Samsung yubiley flagmanlari – Galaxy S10, Galaxy S10+ va Galaxy S10e smartfonlarini namoyish etdi!

Galaxy S10, Galaxy S10e hamda Galaxy S10+ modellarining asosiy o‘ziga xosliklaridan biri – Infinity-O turiga mansub Dynamic AMOLED displeylardir. Yana ular boshqa devayslarni simsiz quvvatlay oladi.

Samsung Galaxy S10 turkumi taqdimotiga oz vaqt qoldi, marosimni onlayn tomosha qiling!

Bugun, ya’ni 20 fevral kuni Barselona shahridagi WMC 2019 ko‘rgazmasi doirasida Samsung o‘zining falagman turkumiga mansub Galaxy S10 smartfonlarini rasman namoyish etadi.

KUN VIDEOSI: Galaxy S10 smartfonlari va Galaxy Buds quloqchinini taqdimotdan avval televizorda ko‘rsatishdi!

Ushbu videorolikda Galaxy S10 smartfonlarining asosiy o‘ziga xosliklari aks ettirilgan. Shuningdek, mazkur lavhada hali yaqindagina ma’lum bo‘lgan Galaxy Buds simsiz quloqchinini ham ko‘ramiz.

Eng qimmat – 12 GB «operativka»li Galaxy S10+ benchmarklarda hammani hayron qoldirdi!

Benchmarklarda yangi tekshirib ko‘rilgan Galaxy S10+ flagmani keramika korpusli versiya bo‘lib, tezkor xotirasi 12 gigabayt, ichki xotirasi esa naq 1 terabaytni tashkil etadi.

«Jonli» video ishlayotgan Galaxy S10+’ning asosiy kamchiligini «sotib» qo‘ydi!

MobileFun internet-do‘koni e’lon qilgan «jonli» videoni Galaxy S10+ uchun teskari reklama, deyish ham mumkin. Bu lavha Samsung o‘z hamkorlari uchun o‘tkazgan maxsus matbuot brifingida suratga olingan.

Samsung rasmiy reklama roliklarida Galaxy S10’larning asosiy xususiyatlarini ko‘rsatib berdi!

Galaxy S10 turkumi flagmanlari haqida ko‘plab ma’lumotlarga egamiz, ammo ular norasmiy edi. Kecha esa ularning muhim jihatlarini aks ettiruvchi rasmiy reklama roliklari tarqaldi.

EKSKLYuZIV: Galaxy S10 va S10+ flagmanlarining ilk videotavsifi!

Mashhur videobloger Markes Braunli standart Galaxy S10 hamda Galaxy S10+ smartfonlarining birinchi videotavsifini taqdim etdi. Ular ko‘proq Galaxy Note turkumidagi fabletlarga o‘xshab ketadi.

Galaxy S10 flagmani iPhone’larni hatto original Apple quvvatlagichidan ham tezroq simsiz quvvatlaydi!

FCC vakillarining tasdiqlashlaricha, Galaxy S10 flagmanlari Reverse Charging texnologiyasiga ega: ular Qi standartini qo‘llab-quvvatlovchi qurilmalarni 9 vattlik quvvatda simsiz zaryadlay oladi.

Galaxy S10 flagmanlari «arzonladi»: rasmiy va «jonli» suratlar, barcha variantlari, ranglari, narxlari va yangi ma’lumotlar!

Uchala modeldagi Galaxy S10 smartfonlarining barcha xotira variantlari, ularning aniq narxlari hamda korpusining ranglari, xususiyatlari haqidagi yangi ma’lumotlar bilan bitta maqolada tanishing!

Galaxy S10+ flagmanining naq 1 terabaytlik UFS 2.1 xotirasi rasman taqdim etildi

Galaxy S10+ smartfoni bir terabaytlik ichki xotiraga ega bo‘lishi haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Ular o‘z tasdig‘ini topdi – Samsung bugun yangi turdagi flesh-xotirani rasman namoyish etdi.

EKSKLYuZIV: Galaxy S10+’ning eng sifatli «jonli» surati internetda ilk bor Terabayt.uz’da!

Yangi «jonli» suratlardan birida yoqiq Galaxy S10+ ekrani aks etgan, ikkinchisini esa Terabayt.uz saytining o‘z manbasi taqdim etgan va ushbu insayderlik surati umuman internetda ilk bor e’lon qilinmoqda!

Galaxy S10’ning ishlayotgan holdagi «jonli» suratlari Samsung’ning yangi servisini fosh etdi!

Samsung kompaniyasi Galaxy S10 flagmanlari bilan birga bir nechta yangi servislarini ham taqdim etishi kutilayotir. Slashleaks resursi e’lon qilgan navbatdagi «jonli» rasm va skrinshot ham buning dalilidir.

Samsung Galaxy S10 smartfonlarining Yevropadagi narxlari ma’lum qilindi!

TuttoAndroid resursi Galaxy S10 turkumi smartfonlarining qanday ranglarda sotuvga chiqishini hamda aniq narxlarini e’lon qildi.

Galaxy S10+’ning global versiyasi Geekbench testida Samsung’ni sharmanda qildi!

Snapdragon 855 protsessorli Galaxy S10+ yakka yadroli va ko‘p yadroli testlarda tegishlicha 3413 hamda 10256 ball olgan. Buni qarangki, ushbu flagmanning Exynos 9820 protsessorli versiyasi yana past ball oldi!

Samsung Galaxy S10 turkumidagi uchta flagman bitta rasmiy suratda!

Shaffof g‘ilofda bo‘lsa-da, smartfonlar dizaynidagi asosiy elementlarni ko‘rish mumkin: Galaxy S10 Lite qo‘shaloq asosiy kameraga ega bo‘lsa, qolgan ikki modelda uch modulli bosh kamera mavjud.

Hali taqdim etilmagan Galaxy S10 Plus’ni ishlayotgan holida «jonli» tomosha qilamiz!

Samsung kompaniyasi Galaxy S10 turkumidagi smartfonlarni hali taqdim etgani yo‘q. 24 fevraldan sotuvga chiqadigan bu qurilmalarni allaqachon ayrimlar ishlatib yurishibdi!

Galaxy S10+ ham Geekbench’da: yana bir karra uyat, Samsung, uyat!..

Afsuski, bu yangilik Samsung foydasiga emas: axir, zamonamizning eng ilg‘or flagmani bo‘lishi kutilayotgan Galaxy S10 Plus smartfoni kutilayotganidan ancha past natija ko‘rsatgan.

Galaxy S10 Lite (yoki S10 E) kamida 128 GB xotiraga, Galaxy F buklama smartfoni esa naq 12 GB «operativka»ga ega!

Insayderlar barcha modellardagi Galaxy S10 hamda Galaxy F buklama smartfonining tezkor va ichki xotiralari haqidagi ma’lumotlarni oshkor etishdi.

Samsung tasodifan o‘z rasmiy saytida Galaxy S10 suratini chiqardi!

Samsung o‘z xatosini payqab qolib, tezda maqoladagi rasmni almashtirib qo‘ygan. Ammo shungacha suratni saqlab olganlar uni internetga chiqarib yuborishgan.

Nihoyat, Galaxy S10 taqdimot kunini Samsung rasman e’lon qildi!

Reklama posterida 10 raqami hamda qayrilma displeyli ikkita smartfon qirralari aks etgan. Shuningdek, unda taqdimot sanasi aytilgan va namoyishni to‘g‘ridan-to‘g‘ri jonli efirda kuzatish mumkinligi yozilgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш