Louis Vuitton rahbaridan o‘zib ketgan Ilon Mask dunyoning to‘rtinchi eng boy insoniga aylandi

Dushanba kuni Tesla aksiyalari 11% ga qimmatladi, Maskning boyligi esa $7,8 mlrdga ko‘paydi. Hozirgi paytda Bloomberg tadbirkorning boyligini $84,8 mlrd. deb baholamoqda.

Starlink «fazoviy» internetini sinab ko‘rganlarning hafsalasi pir bo‘ldi!

Kompaniya rahbari Ilon Mask ushbu «fazoviy» internetning tezligi soniyasiga 1 gigabitgacha yetishini va’da qilgan edi. Lekin...

Marsga uchadigan raketa – Starship ilk bor parvoz qildi! (ikkita video)

Starship raketasi Falcon raketalari o‘rniga ishlab chiqilmoqda. U ikkita to‘liq ko‘p marotabalik pog‘onadan iborat bo‘lib, 2-pog‘ona bir vaqtning o‘zida yo‘lovchi yoki yuk kemasi bo‘ladi.

Ilon Mask dunyoning eng boy odamlari beshligiga kirdi

Maskning boyligi 74,2 milliard dollarni tashkil qilmoqda (bir kunda $5,1 mlrd. qo‘shildi). Bu Nasdaq fond birjasida Tesla aksiyalari narxi 9% ga oshib, donasi $1643 gacha ko‘tarilgandan keyin yuz berdi.

Butun Yer yuziga internet tarqatuvchi Starlink saytidagi arizangizda endi manzilingizni ham ko‘rsata olasiz!

Starlink vakillarining so‘zlariga ko‘ra, arizachilarning manzillari ularga tarmoqning muayyan hududlarda yangilanishini yaxshilash uchun asqotadi.

Ilon Mask boylar reytingida Uorren Baffetni ortda qoldirdi

Maskning reytingi ko‘tarilishi Tesla kapitallashuvining o‘sishi bilan bog‘liq – juma kuni u yana 10 foizga ko‘tarilib 286 milliard dollarga chiqdi va bitta aksiyaning bahosi 1500 dollarni tashkil etdi.

Ilon Mask bir haftada 5 milliard dollarga boyidi

«Men uchun mutlaqo hammasi bir xil. Bu raqamlar ko‘tariladi va pasayadi. Lekin, haqiqatdan eng muhim narsa shuki, biz odamlarga yoqadigan mahsulotlar yaratamiz», – deya fikr bildirdi uning o‘zi.

Butun sayyoraga internet tarqatuvchi Starlink saytida allaqachon ulanishga ariza berishingiz mumkin!

Biz ariza yubordik va mazkur loyiha O‘zbekiston hududida sinovlar boshlashi bilan bildirishnoma kelishi haqida javob oldik. Siz ham xabardagi havola orqali ariza jo‘natib qo‘ysangiz bo‘ladi.

Yer yuziga bepul internet tarqatish uchun yana 60 ta yo‘ldosh orbitaga chiqarildi

Ilon Mask rejasiga ko‘ra, butun Yer kurrasini to‘laqonli internet bilan qoplash uchun dastlabki bosqichda 12 mingta mini-yo‘ldosh kerak (keyinchalik ularning sonini 30 mingtaga yetkazish rejalashtirilgan).

Marsga parvoz sari ilk qadam: SpaceX ikki fazogirni uchirdi!

SpaceX’ning maqsadi – kosmik turizmni boshlash. U odamlarni dastlab Yer atrofida aylantirishni, Oyga uchirishni va nihoyat Marsga yuborishni rejalashtirmoqda.

Angliya va Ukraina aholisini qo‘rqitgan «NUJ»larni kim yuborgandi aniqlandi! (+ikkita «jonli» video)

19 aprel kuni, soat 21:20 larda Angliya janubi-sharqidagi Esseks hududi osmonida bir necha o‘nlab lipillovchi olovlar ko‘ringan. Cho‘chib ketgan kishilar dastlab ularni meteorit yomg‘iri, deb o‘ylashgan...

Zoom ishlatasiz-a? NASA va Ilon Mask esa uni taqiqlagan!

Kamida 15 mingta videomuloqot aks etgan videoyozuvlar internetga chiqib ketgan. Bundan tashqari, Zoombombing degan tushuncha paydo bo‘lgan; bu – begona birovning videokonferensiyaga qo‘shilib olishidir.

Yapon milliarderi SpaceX fazo kemasida Oyga birga uchish uchun qiz qidiryapti

Maezava sobiq barabanchi bo‘lib, Oy orbitasiga musiqachilarni olib ketmoqchi edi. Endi esa uning niyati o‘zgargan – betakror sarguzashtlarga boy sayohatga 20 yoshdan oshgan bir qizni ham tanlab olib ketmoqchi.

Ilon Mask milliardlarini qanday topgan?

U o‘z boyligining katta qismini 20 yildan ortiq muddat davomida avvalgi kompaniyalarini sotish yoki aksiyalarni savdoga qo‘yish bilan jamg‘argan.

«Vau, ishlab ketdi!»: Ilon Mask kosmos orqali ilk tvitni jo‘natdi

Ilon Mask o‘zining Twitter-akkauntida tarixiy voqeani e’lon qildi – SpaceX kompaniyasi uchirgan, Yerga bepul internet ulashuvchi Starlink sun’iy yo‘ldoshlar tizimi orqali ilk bor internetdan foydalanib ko‘rdi.

Tesla mashinasi fazoda 1,2 mlrd. kilometr masofani bosib o‘tdi

«Tesla Roadster» avtomobili 2018 yilning fevralida koinotga chiqarilgandi. Rulda esa skafandr kiydirilgan «Starman» manekeni bo‘lgan. U quyosh atrofida birinchi aylanishni amalga oshirdi.

SpaceX uchinchi urinishdan Falcon 9 raketasini 60 ta sun’iy yo‘ldosh bilan birga uchirdi

AQShning SpaceX kompaniyasi uchinchi urinishdan Falcon 9 raketasini Starlink loyihasining 60 ta sun’iy yo‘ldoshi bilan birga uchirdi. Loyiha internet-trafikni uzatish global tarmog‘ini yaratishga mo‘ljallangan.

SpaceX ikki marta uchirilgan yagona raketa – Falcon 9’ni yana fazoga yo‘llamoqda

Nafaqat Ilon Maskning ushbu kompaniyasi, balki umuman kosmonavtika sohasidagi olamshumul voqea bo‘lishi kutilayotgan mazkur parvoz joriy yilning 19 noyabrida amalga oshiriladi.

Boyning ko‘ngli Oyda: SpaceX’ning ilk sayyohi – yaponiyalik milliarder! (+video)

Milliarder fazoga o‘zi bilan birga 6–8 nafar san’at namoyandalarini ham olib chiqishni rejalashtirmoqda. Ular butun dunyodan tanlab olinadigan me’mor, musiqachi va moda dizayneri kabilar bo‘ladi.

Quyosh tizimidagi sayyoralarga qancha vaqtda yetib borsak bo‘ladi?

Yangi raketa-tashuvchi Marsga ilk parvozini 2022 yilda amalga oshiradi, deydi SpaceX kompaniyasi rahbari Ilon Mask

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш