Atigi 35 daqiqada to‘liq quvvatlanuvchi, AMOLED-ekran va Snapdragon 865 chipli o‘yinbop smartfon chiqdi!

Oppo bu smartfonini geymerlarga mo‘ljallagani nomidan ham ma’lum; shu boisdan uni o‘yinlarda resurslardan intellektual tarzda foydalanuvchi HyperBoost 3.0 texnologiyasi bilan ta’minlagan.

Realme ilk smart-soatini chiqardi: narx va jihatlari

Realme Watch yurak chastotasini uzluksiz kuzatib boradi, qonning kislorodga to‘yinganlik darajasini aniqlaydi. Uning yordamida smartfondagi musiqa pleyerini boshqarish, kamera zatvorini ishga tushirish mumkin.

Realme eng kutilayotgan – «Tig‘ uzra yuguruvchi» smartfonining ayrim xususiyatlarini oshkor etdi

25 may kuni Oppo korporatsiyasining RealMe brendi birdaniga sakkizta devays taqdim etayotgani haqida yozgandik. Ular orasida Realme Watch, Realme TV, poverbank, simsiz quloqchin hamda ushyuu smartfon bor.

Realme ikkita yangi turdagi gadjetining taqdimot kunini e’lon qildi

25 may kuni bu kompaniya yangi smartfoni, poverbank va butkul simsiz quloqchin taqdim etayotgani ma’lum. Realme India ijrochi direktori yana bitta rasmiy posterni Twitter tarmog‘iga chiqardi.

Realme avjiga chiqyapti: birdaniga sakkizta yangi gadjet!

Rasmiy posterdaa smartfon, portativ akkumulyator – poverbank hamda simsiz quloqchin tasvirlangan. Qolgan beshta yangi mahsulotning aynan qaysi turga mansub ekani hozircha noma’lum.

Eng zo‘r o‘nta hamyonbop smartfon (AnTuTu global reytingi, 2020 yil aprel)

Nufuzli chipsoz – Qualcomm protsessorlariga asoslangan smartfonlar bu ro‘yxatda ham kuchli uchlikka kira olmagan, ammo qolgan barcha o‘rinlar aynan uning chipsetlari bazasidagi qurilmalarga tegishli.

Narzo 10A hamda Narzo 10 chiqdi – ulkan akkumulyatorli arzon smartfonlar!

Narzo 10 o‘yinbop Helio G80 chipsetiga, 6,5 dyuymlik HD+ displeyga, 4/128 GB xotiraga hamda 48 MPlik kvadrokameraga ega. Narzo 10A esa 12 + 2 + 2 MPlik kamera, Helio G70 chipi va 3/32 GBlik xotiralidir.

AnTuTu eng qudratli flagmanlar TOP-o‘ntaligini e’lon qildi (2020 yil aprel)

Ularning barchasi Snapdragon 865 platformasi bazasida ishlaydi. Jahondagi yetakchilardan biri bo‘lmish mahalliy smartfonsoz – Huawei’ning birorta ham modeli bu ro‘yxatga kirmagani g‘alati.

TOP-10: Eng kuchli hamyonbop smartfonlar (AnTuTu reytingi, 2020 yil aprel)

AnTuTu reytingini asta-sekin 5G-smartfonlar zabt etib boryapti: faqatgina so‘nggi uchta o‘rinda 4G-smartfon turibdi. Qualcomm protsessorlariga asoslangan smartfonlar bu gal kuchli uchlikka kira olmagan.

Nokia: «Azizim, dunyoga bevaqt kelibmiz...»

Yilning 1-choragida dunyo bo‘ylab 300 milliontadan kam smartfon sotilgan. Bu o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 13 foizga pastdir. Xitoyda esa ahvol yanada chatoq – pasayish 27 foizga yetgan!

Eng arzon 5G-flagman endi Realme X50m emas – Redmi K30 5G narxi naq 55 dollarga pasaydi!

Yaqinlargacha eng arzon 5G-smartfon – Redmi K30 edi, ammo mazkur brendning jiddiy raqibi – Oppo korporatsiyaga qarashli Realme kompaniyasi undan ham zo‘rini yanada arzon narxda savdoga qo‘ygandi...

Yetti oydan buyon yetakchilikni qo‘ldan bermayotgan smartfon!

Kuni kecha kupertinoliklar rahbari iPhone SE 2020 modelining istalgan Android-smartfondan asosiy afzalligini aytib maqtangan. Ammo uning bozordagi real muvaffaqiyatlarini hali keyingi oylarda ko‘ramiz.

Aprelda chiqqan Android-smartfonlardan qaysilari eng zo‘r? (Master Lu reytingi)

Dunyodagi ikkinchi raqamli smartfonsoz – Huawei yoki «aslo qotmas» OnePlus’ning emas, balki balki boshqa bir kompaniyaning ko‘p tomonlama rekord o‘rnatgan flagmani g‘oliblik shohsupasidan joy olgan.

«Qoch yo‘ldan, Redmi!» – eng arzon, tag‘in NFC va 120 Gs ekranli, kvadrokamerali 5G-smartfon sotuvga chiqdi

Snapdragon 765G protsessorli Realme X50m yana bir qator flagmancha xususiyatlarga ega: 2+16 MPlik old va 48+8+2+2 MPlik bosh kameralar, 30 vattlik tezkor quvvatlanuvchi 4200 mA/soatlik batareya...

iPhone 11 Pro Max va Galaxy S20 Ultra’dan zo‘r chiqqan xitoycha flagmanni qarshi oling!

Unga yengilgan modellar orasida yana iPhone 11 Pro Max, ASUS Rog Phone 2, Galaxy S20 Ultra, Google Pixel 4, Galaxy Note 10+ 5G hamda Galaxy Note 10+ kabi nomdor flagmanlar bor.

OPPO Find X2 Lite chiqdi – 5G’da ishlovchi, kvadrokamerali yarim flagman!

Snapdragon 765G chipli va 8/128 GB xotirali Find X2 Lite akkumulyatori 4025 mA/soatlik bo‘lib, 50%gacha to‘lishi uchun 20 daqiqa kifoya. Daktiloskopli ekrani ustiga Gorilla Glass 5 himoya shishasi yotqizilgan.

Meizu 17 yangi testda Xiaomi Mi 10, Oppo Find X2 Pro hamda Huawei P40 Pro’larni mahv etdi

Qizig‘i shundaki, mazkur tajriba qatnashchilari orasida Xiaomi Mi 10 eng sig‘imdor – 4780 mA/soatlik akkumulyatorga ega. Lekin uning bitta to‘la quvvat bilan ishlash vaqti atigi 8,16 soatga borgan.

Oppo Ace 2 namoyish qilindi: ko‘p tomonlama rekordchi flagman!

AnTuTu yetakchisi – Find X2 Pro’dan ham oshiq, ya’ni 627 553 ball bilan rekord o‘rnatgan flagman simli usulda 65, simsiz usulda 40 vattlik texnologiya asosida tezkor quvvatlanuvchi dunyodagi ilk smartfondir.

Dunyodagi eng kuchli smartfon, protsessor va proshivkalar TOP-o‘ntaliklari (Master Lu reytinglari, 2020 yil 1-chorak)

Master Lu servisi 2020 yil uch oyidagi testlar natijalariga ko‘ra uchta reytingni e’lon qildi. Undagi eng qudratli smartfonlar o‘ntaligida aksariyat o‘rinlarni xitoyliklarning turli flagmanlari egallagan.

AnTuTu’da barcha flagmanlarni «yer tishlatgan» yangi rekordchi chiqyapti!

Flagman ushbu testda dastlab 615 984 ball olgan – shuning o‘ziyoq rekord. Keyin esa smartfonni muzlatgich ichiga joylab, qaytadan AnTuTu’da tekshirishganida, u yanada yuksak – 627 553 ballik natija ko‘rsatgan!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш