Galaxy S9 va S9+ yangi suratlar va videoda: orqa panelda daktiloskopik datchik yo‘q!

DBS Designing dizaynerlar guruhi tomonidan chiqarilgan so‘nggi ma’lumot Galaxy S9 va Galaxy S9+ smartfonlari haqidagi tasavvurlarimizni o‘zgartirib yuboradi.

MIUI 9’gacha yangilanadigan 40ta Xiaomi bitta ro‘yxatda!

«Xitoycha Apple»ning jami qirqta rusumdagi smartfon va plansheti egalari endi zamonaviy va tezkor MIUI 9 proshivkasidan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Samsung o‘zining Galaxy X buklama smartfonini «maxfiy yig‘ilish»da ko‘rsatdi

Guvohlardan birining so‘zlariga ko‘ra, koreyaliklarning buklama smartfoni diagonaliga 7,3 dyuymlik qayishqoq OLED-displeyga ega. Gadjetning ekrani polimer OLED materialidan yasalgani taxmin qilinmoqda.

Xiaomi o‘z smartfonlariga MIUI X tayyorlayotganini tasdiqladi

Shu yilning o‘zidayoq taqdim etiladigan MIUI X talqinida «sun’iy idrok»ka ko‘proq e’tibor qaratiladi. Unda Xiaomi’ning o‘z ovozli yordamchisi ham bo‘lishi, u ingliz va xitoy tillarida ishlashi mumkin.

Xiaomi Mi Max 3’ning ilk «jonli» suratini tomosha qiling!

Xiaomi Mi Max 3 smartfoni Snapdragon 660 protsessoriga, 4 gigabaytlik tezkor xotiraga, 5500 mA/soatlik akkumulyatorga ega, bosh kamerasi esa har biri 12 megapikselli ikkita datchikdan iborat bo‘ladi.

MDC Prime Lite – bir million so‘mlik, HD-ekranli va qo‘sh kamerali smartfon!

O‘ziga xos dizayndagi metall va shisha korpusli, daktiloskopik skanerga va qo‘shaloq kameraga ega ushbu hamyonbop 4G-smartfonni xarid qilib, bitta o‘q bilan ikkita quyonni urgan bo‘lasiz.

Taniqli insayder Galaxy S9’ning savdoga chiqish vaqtini «sotib qo‘ydi»

Mazkur ma’lumotni esa mashhur insayder Evan Blass o‘zining Tvitter-akkaunti orqali ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, bu haqda g‘ilofsoz kompaniyalardan birining top-menejeri aytgan.

Samsung’ning yangi hamyonbop smartfoni «qo‘lga tushdi»: AMOLED-ekranli va NFC modulli!

Samsung Galaxy On7 Prime (2018) hamyonbop bo‘lsa-da, AMOLED-ekranga, USB Type-C tirqishiga, Wi-Fi 802.11ac hamda Bluetooth 5.0, shuningdek NFC modullariga 8 yadroli va LTE modemli protsessorga ega.

Skanerli displeyga ega smartfonning sotuvga chiqish vaqti va narxi aytildi (+video)

Apple va Samsung uddalay olmagan texnologiyani o‘zida jamlagan Vivo X20 Plus UD smartfoni tez orada iPhone X’ning deyarli yarim narxida savdoga chiqariladi.

Xiaomi xatosidan millionlab smartfon xaridorlari jabr ko‘rmoqda

Agar yilning boshida eng ommalashgan smartfonlar ro‘yxatining boshida aynan shu model turganini hisobga olsak, dunyo bo‘yicha qanchalar ko‘p foydalanuvchi jabr ko‘rganini tasavvur qilish mumkin.

Telefoningizni topib beruvchi bepul Android-ilova

Where’s My Droid ilovasida sozlamalarni parol bilan himoyalash funksiyasi ham tatbiq etilgan. Bundan tashqari, SIM-kartasi almashtirilgan holatda smartfonni topish funksiyasini ham faollashtirsangiz bo‘ladi.

Huawei P11 hamda P12 smartfonlari ishlab chiqaruvchining rasmiy saytida ko‘rinish berdi

Huawei P12 modeli haqida umuman ma’lumot yo‘q. Aftidan, u bo‘lajak flagmanning yanada takomillashtirilgan yoki o‘lchamlari kattaroq versiyasi bo‘lsa kerak.

«Malika»da Samsung smartfonlarining so‘mdagi narxlari (2018 yil 12 yanvar)

Samsung’ning ayrim smartfon modellariga poytaxtimizdagi «Malika» savdo majmuasi do‘konlarida naqd pulda, so‘mda belgilangan narxlarni e’tiboringizga havola etayotirmiz.

HMD Global endi Asha brendini «tiriltirmoqda»!

Asha telefonlari rivojlanayotgan mamlakatlar bozorida juda ommalashgan edi. Ammo, Lumia brendi ostidagi hamyonbop smartfonlarga raqobatchi bo‘lganligi sababli, Microsoft bu brendni to‘xtatib qo‘ygandi.

OnePlus rahbari OnePlus 6’ning taqdimot vaqti va xususiyatlarini aytdi

Bosh direktor yana bir narsaga shama qilib o‘tgan: OnePlus 6 modeli 2018 yilda korporatsiya chiqaradigan yagona smartfon bo‘ladi; ya’ni, bu yil «T» qo‘shimchali ikkinchi model chiqarilmaydi.

MDC Grand – barmoq izi skaneri va HD-displeyga ega eng hamyonbop smartfon!

Ikkita SIM-karta bilan 3G tarmog‘ida ishlovchi MDC Grand – flagman ko‘rinishidagi hamyonbop smartfon bo‘lib, u tezkor barmoq izi skaneri va 5,5 dyuymli ajoyib HD-ekran bilan jihozlangan.

AKSIYa: himoyalangan NOMU S10 smartfoni 965 000 so‘mdan sotilyapti

NOMU S10 nafaqat IP68 standartiga ko‘ra suv va changdan, balki MIL-STD-810G harbiy standartiga ko‘ra zarbadan ham himoyalangan. 5 dyuymlik HD-ekraniga Corning Gorilla Glass 3 himoya shishasi yotqizilgan.

Samsung hamyonbop Galaxy J2 Pro (2018) smartfonini taqdim etdi

Galaxy J2 Pro (2018) hamyonbop smartfon bo‘lsa-da, 5 dyuymlik Super AMOLED ekranga ega; u ikkita SIM-karta bilan va to‘rtinchi avlod – 4G LTE tarmog‘ida ishlay oladi.

520 000 so‘mga to‘rt kamerali smartfon bor!

To‘rt kamera va ikkita fotochaqnoq, romsiz qayrilma ekran, barmoq izi skaneri... Xullas, flagman qiyofasidagi hamyonbop smartfon!

Eng arzon smartfonlar: ularga qanday protsessorlar qo‘yiladi?

Bugun biz eng arzon (hamyonbop ham emas!) smartfonlarda qo‘llanadigan protsessorlar haqida qisqacha ma’lumot bermoqchimiz. Shunchaki, jadvalda ularning nomlari keltirilgan, eslab qolsangiz bas...

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш