Realme 7 5G taqdimot kuni rasman aytildi: bu qanaqa smartfon?

Mish-mishlarga ko‘ra, u avvalroq chiqqan Realme V5 5G modelining global versiyasidir. Bu – dizayni Honor 30 modeliga o‘xshash, lekin uning yarim narxidagi 5G-smartfondir.

TOP-10: O‘rta narxli eng zo‘r o‘nta smartfon (AnTuTu reytingi, 2020 yil oktyabr)

Ro‘yxatdagi naq oltita o‘rinni bittagina kompaniya vakillari band etgan bo‘lsa-da, reytingda yetakchi boshqa.

Bu yangi flagman barchani «changida qoldirdi»! (AnTuTu reytingi, 2020 yil oktyabr)

Qizig‘i – Qualcomm kompaniyasining eng zo‘r – Snapdragon 865 Plus protsessori bazasidagi o‘yinbop modellar o‘tgan oyda beshinchi va oltinchi o‘rinlarni olgan bo‘lsa, bu gal 7–8-pog‘onaga tushib qolgan.

Bu smartfonsoz Samsung, Xiaomi, Vivo, Apple va Huawei’dan ham o‘zib, mutlaq rekord o‘rnatdi!

Grafikda ommabop smartfonsozlar – Realme, Samsung, Xiaomi, Vivo, Apple hamda Huawei kompaniyalari o‘zlarining ilk 50 millionta telefonini necha chorakda sotib ulgurgani aks ettirilgan.

«Beli baquvvat» Realme smartfoni Qualcomm-versiyada, MediaTek chiplisidan ham arzon chiqdi!

Realme iyulning oxirida 6000 mA/soatlik batareyali ilk smartfonini namoyish etgan edi. Yanada tezkor protsessor bazasiga qurilgan bo‘lsa-da, Realme C15 Qualcomm Edition versiyasi unisidan arzon sotilyapti!

Xitoyliklarning o‘zlari eng ko‘p qaysi smartfonlarni olishyapti?

Reyting yetakchisi qulab borayotgan esa-da, ikkinchi pog‘onadagi kompaniyadan deyarli ikki baravar ko‘p smartfon sota olgan!

OPPO ilk smart-televizorlarini taqdim etdi: 4K formati, NFC’li pult, korpusdan chiquvchi kamera...

Mazkur devayslarning NFC chipli pulti yordamida smartfondagi tasvirni televizor ekraniga uzatish mumkin.

Xitoyning eng qimmat elektronika brendlari e’lon qilindi

Qizig‘i – dastlabki to‘rtta va oltinchi pog‘onadagi brend hissasiga butun dunyoda sotilgan smartfonlarning 40 foizi, ya’ni 620 millionta smartfon to‘g‘ri kelgan!

Atigi 148 dollardan boshlanuvchi 5G-smartfonlar – Realme Q2, Q2 Pro hamda Q2i chiqdi!

Yangi turkumdagi har uchala smartfon ham Android 10 operatsion tizim talqini ustiga qurilgan Realme UI grafik qobig‘i bilan taqdim etilgan va korpuslarida USB Type-C porti mavjud.

O‘rta narxli o‘nta eng zo‘r smartfon (AnTuTu, 2020 yil sentyabr)

Naq oltita o‘rinni bitta nomdor kompaniya vakillari band etgan, lekin reyting g‘olibi boshqa. Eng kuchli chipsoz – Qualcomm protsessorlariga tayangan smartfonlar oxirgi ikkita pog‘onadan joy olgan, xolos.

Bu kompaniya eng kuchli flagmanlar reytingini ostin-ustun qilib yubordi! (AnTuTu, 2020 yil sentyabr)

Kutilmagan Xitoy kompaniyasi vakillari shohsupani hamda yana ikkita yuqori o‘rinni zabt etdi, Xiaomi Mi 10 Ultra – uchinchi pog‘onada. O‘tgan oy reytingining lideri esa bu gal zo‘rg‘a oltinchi o‘rinni oldi!

Smartfon bozoridagi eng muvaffaqiyatli kompaniyalar reytingi chiqdi

Bozorning yarmidan ortig‘ini bitta mamlakat smartfonsozlari egallab bo‘libdi! Tizimlar bo‘yicha qaraganda, bozorning 74 foizini Android, 25 foizini esa iOS boshqaruvli smartfonlar tashkil etgan.

Realme’ning hamyonbop smartfoni AnTuTu’da hatto Galaxy S20 Ultra va Galaxy S20+ flagmanlarini «yer tishlatdi»!

Eng zo‘r flagmanlar AnTuTu’ning avgustdagi xitoycha reytingida 595–646 ming, global reytingida esa 515 – 615 ming ballik natija ko‘rsatgandi. Realme Q2 hamyonbop model bo‘lsa-da, ular bilan bellasha oladi!

Realme smartfonlaridan qaysilari va qachon Android 11’gacha yangilanadi? (yo‘l xaritasi)

Yo‘l xaritasiga ko‘ra, birinchi to‘lqinda kompaniyaning 22 xil aqlli telefoni Android 11 bazasidagi Realme UI 2.0 apdeytini oladi. Ularning ro‘yxati va yangilanish muddatlari bilan tanishing.

Realme ham o‘zining ekranosti kamerali smartfonini ko‘rsatdi

Kompaniya vitse-prezidenti Weibo tarmog‘ida bitta surat ulashdi. Suratga qo‘shimcha tarzda yozishicha, u bugun Realme tadqiqotlar va ishlanmalar bo‘limiga borgan hamda u yerda qiziq bir yangi gadjetni ko‘rgan.

Huawei’ga qarshi sanksiyalar sababli Xiaomi, Oppo va Vivo qanday foyda ko‘rayotganini bilasizmi?

Mahalliy qo‘llab-quvvatlashlarga qaramasdan, yetakchi korporatsiyaning ahvoli chatoq. Huawei – smartfon bozorining yetakchisi, uning «o‘yindan chiqishi» esa boshqalarga keng yo‘l ochib berishi shubhasiz.

Realme o‘yinbop, atigi 116 dollardan boshlanuvchi Narzo 20, Narzo 20A va Narzo 20 Pro smartfonlarini chiqardi

Har biri o‘zgacha, lekin bari o‘yinbop protsessorli uchala smartfon ham shu oydayoq sotuvga chiqyapti: Narzo 20 Pro smartfoni – 25 sentyabrda, Narzo 20 modeli – 28 sentyabrda, Narzo 20A esa – 30 sentyabrda.

Realme yana bir arzon smartfon chiqardi: 90Hz ekran, 6/128GB xotira va 5000 mAh batareyali!

Realme C17 apparat ta’minoti asosini Snapdragon 460 protsessori tashkil etadi, uni 6/128 GBlik tezkor/ichki xotira bilan ta’minlashgan. Smartfonga o‘lchami diagonaliga 6,5 dyuymlik IPS-ekran o‘rnatishgan.

Hamyonbop Realme 7i taqdim etildi: 90Hz ekran, 8GB «operativka», Qualcomm chipi (+anboksing videosi)

Realme 7i kvadrokamerasida asosiy datchik 64 megapiksellik bo‘lsa, qolgan sensorlari 8 (keng burchakli), 2 (oq-qora) va 2 (makrokamera) megapiksellik aniqlikda.

Hamyonbop smartfonlar TOP-o‘ntaligi (AnTuTu global reytingi, 2020 yil avgust)

Bu galgi kuchli o‘nlikning naq yarmini bitta kompaniya vakillari band etgan, lekin g‘olib boshqa!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш