Mashhur narkobaronning akasi eng arzon buklamafon taqdim etdi va Apple’ni yakson qilishga so‘z berdi!

Escobar Fold 1 diagonaliga 7,8 dyuymlik AMOLED-displeyga ega. Full HD+ sifatida tasvir uzatishga qodir ekran o‘rtasidan bukiladi. Qo‘shimcha ekrani yo‘qligi boisdan smartfondan ko‘ra ko‘proq planshetga o‘xshaydi.

Samsung qurilmalarining qaysilari qachon Android 10'ga o‘tadi?

Kompaniya yangilanish uchun barcha narsani tayyor holatga keltirib, tizim yangilanishi jarayonini birin-ketin amalga oshiradi.

Samsung W20 5G – kompaniyaning ikkinchi buklamafoni namoyish etildi

Ikkinchi buklamafon Snapdragon X50 modemli Snapdragon 855 Plus protsessori bazasida ishlaydi. Shuningdek, tashqi elementlarida ham farqlar bor – ular Galaxy Fold’ga nisbatan takomillashtirilgan.

Nihoyat, Huawei ham 5G-buklamafonini sota boshladi, lekin kutilganidan ham qimmat!

Mate X 5G’ning ushbu versiyasi Kirin 980 chipsetiga tayanadi, u Huawei’ning o‘z ishlanmasi bo‘lmish 5G-modem – Balong 5000 chipi bilan to‘ldirilgan.

Nufuzli tashkilotlar eng zo‘r 12 smartfonni e’lon qildi (2019 yil, noyabr)

Bu gal eng yaxshi smartfonlar qatorida bir nechta yangi modellar, jumladan – o‘n birinchi avlod iPhone’lar, Samsung Galaxy Fold hamda Xiaomi Mi 9T Pro ham tekshirib ko‘rilgan.

Samsung yana bir buklamafonining taqdimot kunini rasman aytdi!

Taniqli insayder Mukul Sharma (Mukul Sharma) e’lon qilgan rasmiy reklama posteri uning Samsung W20 5G modeli ekanini va namoyish kunini ham ko‘rsatdi.

2300 dollarlik smartfonni xitoyliklar 5 daqiqadayoq talashib tugatishdi!

Samsung kompaniyasining Galaxy Fold modeli, garchi bir qator mashmashalar bilan qayta ishlanib qayta sotuvga chiqarilgan bo‘lsa-da, o‘z xaridorlarini topmoqda.

Samsung ikkinchi buklamafonini videoda ko‘rsatdi: bu sizga Galaxy Fold emas!

Galaxy Fold 2 modeli xuddi Motorola RAZR singari «raskladushka» tarzida – tikkasiga buklanadi. Yig‘ilgan holatida u juda ixcham, yoyilganida esa boshqa smartfonlarga nisbatan ancha cho‘zinchoq ko‘rinadi.

Yarim yil kutilgan smartfon aytilganidan naq ming dollarga qimmat narxda sotuvga chiqyapti!

Bu – hali Xitoydagi narxi, global bozorda esa uni yanada qimmat sotishlari aniq!

Huawei eng innovatsion smartfonini ertagayoq, tag‘in yarim narxida sotuvga chiqaryapti!

Arzonlashtirilgan Mate X bilan birga, to‘laqonli – eng yangi Kirin 990 protsessorli va to‘liq xotirali versiyasi ham chiqadi. Uni ham dastlab aytganidek 2563 emas, balki arzonroq – 1979 dollardan sotishadi.

Samsung har ikki tomoniga bukiladigan ikkinchi buklamafonini noyabrdayoq ko‘rsatadi!

Hali bundan bir oy oldin, China Telecom operatori ko‘rgazmasida janubiy koreyalik texnogigantning navbatdagi bukiluvchi smartfonining nomi ko‘rsatilgan plakatni payqashgan edi.

Samsung ekranosti selfi kamerali smartfonlar chiqarishni keyingi yildanoq boshlaydi

Bu yangilik Galaxy S11'ga emas, balki Galaxy Fold'ning keyingi avlod vakiliga joriy qilinishi kerak.

2330 dollarlik smartfonning ilk partiyasi xalqi qashshoq yurtda bir kundayoq sotilib ketdi!

Uning birinchi partiyasida 1600 ta, ya’ni – Janubiy Koreyadagi birinchi partiya hajmidan ko‘proq smartfon savdoga qo‘yilgan edi.

Eksklyuziv: Samsung endi arzonroq Galaxy Note chiqaradimi?

SamMobile sayti insayderi Abhijit M. ning yozishicha, undagi eng so‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Smasung hozirgacha chiqargan smartfon modellari kategoriyasining hech biriga mos kelmaydigan model raqami SM-N770F bo‘lgan smartfon ustida ishlamoqda.

Samsung’ning yangi smartfoni ikki yarim baravarga qimmat – salkam 5000 dollardan sotilyapti!

Shunday bo‘lsa-da, hozircha dunyoda tengi yo‘q bo‘lgan ushbu buklamafonni birinchilar qatorida qo‘lga kiritish uchun ikki yarim baravar pul to‘lashga tayyor xaridorlar topilganiga nima deysiz?!.

Samsung’ning ikkita – «lochinko‘z salkam flagman» va ulkan batareyali hamyonbop smartfoni tayyor!

Galaxy A70s narxi haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q, Galaxy M30s esa taxminan 200 AQSh dollari atrofida baholanishini aytishmoqda.

Samsung yana Galaxy Fold uchun buyurtma ola boshladi!

The Investor nashriga ko‘ra, namoyish 18, 19 yoki 20 sentyabrda bo‘lib o‘tadi. Ya’ni – «ashaddiy raqib»ning yangi avlod iPhone’lari sotila boshlashidan avval.

Samsung vertikaliga buklanuvchi buklamafonni patentladi

Galaxy Fold'ga qo‘shimcha ravishda, Samsung yaqinda o‘zining yangi, vertikal tomonga buklanuvchi buklamafonini patentladi. Bu qurilma Motorola'ning RAZR'iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqib bo‘ladi.

Huawei rahbari aeroportda Mate X bilan «qo‘lga tushdi»!

Richard Yu mazkur smartfonni ishlatayotgan ekan va uni suratga olishlariga ham ruxsat bergan. Keyin uning «jonli» rasmlarini Weibo tarmog‘ida tarqatishgan.

Samsung rasman e’lon qildi: Galaxy Fold sentyabrda sotuvga chiqadi!

Ekranning qo‘shimcha himoyasi uchun Samsung bukiluvchan qismiga maxsus qoplamalar o‘rnatgan. Shuningdek, sharnir va korpus orasini yanada yaqinlashtirgan, ekran muhofazasi uchun qo‘shimcha metall qoplama qo‘shgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш