Yana bir arzon smartfon – Galaxy A20e ilk suratlarda: Infinity-U ekran va qo‘sh kamera!

10 aprel kuniga Samsung yirik taqdimot rejalashtirgan. Kompaniya unda birdaniga to‘rtta – Galaxy A20e, Galaxy A40, Galaxy A60 hamda Galaxy A90 smartfonlarini namoyish etishi kutilmoqda...

Navbatdagi «jonli» surat Galaxy A90 (yoki Galaxy A80) smartfonining yana bir jihatini fosh etdi

Samsung Galaxy A80 modeli haqida shu paytgacha birorta ham ma’lumot yo‘q bo‘lib, bu nom faqat Galaxy A90 bilan bog‘liq holda tilga olingan – mazkur smartfon shunday atalishi ham mumkinligi aytilgan.

Android 10 Q talqinida «Raqamli farovonlik» yanada mo‘l-ko‘l bo‘ladi. U qanday funksiya o‘zi?

«Raqamli farovonlik» funksiyasi yordamida endi fon rejimida ishlayotgan dasturlarni to‘xtatish va muhimi – ularning yana avtomatik ishga tushib ketishini taqiqlash ham mumkin.

Eng katta va tezkor flagman, ammo eng qimmati emas: Galaxy S10 5G narxi aniq bo‘ldi!

Janubiy Koreya nashrlari Galaxy S10 5G superflagmanining aniq narxlarini aytishdi. U birinchi bo‘lib o‘z vatanida, 5 aprelda sotuvga chiqadi, 26 aprelda esa uni AQSh bozoriga ham taqdim etishadi.

55 daqiqada 20 ta anons: 1 aprelda Xiaomi nimalarni taqdim etyapti?

Posterda ko‘zoynak, akkumulyator, soat, «aqlli» kolonka, virtual reallik shlemi, noutbuk va hatto raketa ham tasvirlangan! «ROY» yozuvi esa Xiaomi Mi 9 flagmanining maxsus versiyasiga ishora qilmoqda...

Redmi Note 7’ning yana bir raqibi – 150 dollarlik Huawei Y6 Prime 2019 namoyish etildi!

Huawei Y6 Prime 2019 modeli MediaTek Helio A22 protsessorga va 2/32 GBlik xotiraga ega. Daktiloskopik datchikdan tashqari, unda egasining yuzini tanish orqali qulfdan chiqarish funksiyasi ham mavjud.

MIUI 11 nimalarga qodir: Xiaomi mas’ul xodimi rasman ma’lum qildi

MIUI ishlab chiqilishiga mas’ul bo‘lim rahbari foydalanuvchilar bilan onlayn tarzda «matbuot anjumani» o‘tkazib, Xiaomi smartfonlariga o‘n birinchi avlod grafik qobiq nimalar baxsh etishi haqida so‘zlab berdi.

Parijdagi taqdimotda ko‘rsatilmagan Huawei P30 Lite namoyish etilib, allaqachon sotuvga ham chiqdi!

Huawei P30 Lite modeliga avvaldan buyurtma rasmiylashtirgan xaridorlarga bir dunyo aksessuar: Bluetooth-kolonka, selfi-tayoq, himoya shishasi, g‘ilof va portativ akkumulyator ham hadya etishyapti!

Google’ning «kambag‘albop» Pixel 3a smartfoni Snapdragon 855 chipli Mi 9 narxida sotiladi!

Pixel 3a modelining Qualcomm Snapdragon 670 protsessoriga va 4 GBlik tezkor xotiraga ega bo‘lishi aytilgan. Uning 5,56 dyuymlik ekrani Full HD formatida bo‘lib, batareyasi 2915 mA/soatlik.

Samsung’ning 2019 yilgi eng arzon smartfoni – Galaxy A2 Core nimalarga qodir?

Samsung saytida Galaxy A2 Core texnik jihatlari haqida ma’lumotlar va foydalanuvchi qo‘llanmasi ham paydo bo‘ldi. U hatto shu kungacha taqdim etilgan eng hamyonbop Galaxy M10 modelidan ham soddaroq.

Xiaomi yana buklama smartfonini «jonli» videoda ko‘rsatib maqtandi

Smartfonda sahifani tomosha qilgach, bosh sahifaga qaytish uchun ekranning chap chekkasidan silanadi. Uni buklash ham qulay va tez kechadi, bunda interfeysning ixcham rejimga o‘tishi ham tez sodir bo‘lgan.

Galaxy A60 taqdimot arafasida TENAA’da: 6.3 dyuymlik Infinity-O displey, uchtalik kamera va 3410 mA/soatlik akkumulyator!

TENAA hujjatlariga ko‘ra, Samsung Galaxy A60 modelida diagonali 6.3 dyuymlik Full HD+ displey qo‘llangan. Uning protsessori sakkiz yadroli bo‘lib, maksimal 2.0 GGs takt chastotasida ishlashi ma’lum.

Huawei P30 hamda P30 Pro taqdim etildi: 10 karralik zum, tunda ham kunduzgidek surat!

Huawei P30 Pro modeli kameralarni baholovchi DxOMark professional servisida maksimal darajada – 112 ball olib, kamerofonlarning qiroliga aylangan.

«Google qabristoni»ga bir nazar: unda nimalar «dafn etilgan»?

Agarda Google hozir 20 yoshda ekanini hisobga olsak, u o‘rta hisobda yiliga yettita mahsulotini «narigi dunyoga ravona qilgan» ekan.

Arzonlashgan MDC smartfonlarini Terashop.uz’dan xarid qilib, 16 GBlik SanDisk xotira kartasini hadyaga oling! (2019 yil 27 mart)

Smartfonlarning barchasiga MDC kompaniyasi tomonidan bir yil muddatli kafolat beriladi. Ularni Terashop.uz’dan xarid qilsangiz, maxsus aksiya doirasida sovg‘a ham olishingiz kafolatlangan!

Xiaomi Mi 9X ham tayyor: xususiyatlari teng bo‘lsa-da, Mi 9 SE’dan arzon smartfon!

Mi 9X‘ning 6,4 dyuymlik, tomchisimon «o‘yiq»li AMOLED-ekraniga barmoq izi datchigi ham integratsiya qilinadi. Snapdragon 675 chipli smartfonning tezkor xotirasi 6 GBlik, akkumulyatori esa 3300 mA/soatlik.

Galaxy A70 taqdim etildi: Snapdragon 670 va ikkita 32 MPlik kamera; 4500 mA/soatlik akkumulyatori esa Galaxy S10’dan tez quvvatlanadi!

Kompaniyaning ta’kidlashicha, bunday ensiz uzun displey video tomosha qilish uchun eng maqbul formatdir. Barmoq izi skaneri ham ekranning o‘ziga joylangan.

AnTuTu rekordchisi Mi 9 va yap-yangi Redmi 7 ham Terashop.uz’ga keldi! Xiaomi smartfonlari yanada arzonlashdi! (2019 yil 26 mart)

Bugungi narxnomamizda biz uchun yangi ikkita model – AnTuTu rekordchisi Mi 9 flagmani hamda arzon Redmi 7 smartfoni ham bor. Umuman, Xiaomi smartfonlari narxlari pasaydi, ro‘yxatda naq 58 ta model bor!

«Jonli» foto: Galaxy A90 smartfoni Samsung’ning eng romsiz displeyiga ega!

Avvalroq mazkur kompaniyaning Indoneziyadagi rasmiy saytida shunaqa, «tirqish» va «kemtik»larsiz displey – Notchless Infinity Screen afzalliklari haqida ma’lumot chiqqan edi.

Galaxy A60 hamda Galaxy A70 xususiyatlari va «jonli» suratlarini TENAA fosh etdi!

Ikkalasi ham uchtalik bosh kameraga ega, ammo selfi-kameralari turlicha joylashgan. «Kichkina» modelning orqa qopqog‘ida barmoq izi skaneri ko‘zga tashlanadi, «katta»sida esa u ekranga integratsiyalangan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш