O‘zbekistonda elektron pullardan foydalanish tartibi belgilandi

Elektron pul tizimi faoliyatini tashkil qilish, elektron pullarning muomalasi, xavf-xatarlarni boshqarish va elektron pul tizimida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida jahon amaliyoti o‘rganilgan.

Android’ning umuman keragi yo‘q: Harmony OS va «yashirin kamera»li Huawei Mate 40’ni ilk bor «jonli» ko‘ramiz!

Harmony OS tizimidan tashqari, asosiy o‘ziga xosligi – old kamera uchun ekranda kemtik yoki tirqish yo‘q. Faqat displeyning yuqori qismi o‘rtasida bitta kvadrat, ikkita doiracha shakli sal-pal ko‘zga tashlanadi.

Prezident: «Tezkor mobil internet qamrovi yil yakunigacha 90 foizga yetkazilsin»

Yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev: «Bu ishlarni kelgusi 2-3 yilda to‘liq amalga oshirmasak, har bir kechikkan yilimiz mamlakatimizni 10 yil orqaga tortadi», deya ta’kidladi.

Ilon Mask shu yiliyoq odamlarni kiborgga aylantira boshlaydi! (+video)

«Bosh chanog‘ining bir qismini kesib, u yerga Neuralink qurilmasini o‘rnatamiz, keyin elektrod tolalari miyaga ulanadi. Qurilma yo‘qotilgan ko‘rish imkoniyatini yoki qo‘l-oyoqlar harakatini tiklaydi», deydi u.

Uchuvchi elektromobillarning ilk poygasi shu yildayoq o‘tkaziladi! (+video)

Yaqin yillar ichida AQSh, Yevropa va boshqa ayrim mamlakatlarda aerotaksi xizmati yo‘lga qo‘yiladi. Alauda kompaniyasi esa uchar elektromobillarning dunyodagi ilk poygasini mana shu yilning o‘zidayoq o‘tkazmoqchi.

Abituriyentlar uchun maxsus: kalkulyatorga Wi-Fi va OLED-displey qo‘shib, undan internetga kirish va xabar almashish mumkin! («jonli» video)

Unda matematika yoki fizika bo‘yicha istalgan formulani yoki boshqa shpargalkalarni yozish mumkin. Shuningdek, kalkulyatorni internetga ulab, uning ixchamgina ekrani orqali xabar jo‘natish imkoni ham bor.

«Kalashnikov» dronlar yordamida yangi servisni ishga tushirdi

«Kalashnikov» dronlari yo‘l-yo‘lakay hududni havodan turib lazerli skanerlaydi va relefli xaritasini yaratadi. Shuning evaziga yo‘lda uchrashi mumkin bo‘lgan to‘siqlarni bemalol aylanib o‘ta oladi.

Facebook butkul bepul internetni ishga tushirdi!

Discover bepul internetidan foydalanish uchun foydalanuvchilar maxsus mobil ilova yoki o‘z smartfonlaridagi brauzer yordamida, mobil internet orqali tarmoqqa ulanishlari kerak.

Aeroportda barcha virus va bakteriyalarni 40 soniyada yo‘q qiluvchi kabina o‘rnatildi

Kabinaga kirishdan oldin tana harorati o‘lchanadi (yuqori tana harorati – koronavirusning asosiy belgisidir). So‘ng kabinaga kiriladi va 40 soniyaga yaqin vaqt davomida dezinfeksiya ishlari olib boriladi.

Kelajak flagmanlarining protsessori – Qualcomm Snapdragon 875 haqida ilk ma’lumotlar chiqdi!

Amerikalik chipsoz uni SM8350 kodli nomi ostida tayyorlamoqda. 5 nanometrlik texnologik jarayon bo‘yicha ishlab chiqilayotgan mazkur chipsetning asosini Kryo 685 yadrolari tashkil etadi.

Uyingizda oq-qora suratlar bormi? Ularga bir zumda rang beramiz!

Eski rasmni suratga olib (yoki skaner yordamida raqamli shaklga o‘tkazib, keyin uning faylini yuklaysiz. Veb-servislar esa «sun’iy idrok» texnologiyalari asosida uni rangli qilib beradi.

Elektromobillar endi atigi 5 daqiqada olgan quvvati bilan 200 kilometr yuradi!

CHAdeMO 3.0 standarti yana quvvatlash stansiyalarining universalligi, zaryadlash qurilmalarining hajmi kichraygani evaziga ixchamlashgani, suyuqlikli sovitish tizimi bilan ham ahamiyatga molik.

Xiaomi oliy toifali Mi 10S/Mi 10S Pro va «yashirin kamerali» flagman tayyorlayotganini rasman tasdiqladi

Kompaniya o‘zining o‘n yillik yubileyiga bag‘ishlab Xiaomi Mi 10th Anniversary Edition flagmanini ishlab chiqqan. Bundan tashqari u yana Mi 10S, Mi 10 SE, Mi 10S Pro va Mi Mix 4 modellarini ham tayyorlamoqda.

YPX inspektorlariga planshetlar berilib, bayonnomalar ham elektron shaklga o‘tadi

Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan, YPX inspektorlari qoidabuzarliklar sodir etayotgan yo‘l harakati ishtirokchilariga nisbatan elektron tarzda bayonnoma rasmiylashtirish tartibi joriy etilmoqda.

Samsung hali taqdim etilmagan, «yashirin kamera»li Galaxy Note 20’ni endi «jonli» videoda ko‘rsatdi!

Kompaniya yaqindagina Galaxy Note 20 modelining suratini rasmiy onlayn do‘koni – Galaxy Store saytiga chiqarib qo‘ygandi. Endi esa uni Samsung’ning rasmiy reklama roligida aniq-ravshan ko‘rishingiz mumkin.

O‘zbekistonda milliy identifikatsiya tizimi yaratiladi

«Aholiga elektron xizmatlar ko‘rsatilishi doirasida shaxsni tasdiqlashning muqobil shakllarini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror loyihasi regulation.gov.uz portaliga muhokama uchun joylashtirildi.

Apple buklama iPhone uchun yangicha – qayishqoq akkumulyator tayyorladi!

Patentda qayishqoq batareyali mobil qurilma tuzilishi bayon qilingan. Alohida bo‘limda esa yangicha akkumulyatorning buklama displeyga integratsiyalanishi ham aytib o‘tilgan.

SENSATSIYA: Pentagon haqiqiy NUJlar aks etgan uchta videoyozuvni rasman oshkor qildi!

Pentagon rasmiy saytida AQSh harbiy-dengiz kuchlari tomonidan «jonli» suratga olingan videolar e’lon qilindi. Videoyozuvlarda qayd etilgan ob’yektlar hozirgacha rasman «noma’lum» deya hisoblanmoqda.

Angliya va Ukraina aholisini qo‘rqitgan «NUJ»larni kim yuborgandi aniqlandi! (+ikkita «jonli» video)

19 aprel kuni, soat 21:20 larda Angliya janubi-sharqidagi Esseks hududi osmonida bir necha o‘nlab lipillovchi olovlar ko‘ringan. Cho‘chib ketgan kishilar dastlab ularni meteorit yomg‘iri, deb o‘ylashgan...

Smartfonga o‘rnatiluvchi yangi ko‘chma test koronavirusni yarim soatdayoq aniqlaydi!

Test davomida patogen ko‘payadi, yorug‘lik-diodli chiroqda esa virus RNKlari yashil rangda ajralib ko‘rinadi. Shuning evaziga ularni smartfon kamerasida oddiy ko‘z bilan ko‘rsa bo‘ladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш