Baquvvat batareya va kuchli Qualcomm chipli Galaxy M42 5G benchmarkda qo‘lga tushdi

Katalog raqami SM-M426B bo‘lgan qurilma 4 gigabaytlik tezkor xotira bilan jihozlangan va Android 11 operatsion tizim talqiniga ega.

Mi Mix Fold taqdim etildi: ilk Xiaomi buklamafoni, suyuq linzali kameraga ega birinchi smartfon! (+video)

Odatda buklamafonlarda displey birinchi o‘rinda turardi, ammo Mi Mix Fold’ning asosiy faxri – uning kamerasidir!

Xiaomi eng yengil va yupqa – Mi 11 Lite hamda Mi 11 Lite 5G smartfonlarini namoyish qildi

Mi 11 Lite hamda uning 5G-versiyasida uch modulli bosh kamera ham bir xil: 64 megapiksellik asosiy sensor, 8 megapiksellik o‘ta keng burchakli kamera va 5 megapiksellik telemakrokamera.

Professional kameralardan zo‘r ilk smartfon – Mi 11 Ultra chiqiboq DxOMark taxtini zabt etdi! (+video)

29 mart kungi mega-taqdimotida Xiaomi o‘zining flagman smartfoni – Mi 11 Pro anonsi bilan boshlagan edi. Biroq tadbirning bosh qaramoni u emas, balki Xiaomi Mi 11 Ultra rusumli premium-flagman bo‘ldi.

«Android-smartfonlar qiroli» – Xiaomi Mi 11 Pro taqdim etildi!

Mi 11 Pro korpusi chang va suv kirishidan ko‘ra himoyalangan – 1.5 metrlik suv ostida 30 daqiqagacha jon saqlay oladi. Bu – IP68 sertifikatsiyasini olgan ilk Xiaomi smartfonidir.

OnePlus 9 Pro kamerasi Galaxy S21 Ultra’nikiga qarshi: «jonli» test videosi!

«Aslo qotmas» smartfonlar ijodkori OnePlus 9 Pro kamerasini alohida ta’kidlab, uni ishlab chiqishga juda ko‘p vaqt va mablag‘ sarflaganini aytgan. Xo‘sh, «flagmanlar kushandasi» bu xarajatlarni oqlay oldimi?

Xiaomi Black Shark 4 va Black Shark 4 Pro smartfonlari taqdim etildi

Ushbu smartfonlarda 120 vatt tezkor quvvatlash imkoniyati hamda 144Hz yangilanish chastotasiga ega bo‘lgan displey mavjud.

Ikkita versiyada Samsung Galaxy A52 chiqdi – narx va xususiyatlari

Galaxy A52 modellari eng yangi – Android 11 tizim talqini ustiga qurilgan One UI 3.1 grafik qobig‘i bilan taqdim etilgan. Samsung ularni qora, oq, binafsha rang va ko‘k korpuslarda sotuvga chiqaryapti.

iQOO Neo 5 5G – flagman chipli geymerofon atigi 384 dollardan!

Fevral oyida AnTuTu benchmarkining har ikkala – xitoycha va global reytinglarida ham iQOO 7 modeli yetakchilikni qo‘lga kiritgan. Uning ijodkori – iQOO brendi o‘zining navbatdagi smartfonini namoyish etdi.

Xiaomi’ning ilk buklamafoni – Mi Mix 4 «jonli» suratlarda!

Xiaomi Mi Mix 4 orqa paneli shishadan ishlangan, bosh kamerasi uchta modulni o‘z ichiga oladi va korpusning orqa yuzasidan sal bo‘rtib chiqqan.

5G tezligi testi: iPhone 12 barcha Android-flagmanlarga mag‘lub bo‘ldi!

Mutaxassislar ayfonlarning 4G tarmog‘idan 5G standartiga o‘tishi bilan internet tezligi 2,3 baravarga oshganini ta’kidlashgan, lekin Android-smartfonlar baribir ancha oldinda.

108MP kamerali Xiaomi Mi 10S global bozorga xitoychasidan kuchli bo‘lib chiqyapti!

Kompaniya ushbu 5G-flagmanini dunyo bozoriga tayyorlamoqda va u xitoycha versiyasidan farq qiladi. Google Play Console ma’lumotlar bazasida uni hindistonlik insayder Mukul Sharma payqab qolgan.

Namoyish qilinmagan Galaxy A52 5G kutilganidan ham arzon narxda do‘konlarga chiqdi!

Kuni kechagina biz hali taqdim etilmagan Galaxy A52 5G smartfonini anboksing videosini e’lon qilgan edik. Endi esa bir nechta mamlakatlarda uni do‘konga ham chiqarib qo‘yishibdi!

Finbold reytingi: 5G-smartfonlar bozorida kutilmagan lider!

Shuningdek, mutaxassislar Huawei va Samsung kompaniyalarini taqqoslashdi.

Flagman turkumning arzon vakillari – OPPO Find X3 Neo hamda Find X3 Lite chiqdi

Eng qizig‘i – liniyaning faqat eng arzon Find X3 Lite modelidagina quloqchin tirqishi va eng yuqori – 64 megapiksellik bosh kamera qo‘llangan!

OPPO Find X3 ham namoyish etildi: uning Find X3 Pro’dan farqi nimada?

11 martdagi taqdimotida OPPO kompaniyasi yangi avlod smartfonlarini taqdim etgan. Bular – bazaviy Find X3, eng zo‘r Find X3 Pro, shuningdek Find X3 Neo hamda Find X3 Lite modellaridir.

Global versiyali Xiaomi Mi 11 Lite 5G hali chiqmagan Snapdragon 775G chipida ishlaydi!

Taniqli insayder Sudhanshu Ambhore ushbu arzonlashtirilgan flagmanning rang variantlari hamda xotira modifikatsiyalarini ham e’lon qildi.

Mikroskop kamerali OPPO Find X3 Pro chiqdi – har tomonlama o‘zgacha flagman!

OPPO Find X3 Pro modelining o‘ziga xosliklaridan biri uning dizaynidir: «Terminator 2» uslubidagi orqa panel kamera blogini ham qoplab turuvchi yaxlit shisha bo‘lagidan ishlangan.

LG yo‘l xaritasi: Android 11 qaysi smartfonlarga qachon yetib keladi?

Kompaniyaning Germaniyadagi rasmiy saytida e’lon qilingan grafikda Android 11 operatsion tizimini qabul qiluvchi LG smartfonlari ro‘yxati ham, ulardan har biri qachon yangilanishi ham ko‘rsatilgan.

Uchta versiyada ROG Phone 5 taqdim etildi – geymerlar orzusi! (+video)

Smartfonning bazaviy versiyasi Aero g‘ilofi hamda HyperCharger quvvatlagichi bilan birga yetkazib beriladi. Ikkita ilg‘or talqini jamlanmasiga esa bulardan tashqari AeroActive Cooler 5 kuleri ham qo‘shilgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш