quvvatlash texnologiyasiga ega. Uni noldan boshlab 50 foizgacha quvvatlash uchun atigi 5 daqiqa kifoya – tasavvur qilyapsizmi!?.

Redmi «damini olaversin» – Snapdragon 888 chipli eng arzon flagman chiqdi!

Realme GT diagonaliga 6,43 dyuymlik AMOLED-ekranga ega; displeyda tasvir aniqligi FHD+ formatida, kadr yangilanish chastotasi esa 120 gerslik.

RASMAN: Redmi birinchi o‘yinbop smartfonini martning oxirigacha chiqaradi!

Flagman protsessordan tashqari, Xiaomi uning ekrani borasida ham ziqnalik qilmayapti. Redmi geymerofoni Samsung tomonidan ishlab chiqilgan so‘nggi – Ye4 avlod Super AMOLED displeyi bilan ta’minlanmoqda.

Galaxy A52 4G hamda A52 5G: narxlari, farqlari va umumiy jihatlari

Samsung ularni ekranosti daktiloskop, 25 vattlik tezkor quvvatlanuvchi 4500 mA/soatlik akkumulyator va NFC chipi bilan ta’minlamoqda. Har ikkalasining korpusi IP67 standartida suv sachrashidan himoyalangan.

O‘rta narxli o‘nta eng kuchli smartfon (AnTuTu reytingi, 2021 yil fevral)

Kuchli o‘ntalikdan faqat uchtagina kompaniya smartfonlari joy olgan. Shulardan bittasining vakillari naq yettita pog‘onani band etgan, lekin g‘olib boshqa!

Eng zo‘r Android-flagmanlar reytingiga Redmi K40 hamda K40 Pro ham kirdi, Mi 11 esa yana pastladi! (AnTuTu, 2021 yil fevral)

Ilk ikkita va so‘nggi o‘rinlarni Vivo smartfonlari, eng ko‘p – to‘rtta pog‘onani esa Xiaomi mahsulotlari egallagan. Qolgan uchta o‘rinni bo‘lsa Huawei, Samsung hamda Oppo flagmanlari band etgan.

Kuzda chiqadigan iPhone 13 Pro’ning rekordchi jihati nimada?

Eslatib o‘tamiz, yangi iPhone’larda 120 gerslik yangilanish chastotasi bo‘lishi va Touch ID sensorining qaytishini ham bashorat qilishmoqda.

Galaxy S21 Ultra yangi reytingda atigi 17-o‘rin bilan Samsung obro‘sini bir pul qildi!

Eng qimmat superflagman hattoki kuchli o‘nlikka kirmagan Honor 30 Pro+, iPhone 11 Pro Max, Huawei Mate 30 Pro 5G, iPhone 12 mini, iPhone 12 hamda Honor V30 Pro modellaridan ham pastdan joy olgan!

Eng kuchli protsessorli eng arzon flagmanlar – Redmi K40 Pro hamda kutilmagan K40 Pro+ namoyish etildi!

Bu ikkala qurilma ham dizayni, ham ko‘pgina texnik xususiyatlari bilan bazaviy flagman – Redmi K40 bilan bir xil. Shuning uchun har ikkalasining undan farqli jihatlari va narxlariga to‘xtalib o‘tamiz.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш