YouTube interfeysidan ortiqcha narsalarni olib tashlaymiz – resurs, vaqt va megabayt tejaladi!

Mazkur plagin ko‘plab elementlarni bloklashi evaziga, sahifaning yuklanishi ham tezlashadi, yana ularga sarflanadigan kompyuter resurslari va megabayt ham (demak – mablag‘lar ham!) tejaladi.

Google Chrome’ni sahifalarni bir zumdayoq ochishga majburlaymiz

Siz kursorni biror havola ustiga olib borsangiz, kengaytma o‘sha sahifani brauzer keshiga yuklay boshlaydi. Shu sababli, havola ustiga bosishingiz bilan veb-sahifa darhol ochiladi.

Google’ning saxiyligi tutdi: Chrome xatosini topib, 150 ming dollargacha mukofot oling!

Kompaniya topilgan nuqsonlar uchun rag‘batlantiruvchi dasturi bo‘yicha 2010 yildan buyon sakkiz yarim mingdan ziyod maktub olgan va ular uchun jami besh million AQSh dollaridan oshiq mukofot puli to‘lagan.

Safari’dagi tugmachalar ostiga yashirilgan qo‘shimcha funksiyalarni bilasizmi?

Apple mobil qurilmalarida internet-syorfing uchun asosiy dastur sifatida o‘rnatilgan ushbu brauzerning qo‘shimcha imkoniyatlarini ko‘pchilik bilmasligi mumkin.

Chrome’da uzoq kutilgan funksiya ishga tushdi, uni qanday yoqamiz?

Afsuski, Windows uchun chiqarilgan Chrome’da tungi rejimni yoqish unchalik oson emas, shu bois ham uni qanday faollashtirishni qadam-baqadam ko‘rib chiqamiz.

Windows 10 tizimidan Internet Explorer’ni olib tashlashning ikki usuli

Internet Explorer brauzeri allaqachon iste’moldan chiqib bo‘lgan esa-da, baribir hozirgacha Windows 10 tizimining standart jamlanmasida mavjud. Uni tizimdan o‘chirib tashlashning esa ikkita usuli bor...

Google Chrome’ga endi qo‘shiladigan reklamasiz mutolaa rejimini hoziroq sinab ko‘rish mumkin!

Yangi funksiya veb-vahifadagi reklama, izohlar va boshqa chalg‘ituvchi elementlarni yashiradi. Foydalanuvchi bunda faqat eng kerakli ma’lumotlar: sarlavhalar, maqola matni va undagi suratlarnigina ko‘radi.

Internetingizni 98 foizgacha tejovchi Google Chrome’ning tezkor yangi versiyasini hoziroq sinab ko‘ring!

Chrome 75 may oyida Windows, Mac, Linux, Chrome OS hamda Android uchun rasman taqdim etiladi. Ammo o‘ta qiziquvchilar uning eksperimental – Canary talqinini hoziroq sinab ko‘rishlari mumkin.

Opera Reborn 3: tezkor va bepul VPN, blokcheyn va kriptohamyonga ega ilk brauzerni o‘rnatib oling!

Opera Reborn 3 yangicha – Web 3 texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlovchi ilk ommaviy brauzer bo‘ldi. Bu atama kriptovalyuta, blokcheyn kabi zamonaviy internet imkoniyatlarini kengaytiruvchi tizimlarni anglatadi.

Microsoft Edge brauzeri WebCore asosida yangilandi: endi u ruschada ovozli o‘qishni ham eplaydi!

Edge ham endi deyarli Chrome brauzeri kabi ishlaydi va hatto uning uchun ishlab chiqilgan barcha kengaytmalarni ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Chrome xavfli ekan, Google uni tezda yangilashingizni tavsiya etyapti!

Ushbu zaiflik Chrome’ning barcha platformalar: Android, iOS, macOS, Linux va Windows uchun ishlab chiqilgan dasturlarida mavjudligi ta’kidlanmoqda.

Hamyonbop smartfonlar uchun ikkita yengil Android-brauzer

Ushbu ikkita brauzer funksionalligi jihatidan boshqalaridan kam bo‘lmasa-da, o‘zi xotirada kam joy oladi va tizim resurslarini ham ko‘p band etmaydi.

Opera brauzeridagi bepul VPN’dan foydalanish bo‘yicha batafsil qo‘llanma

Opera brauzeridagi bepul VPN’ni ishlatishda ayrim anglashilmovchiliklar yuzaga kelayotgani bois, ushbu xizmatdan foydalanish yo‘lini qadam-baqadam tushuntirib berishga qaror qildik.

Bepul VPN kerakmi? Endi Opera’ning o‘zi yetarli!

Opera Software kompaniyasi Android-qurilmalar uchun Opera brauzeriga qo‘shimcha funksiya sifatida VPN xizmatini qaytarmoqda! U sozlamalar menyusi orqali faollashtiriladi va butkul bepul.

Google Chrome endi parolingiz o‘g‘irlanganligini tekshirib beradi

Password Checkup kengaytmasi parollarning o‘g‘irlanganlar ro‘yxatida bor-yo‘qligini tekshiradi. Bunda barcha ma’lumotlar shifrlanadi va hatto kompaniyaning o‘zi ham ularni ko‘ra olmaydi.

Xavfsizlik va maxfiylik uchun Atom brauzeri chiqdi: uning xatosini topib, millionni qo‘lga kiriting!

Mail.ru Group ushbu mahsulotiga shunchalik ishonyaptiki, Atom brauzeridagi jiddiy nuqsonni topgan xakerlarga bir million rubl miqdorida mukofot e’lon qilgan.

Google Chrome firibgar saytlarga qarshi urush ochdi: undan qanday foydalanamiz?

«Egizak» sayt degani, masalan – google.com o‘rniga go0gle.com nomli qalbaki saytlardir. Bu soxta saytlarni ochgan firibgarlar esa ularga kirganlarning shaxsiy ma’lumotlarini o‘g‘irlashadi.

Musulmonlarga mo‘ljallangan eng qulay brauzer bilan tanishing!

– Biz internetni yaxshiroq qilmoqchimiz. U yaxshi va yomonga bo‘linadi, bizning brauzerimiz yaxshi internetga yo‘l ochadi, – degan Salam Web Technologies vakili Hasni Zarina.

Fly Internet – reklamani bloklovchi va VPN’li, bepul Android-brauzer!

Fly Internet uchta xususiyati bilan ajralib turadi: VPN’ga ega, reklamalarni bloklaydi va maxsus maxfiy rejim bor. Bu ilovada brauzerning o‘ziga ham, undagi maxfiy varaqalarga ham parol qo‘yish mumkin.

Xiaomi barcha Android-smartfonlar uchun Mint brauzerini taqdim etdi: tezkor, tejamkor, xavfsiz va reklamasiz!

Xiaomi Mint ovozli qidiruvni, «inkognito» (maxfiylik) hamda «mutolaa» rejimlarini qo‘llab-quvvatlaydi. O‘ta tezkor bu brauzer internet-trafikni tejash va reklamani bloklash funksiyasiga ham ega.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш