140 dollarlik Redmi Note 9 (Redmi 10X) taqdimot kuni e’lon qilindi

Bu smartfonning apparat ta’minoti asosini MediaTek Helio G85 protsessori tashkil etadi; uni 3-6 gigabaytlik tezkor va 64-128 gigabaytlik ichki xotiraga ega variantlarda chiqarishadi.

MIUI 12 taqdimot kuniyoq tarqatila boshlaydi: dastlab yangilanuvchi smartfonlar ro‘yxati chiqdi!

Kompaniya dasturiy ta’minot bo‘limi rahbariga ko‘ra, MIUI 12 taqdimot kunining o‘zidayoq tarqatila boshlaydi! Xiaomishka esa ilk to‘lqindayoq yangilanuvchi smartfonlarning «aniq» ro‘yxatini e’lon qildi.

Redmi K30 arzonlashdi – Redmi K30i taqdimoti yaqinmi?

Taqdimotidan besh oy o‘tib, kompaniya Redmi K30 4G smartfonining narxini pasaytira boshladi. Aniqrog‘i – hozircha uning bittagina, 6/128 gigabaytlik tezkor/ichki xotiraga ega varianti arzonlashgan.

Qualcomm chipli Redmi K30i – eng arzon 5G-smartfon bo‘ladi!

Uning original Redmi K30’dan farqi uncha ko‘p emas, faqat bosh kamerasidagi asosiy – 64 MPlik o‘rniga 48 MPlik sensor qo‘llanadi. Biroq eng muhimi – Snapdragon 765G protsessori o‘z joyida qoladi.

«G‘alaba uchun tug‘ilgan» hamyonbop 5G-smartfon allaqachon Redmi K30 Pro’ni changida qoldirishga tayyor!

iQOO brendi allaqachon Weibo ijtimoiy tarmog‘ida Neo 3 reklamasini boshladi. Uni «Born to Win» – «G‘alaba uchun tug‘ilgan» shiori bilan ilgari surishyapti.

Xiaomi yoki Redmi smartfoningizga MIUI 12 kelishini hoziroq tekshirishingiz mumkin!

MIUI 12 grafik qobig‘idan olingan ilk skrinshotlarni, ungacha yangilanuvchi Xiaomi hamda Redmi smartfonlari ro‘yxatlarini allaqachon e’lon qilganmiz. Endi esa Google Play katalogida maxsus ilova paydo bo‘ldi.

Redmi K40’ning ilk surati, xususiyatlari, narxi va taqdimot kuni!

Slashleaks saytida yangi smartfonning batafsil xususiyatlari, kompyuterda ishlangan sifatli rasmi, namoyish sanasi va hatto ikki xil versiyasining narxigacha e’lon qilindi!

Potensial bestseller – Redmi Note 9 suratlari va xususiyatlari

hamyonbop smartfonning korpusi 162,3x77,2x8,9 millimetrlik bo‘lib, 198 gramm tosh bosadi. Uning IPS matritsali ekrani diagonaliga 6,53 dyuymlik, tasvir aniqligi 1080x2340 piksellik.

Afsonaviy Paranoid proshivkasi tantanavor qaytdi: hoziroq o‘rnatib olish mumkin!

«Deyarli toza» Android va juda ko‘p qo‘shimcha imkoniyatlarni o‘z ichiga olgan proshivkani allaqachon 11 modeldagi smartfonga o‘rnatish mumkin. Yana 13 rusumdagi telefonga esa bu proshivka yaqin haftalarda chiqadi.

Redmi o‘ta arzon gadjetini yaxshilab, yana o‘sha narxida chiqardi

Bu ikkinchi avlod emas, balki original devaysning yaxshilangan versiyasidir. Uning dizayni, o‘lchami, avtonomlik darajasi singari, narxi ham avvalgidek qolgan – atigi 14 dollar.

Xiaomi va Redmi smartfonlari hamda boshqa gadjetlariga chegirma muddati uzaytirildi!

Mi Fan Festival 2020 doirasida aksiya muddati 19 aprelgacha uzaytirilgan – smartfon, quloqchin, aqlli braslet, aqlli uy qurilmalari, chemodanlar, telepristavkalar va boshqalarni chegirma bilan olish mumkin.

Redmi gigant televizorining odam ishtirokisiz ishlab chiqarilishini videoda ko‘rsatdi

Redmi Max 98 avtomatlashtirilgan tizimda – robotlar yordamida teriladi, uni ishlab chiqarish hududi esa oddiy televizorlar ishlab chiqariladigan zavodnikidan naq 10 baravarga katta va ancha murakkab.

Birinchilar qatorida MIUI 12’ga yangilanuvchi Xiaomi va Redmi smartfonlari ro‘yxati

Internetda MIUI 12 grafik qobig‘i asosidagi proshivkani birinchi to‘lqinda qabul qiladigan Xiaomi hamda Redmi smartfonlari ro‘yxati tarqaldi. Unga jami 23 ta rusumdagi qurilma kirgan.

Redmi eng zo‘r flagmanini yanada kuchaytirib, Xiaomi Mi 10’dan ham qimmat sotyapti!

Premial kamerofon 12 GBlik tezkor xotirasi eng yangi va samarador – LPDDR5 toifali chipdir. Tabiiyki, 512 GBlik saqlagich tarzida ham eng so‘nggi rusumdagi – UFS 3.1 turiga mansub flesh-xotira tanlangan.

O‘rta narxli eng zo‘r smartfonlar (AnTuTu global reytingi, 2020 yil mart)

Reying yetakchisi MediaTek kompaniyasining o‘yinbop smartfonlarga moslangan Helio G90T protsessori, qolgan to‘qqizta kuchli smartfon esa turli rusumlardagi Qualcomm chipsetlari bazasida ishlaydi.

TeraTaqqos: Redmi Note 8 hamda Galaxy A20s smartfonlarini ochib, ishlatib ko‘ramiz

Xiaomi’ning Redmi Note 8 hamyonbop modelini Samsung Galaxy A20s smartfoni bilan o‘zaro qiyoslab yana bitta videotavsif tayyorladik. Unda har ikkalasining xususiyatlari va narxlari solishtirilgan.

Redmi 9: arzon «to‘rtko‘z» smartfonni yangi «jonli» rasmda ko‘ramiz!

Redmi 9 daktiloskopi bosh kameraning tikka joylashgan uchta moduli ostiga, to‘rtinchi sensor va fotochaqnoq esa – ularning yoniga o‘rnatilgan. Xiaomi uni 22,5 vattlik tezkor quvvatlash bilan ta’minlayapti.

TeraTaqqos: Redmi Note 8 Pro’ning global va Hindiston versiyalari – farqlari va narxlari bilan tanishing! (video)

Redmi Note 8 Pro ikki xil versiyada chiqyapti; model nomi bir xil bo‘lsa-da, ularning ayrim juz’iy farqlari mavjud. Shu bois global va Hindiston versiyalarining o‘zaro farqlarini videotavsifda qiyosladik.

Redmi K30 Pro olgan yaxshimi yoki Xiaomi Mi 10 Pro? «Jonli» videoda taqqoslaymiz!

Modomiki arzonchi brendning Redmi K30 Pro flagmani Xiaomi Mi 10 Pro bilan bir xil protsessorga va o‘zaro yaqin texnik xususiyatlarga ega ekan, samaradorlik bobida ham u bilan bellasha oladimi?

Rangdor ekranli, tag‘in arzon Redmi Band chiqdi: bu sizga Mi Band emas!

Redmi Band to‘rtburchak, 1,08 dyuymlik rangli ekranga ega. Dizayniga ko‘ra u Xiaomi Mi Band turkumidan ancha farq qiladi, bitta quvvat bilan 14 kungacha ishlay oladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш