Jahondagi eng kuchli o‘nta flagman (AnTuTu reytingi, 2020 yil avgust)

Bu galgi o‘ntalikda son jihatidan eng ko‘pi – to‘rttasi Samsung vakillari bo‘lsa, uchtasi Xiaomi korporsiyasining mahsulotidir. Lekin reytingning kuchli uchtligini umuman boshqalar zabt etishgan!

Realme 7 ham «ajdod»ining rekordini yangiladi!

Kompaniya uning 17 sentyabrda sotuvga qo‘yiladigan keyingi partiyasigacha ko‘proq smartfon tayyorlab qo‘yishga va’da berdi.

Android 11’gacha yangilanishi aniq bo‘lgan Samsung, OnePlus, Xiaomi, Oppo, Realme, Huawei, Motorola, LG va Nokia smartfonlari

Ro‘yxatda ayrim smartfonlarning turkumlari bitta bandda sanalganini hisobga olsak, jami 110 dan ortiq rusumdagi mobil qurilmalar Android 11 talqinigacha yangilanadi. Lekin bu ham hali hammasi emas...

Master Lu reytingida Galaxy Note 20 Ultra arzon smartfonlarga ham yengildi, g‘olib esa Xitoydan!

Huawei haqida-ku umuman gapirmasa ham bo‘ladi – Master Lu reytingida uning birortayam vakili yo‘q!

Realme 7 va Realme 7 Pro taqdim etildi: hamyonbop narxda o‘yinbop smartfonlar! (+video)

Har ikkala smartfonning ham texnik xususiyatlari kuchli, protsessorlari o‘yinbop, dizayni ko‘rkam bo‘lsa-da, narxlari hamyonbop. Ularda 64 MPlik kvadrokamera va 16 MPlik selfi-kamera qo‘llangan.

O‘rta narxli o‘nta eng zo‘r smartfon (AnTuTu reytingi, 2020 yil avgust)

Reytingda naq oltita o‘rinni bitta kompaniya vakillari zabt etgan, lekin g‘oliblik shohsupasi va umuman uchta pog‘ona boshqa smartfonsozga nasib etgan. Iyuldagi g‘olib esa bu ro‘yxatga umuman kira olmagan!

Realme V3 taqdim etildi – dunyodagi eng arzon 5G-smartfon!

Arzon bo‘lsa-da, u 6/8 GBlik (LPDDR4x) tezkor va 64/128 GBlik (UFS 2.1) ichki xotira, 18 Vt tezkor quvvatlanuvchi 5000 mA/soatlik batareyaga ega. Yana 60 kadr/soniya chastotali Full HD video yozib ola biladi.

Realme X7 hamda X7 Pro chiqdi: $265 dan boshlanuvchi, 64 MPlik kvadrokamerali 5G-smartfonlar

Ularning ikkalasi ham MediaTek protsessorlariga asoslangan: standart modelida Dimenisty 800U bo‘lsa, uning Pro-versiyasida flagman – Dimensity 1000+ chipseti qo‘llangan.

Redmi K30 Ultra kushandasi – Realme X7 Pro ham tayyor: taqdimot kuni, «jonli» surat va xususiyatlari

Dimensity 1000+ chipsetli Realme X7 Pro flagmani 6 va 8 GBlik tezkor, 128 va 256 GBlik doimiy xotiraga ega variantlarda chiqadi. Chetlari qayrilgan AMOLED-displeyga daktiloskop ham integratsiya qilingan.

Realme hatto smartfon g‘ilofidan ham arzon quloqchin taqdim etdi (+video)

Realme Buds Classic simlari chalkashib ketmasligi uchun tasmacha shaklidagi sariq organayzerga ham ega. Uning pultiga qo‘ng‘iroqlarga javob berish va musiqani boshqarish tugmachasi va HD-mikrofon o‘rnatilgan.

Atigi 128 dollarga uch kamerali, 6000mAh batareyali va o‘yinbop protsessorli smartfon chiqdi!

Realme C12 o‘yinbop, 12 nanometrlik MediaTek Helio G35 protsessori bazasida ishlaydi. Smartfonning tezkor va ichki xotirasi tegishlicha 3 va 32 gigabaytlik hajmda, unga yana microSD-karti ham tushadi.

Realme superflagmani 120 gerslik Samsung OLED-ekraniga ega va 125 vattlik tezkor quvvatlanadi!

«Xitoycha Apple» kuni kecha Xiaomi Mi 10 Ultra, uning arzonchi brendi esa Redmi K30 Ultra flagmanlarini namoyish etishgan. U bilan raqobatlashish uchun tashkil etilgan Realme brendi ham bo‘sh o‘tirgani yo‘q...

Wi-Fi’dan yuz marta tezkor Li-Fi texnologiyali smartfon tayyorlashyapti

Nomi kengaytirilganda «Light Fidelity» bo‘lgan Li-Fi texnologiyasi ma’lumot uzatish uchun nurdan foydalanadi.

Eng arzon 5G-smartfonni Realme tayyorladi: «jonli» suratlari va texnik jihatlari

Uning boshqa jihatlari ham chakkimas: 5000 mA/soatlik akkumulyator, 6,52 dyuymlik ekran. Old kamera displey kemtigiga joylangan, bosh kamera esa uch modulli, orqa panelda barmoq izi datchigi ham joylashgan.

Beshta narx toifasidagi eng zo‘r Android-smartfonlar (AnTuTu reytinglari, 2020 yil iyul)

Beshta reytingdan naq to‘rttasida bitta kompaniya smaartfonlari yetakchi, lekin hali bular holva! Chunki u AnTuTu reytingini «portlatgan» flagmanini endi namoyish qiladi.

TOP-10: Dunyodagi eng zo‘r hamyonbop smartfonlar (AnTuTu reytingi, 2020 yil iyul)

Iyuldagi o‘rta narxli o‘nta eng zo‘r smartfon global reytingida yetakchi kompaniyalar – Huawei hamda Samsung’ning atigi bittadan modeli mavjud.

Eng kuchli flagmanlar bilan tanishamiz! (AnTuTu global reytingi, 2020 yil iyul)

TOP-o‘ntalikning dastlabki yettita pog‘onasidagi smartfonlar Snapdragon 865 bazasida ishlaydi. Keyingi ikkita flagman Exynos 990 protsessoriga tayangan bo‘lsa, so‘nggisi Dimensity 1000+ chipsetiga ega.

O‘rta narxli o‘nta eng zo‘r smartfon (AnTuTu reytingi, 2020 yil iyul)

Reytingda Kirin chipsetlari bazasidagi qurilmalar eng ko‘p. MediaTek protsessorlari asosidagi modellar uchta bo‘lsa, faqat o‘ntalik so‘ngidagi Redmi K30 smartfonigina Qualcomm platformasi bazasida ishlaydi.

Xitoyning eng kuchli o‘nta flagmani (AnTuTu reytingi, 2020 yil iyul)

Eng qizig‘i – «Xitoycha Apple»ning arzonchi brendiga mansub Redmi K30 Pro modeli bu gal shu kompaniyaning qimmatroq Xiaomi Mi 10 Pro flagmanidan ham o‘zib, 601 706 ball bilan kuchli uchlikka kirgan!

Realme V5 taqdim etildi – Honor 30’ga o‘xshash, lekin uning yarim narxidagi 5G-smartfon!

Dimensity 720 chipli ilk smartfon – Realme V5 modelini LPDDR4X standartidagi tezkor xotirasi 6/8 gigabaytlik, ichki xotirasi esa bir xil – 128 gigabaytlik variantlarda taklif etishadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш