Huawei P30 va P30 Pro savdoga chiqishi bilan rekord o‘rnatdi: 10 soniyadayoq 200 million!

Gap faqatgina kompaniyaning rasmiy onlayn-do‘konidagi savdo haqida ketyapti. Korporatsiyaning yangi flagmanlardan umidi katta – yilning oxirigacha u 20 milliontadan oshiq Huawei P30 va P30 Pro sotmoqchi.

Huawei’ning shashti baland: u «sun’iy ong»li, haydovchisiz avtomobil ishlab chiqdi!

«Bulutli» infratuzilma, «sun’iy ong» hamda ilg‘or tarmoqlar yordamida bu mashina yo‘nalish haqida, logistika va yo‘l harakati holati xususida ma’lumotlar olib boradi.

Dunyodagi eng zo‘r Android-smartfonlar o‘ntaligi (AnTuTu reytingi, 2019 yil aprel)

Eng zo‘r Huawei flagmani uning avvalgi modellaridan ham pastda – to‘qqizinchi o‘rinda joylashgan bo‘lib, hatto Snapdragon 845 chipli Xiaomi Mi Mix 3 ham samaradorlikda unga yetay-yetay deb qolgan!

Eng qudratli smartfonlar (2019 yil aprel): Xiaomi’ning yap-yangi flagmani AnTuTu reytingida Mi 9’dan ham ustun keldi!

Samsung flagmanlari atigi 4–5-o‘rinlarni band etgan, qolgan barcha o‘rinlarda – faqat xitoylik smartfonsozlarning mahsulotlari!

Redmi Note 7’ning yana bir raqibi – 150 dollarlik Huawei Y6 Prime 2019 namoyish etildi!

Huawei Y6 Prime 2019 modeli MediaTek Helio A22 protsessorga va 2/32 GBlik xotiraga ega. Daktiloskopik datchikdan tashqari, unda egasining yuzini tanish orqali qulfdan chiqarish funksiyasi ham mavjud.

«Roskachestvo» bahordagi eng zo‘r smartfonlar reytingini e’lon qildi

Reyting xalqaro International Consumer Research & Testing konsorsiumi bilan hamkorlikda tuzilgan. Mazkur ikki tashkilot 350 dan oshiq modellardagi smartfonlarni test qilib ko‘rgan.

Parijdagi taqdimotda ko‘rsatilmagan Huawei P30 Lite namoyish etilib, allaqachon sotuvga ham chiqdi!

Huawei P30 Lite modeliga avvaldan buyurtma rasmiylashtirgan xaridorlarga bir dunyo aksessuar: Bluetooth-kolonka, selfi-tayoq, himoya shishasi, g‘ilof va portativ akkumulyator ham hadya etishyapti!

Huawei quloqchinsiz musiqa tinglash imkonini beruvchi Smart Eyewear «aqlli» ko‘zoynagini taqdim etdi

Ko‘zoynakning bandlariga quyidagilar joylangan: «sun’iy ong» algoritmlari yordamida ishlovchi shovqinni pasaytirish tizimiga ega dinamiklar; protsessor va NFC chipi; qo‘shaloq mikrofon; akkumulyator va antenna.

Huawei P30 hamda P30 Pro taqdim etildi: 10 karralik zum, tunda ham kunduzgidek surat!

Huawei P30 Pro modeli kameralarni baholovchi DxOMark professional servisida maksimal darajada – 112 ball olib, kamerofonlarning qiroliga aylangan.

Hali taqdim etilmagan Huawei P30 Pro’ni qadog‘idan olib tomosha qilamiz! («jonli» video va suratlar)

Slashleaks resursi Huawei P30 Pro kamerofonining yangi «jonli» rasmlarini e’lon qildi – ularda flagmanning qadog‘idagi muhim ma’lumotlar ham aks etgan.

Huawei P30 va P30 Pro misli ko‘rilmagan funksiyalarga ega! (+«jonli» suratlar)

Smartfonning ikkita kamerasi, bir vaqtning o‘zida, bitta manzaradan ikki xil video suratga olishini tasavvur etib ko‘ring-da...

Huawei Mate X’ni allaqachon Aliexpress’dan sotib olish mumkin, faqat narxi qo‘rqqulik!

Huawei ushbu devaysini yozning o‘rtalarida savdoga chiqarishga va’da bergandi, lekin buni qarangki, «shovvoz»lar uni allaqachon Aliexpress’da sotuvga qo‘yishibdi!

Huawei Mediapad 7 Lite plansheti tavsifi: 7 dyuymli hamyonbop ko‘makchi

Alyumin korpus, IPS-matritsali ekran, ikkita kamera, xotira kartasi bo‘lmachasi, 3G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlashi va hamyonbop narxi uzoq yillar planshetning raqobatbardoshligini ta’minlab kelmoqda.

Huawei Nova 4e (yoki Huawei P30 Lite) taqdim etildi – «uch ko‘zli» selfifon!

Kirin 710 chipli Huawei Nova 4e tezkor xotirasi 4-6 GB, doimiy xotirasi esa faqat 128 GBlik variantda. Bosh kamerasi 24+8+2, selfi-kamera esa 32 MPlik datchiklarga ega.

Javob yurishi: endi Huawei kompaniyasi AQSh hukumatini sudga beryapti!

Huawei’ni, jumladan, T-Mobile kompaniyasining intellektual mulkini o‘g‘irlashda, sanksiyalarga qaramasdan Eron bilan hamkorlik qilishda ham ayblashyapti.

Hali taqdim etilmagan Huawei P30 Pro kamerofonini kompaniya rahbari «jonli» ko‘rsatdi!

Huawei P30 va P30 Pro sifatli renderlarda ko‘rsatilgan esa-da, «jonli» suratlari hech uchramayotgan edi. Nihoyat, Huawei Devices ijrochi direktori Richard Yu qo‘lida ushbu kamerofon bilan «qo‘lga tushdi».

Huawei smartfonlarining Terashop.uz’dagi narxlari (2019 yil 28 fevral) – aksiyasi ham bor!

Buyurtma Toshkent bo‘yicha 12 ish soati, viloyat markazlariga esa 2 ish kunida yetib boradi! Qulay to‘lov shakllari (naqd pul, terminal va Payme tizimi orqali elektron to‘lovlar) mavjud, aksiyani aytmaysizmi...

Huawei «har jihatdan eng zo‘r» Mate X buklama smartfonini taqdim etdi! Ayniqsa, narxi... (+«jonli» video)

Huawei Mate X avtonomligini 4500 mA/soatlik akkumulyator ta’minlaydi. Huawei ushbu batareyani rekord darajadagi tezkorlikda to‘ldiruvchi yangi texnologiyani ham taqdim etdi – naq 55 vattlik quvvatda!

Ertagayoq taqdim etilayotgan Huawei Mate X buklama 5G-smartfoni: «jonli» surat, ilg‘or jihatlar va narxi

Beshinchi avlod uyali aloqa tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlovchi ushbu devaysning hali yana bir nechta «maxfiy syurpriz»lari ham bor.

Huawei P30 flagmanlarining namoyish kuni rasman e’lon qilindi (+rasmiy video)

Standart flagman – Huawei P30 modeli 6.1 dyuymlik, P30 Pro versiyasi esa 6.5 dyuymlik OLED-displey bilan ta’minlangan. Ular Kirin 980 protsessori hamda 8 dan 12 gigabaytgacha hajmli tezkor xotiraga ega.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш