Apple atigi 700 dollardan boshlanuvchi narxlarda iPhone XS va iPhone XS Max sotyapti!

iPhone 11 modellari sotuvga chiqqach, Apple ulardan oldingi iPhone XS hamda iPhone XS Max smartfonlarini savdodan olib tashlagan edi. Endi ushbu ayfonlar yana rasman sotila boshladi, tag‘in arzon narxlarda!

Galaxy S20, S20+, S20 Ultra hamda Galaxy Z Flip narxlari kishini lol qoldiradi!

XDA Developers bosh muharriri ushbu modellarning narxlarini e’lon qildi. Afsuski, bu ma’lumotlar sizni ham xursand qilmaydi – ular avval «sizib chiqqan» xabarlarda aytilganidan ancha qimmat ekan!

Samsung eng qimmat flagmani narxini naq uchdan bir qismiga pasaytirdi!

Bu «saxiylik» sababi ham ma’lum: Samsung yaqinda ushbu turkumning yangi – Galaxy S20 modellarini taqdim qiladi; bulardan oldin Xiaomi ham o‘zining Mi 10 turkumidagi smartfonlarini namoyish etyapti...

Redmi eng ommabop smartfonini yanada arzonlashtirdi!

Xiaomi o‘tgan yilning avgustida taqdim etgan bu arzon model dunyo bo‘yicha eng ommabop smartfonlar reytingida yuqori o‘rinlardan tushmay kelayotir.

Xiaomi ommabop devaysini yanada arzon – Lite-versiyada chiqaryapti

Uning mavjudligini Bluetooth standartlari ustida ishlovchi hamda mazkur texnologiya bilan jihozlangan devayslarga sertifikat beruvchi Bluetooth Special Interest Group tashkiloti ham tasdiqlagan.

Huawei Mate 20 Pro’ni atigi 4 dollar evaziga Mate 30 Pro’ga «aylantirsa» bo‘ladi!

Google xizmatlaridan voz kechishni istamagan, ammo qo‘lida xitoylik gigantning eng zo‘r flagmani bilan maqtanishni xush ko‘ruvchilar uchun buning ham chorasi topildi.

Leica bitta avtomobil narxida... oq-qora kamera taqdim etdi!

Leica M10 Monochrome modelining atigi 40 megapiksellik datchigi, nomidan ham anglashilib turganidek, faqat monoxrom – oq-qora ranglarda suratga olishga yaraydi. Unda nega bu fotokamera buncha qimmat!?.

2019 yili Rossiyada eng ommalashgan o‘nta smartfon

«Yandeks.Market» yana foydalanuvchilar smartfonlarning aynan qanday xususiyatlariga ko‘proq e’tibor berishganini ham ma’lum qilgan. Kuchli o‘ntalikda atigi to‘rttagina smartfonsoz modellari bor.

Galaxy Z Flip buklamafonining narxi haqida xushxabar bor!

Samsung bunchalik arzon sota olishi uchun Galaxy Z Flip’ga o‘tgan yilgi Snapdragon 855 protsessorini o‘rnatgan. Uni 11 fevralda, Galaxy S20 turkumidagi flagman smartfonlari bilan birga ko‘rsatishadi.

Narxi uy bilan barobar kompyuter yangicha korpusda, yanada qimmatlashib chiqdi!

Salkam 53 ming dollarlik kompyuter Apple uchun arzon tuyuldimi, ishqilib, uni endi korpusi o‘zgartirilgan variantda ham chiqardi va unisi yanada qimmat!

O‘yinbop smartfonlar endi arzonroq bo‘ladi!

MediaTek’ning yangi protsessorlari bazasidagi hamyonbop o‘yin smartfonlari shu yilning o‘zidayoq taqdim etiladi. Xabarlarga qaraganda, Helio G70 yoki Helio G70T ilk bor Redmi 9 modelida qo‘llanishi mumkin.

Yanada arzon Redmi K30 5G sotuvga chiqdi – Realme «damini olsin»!

Ushbu model yana beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llovchi eng arzon smartfon bo‘lib oldi. Uning asosiy raqibi – Realme X50 flagmani esa 360 dollardan boshlanuvchi narxlarda baholangan.

Qoraqalpog‘istonlik onaxonga o‘g‘li oltin iPhone X hadya etdi (+video)

Yigit onasining yubileyi – 75 yoshga to‘lgani munosabati bilan unga 24 qirot oltindan tayyorlangan iPhone X sovg‘a qilgan.

Xiaomi top-menejeri bilmasdan Mi 10 narxi va taqdimot vaqtini «sotib qo‘ydi»! (+«jonli» surat)

Bosh menejer ehtiyotsizlik qilib, flagman narxi va namoyish kuni haqida Weibo tarmog‘ida post qoldirgan. Keyin uni tezda o‘chirgan, ammo foydalanuvchilar allaqachon skrinshot olib ulgurishgandi.

Galaxy M31 o‘zi arzon bo‘lsa-da, o‘rta narxli Galaxy A51 bilan bellasha oladi! («jonli» surat)

Galaxy A51 modelidagi kabi Exynos 9611 chipli Galaxy M31 kamera blogida naq beshta tirqish bor. Ulardan biri fotochaqnoq uchun ochilganini hisobga olsak, ushbu arzon smartfon to‘rttalik kameraga ega bo‘ladi!

Xiaomi hali taqdim etmagan Mi 10 5G sotuvga chiqdi: narxi va jihatlari bilan tanishing!

«Xitoycha Apple» direktori avvalroq Xiaomi Mi 10 hamda Mi 10 Pro smartfonlarining muhim jihatlarini ochiqlagandi. Shuningdek, standart flagmanning AnTuTu benchmarkidagi rekord natijasi ham e’lon qilingan.

Redmi K30 endi eng arzon 5G-smartfon emas! Lekin buyam vaqtinchalik...

Snapdragon 765G chipli Realme X50 5G barmoq izi skaneri korpusning yon qirrasiga joylangan. Uning boshlang‘ich konfiguratsiyadagi – 8/128 gigabaytlik tezkor/ichki xotirali varianti 360 dollarga narxlangan.

5G vasvasasi: Redmi K30 5G ikki soatdayoq talash bo‘ldi!

Haliyam uning eng qimmat – 375 dollarlik variantini taklif etishmoqda va shuyam talash bo‘lyapti. Yanada arzon – 285 va 330 dollarlik variantlari esa hali 14 yanvardagina sotuvga chiqadi.

Kompyuter va smartfonlar 2020 yilda qimmatlaydi, sababi...

Samsung zavodida elektr ta’minoti bir necha daqiqaga uzilib, NAND va DRAM turlaridagi xotira chiplarini ishlab chiqaruvchi tizimlar to‘xtab qolgan. Buning oqibatida kompaniya millionlab dollar zarar ko‘rgan.

2019 yilning so‘nggi flagmani allaqachon rekord o‘rnatdi – bu Xiaomi yoki Samsung emas!

Ushbu flagman tezkor va doimiy xotira hajmiga ko‘ra ikki xil konfiguratsiyada – 8/128 gigabaytligi 570 dollardan, 12/256 gigabaytligi esa 645 dollardan taklif etilyapti.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш