Vivo NEX Dual Display taqdim etildi: ikkita AMOLED-ekran, Snapdragon 845 chipi, 10 GB «operativka» va uch o‘lchamli kamera!

10/128 GB xotirali «ikki tomonlama flagman»ning ikkinchi displeyi ham ko‘plab funksiyalarga ega; «sun’iy ong»li kamerasiga esa iPhone X’dagi Face ID’dan o‘n karra aniq 3D TOF texnologiyasi tatbiq etilgan!

Xiaomi yana bitta o‘yinbop smartfon – sirli Mi Play’ni taqdim etyapti!

Bu – jahon bozoriga mo‘ljallangan Pocophone F1’ning Xitoy uchun tayyorlangan modifikatsiyasi yoki Huawei’ning Honor Play smartfonlariga javob tariqasida – o‘sha narx toifasida tayyorlangan yangi model bo‘ladi.

Hali taqdim etilmagan hamyonbop Huawei P Smart (2019) kamerofonini har tomonlama tomosha qilamiz!

Smartfonning diagonaliga 6,2 dyuymlik ekrani 2340x1080 piksellik tasvir aniqligiga ega. Apparat ta’minotining asosini Kirin 710 protsessori va 3/64 gigabaytlik xotira tashkil etadi.

Mi 8 Pro ham Terashop.uz’ga yetib keldi, Xiaomi smartfonlari arzonlashdi (2018 yil 12 dekabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Ekran «kemtigi»dagi 20 MPlik selfi-kamerasi Face Unlock funksiyali, barmoq izi skaneri displeyga joylangan Mi 8 Pro flagmani va arzonlashtirilgan boshqa Xiaomi smartfonlarining narxlari bilan tanishing!

Samsung endi Galaxy’dan tashqari o‘ta arzon Rize seriyasida ham smartfonlar chiqaryapti!

Rize savdo belgilari Buyuk Britaniyada registratsiyadan o‘tkazilgan. Shunga ko‘ra, yangi smartfonlar nafaqat Xitoyda, balki Yevropada va katta ehtimol bilan boshqa hududlarda ham rasman sotiladi.

48 MPlik kamerali Redmi Pro 2 – «teshik» ekranli eng arzon smartfon ham tayyor! («jonli» rasmlar)

Redmi turkumidagi yangi flagman 48 megapiksellik kamera datchigidan tashqari, ekrani «tirqish»li ilk Xiaomi smartfoni ham bo‘layotir!

Nihoyat, Infinity-O displeyli ilk smartfon – Galaxy A8s ham taqdim qilindi: uch modulli kamera va Snapdragon 710 chipli!

Ekran «tirqish»idan «mo‘ralab» turgan old kamera sensori 24 MPlik bo‘lib, Samsung’ning ta’kidlashicha, ekranning yorug‘i kamerada aks etmasligi uchun ular allaqanday maxsus texnologiyaga murojaat etishgan.

Meizu 16s ham eng kuchli Snapdragon 855 chipiga va Sony IMX850 datchikli 48 MPlik kameraga ega!

Kompaniyaning simsiz quvvatlanuvchi va NFC-modulli ilk modeli – Meizu 16s flagmani eng baquvvat Snapdragon 855 protsessoriga, uning kamerasi esa rekord darajadagi – 48 MPlik Sony IMX580 sensoriga ega!

«To‘rtko‘z» Galaxy A9 ham Terashop.uz’ga yetib keldi, Samsung smartfonlarining arzonlashgan narxlari (2018 yil 10 dekabr) – O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Samsung smartfonlari narxlari tushirildi; jumladan, Galaxy A7 (2018) modelini endi o‘tgan yilgisidan ham arzonga olasiz! Toshkent bo‘yicha 12 ish soati, viloyat markazlariga esa 2 ish kunida yetib boradi!

Honor View 20 namoyish etildi: 48 MPlik kamera va «teshik» ekranli ilk smartfon!

Yana bir nomi Honor V20 bo‘lgan bu smartfonning ikkita asosiy o‘ziga xosligi – «teshik» displey va 48 megapiksellik kamera bo‘lib, har ikkalasi bo‘yicha Huawei baribir «bir qadam oldinda» bo‘lib chiqdi!

Hamyonbop Galaxy M smartfonlarining narxlari va ayrim jihatlari ma’lum bo‘ldi

Samsung Galaxy M10 hamda Galaxy M20 modellari Android 8.1 Oreo operatsion tizim talqini boshqaruvi ostida ishlaydi. Ayni damda Hindistonning Noida shahridagi zavodda ularni ommaviy ishlab chiqarishmoqda.

290 dollarlik Redmi Pro 2 flagmani chiqyapti: 48 MPlik kamera va Snapdragon 675 chipli!

Kuni kecha Xiaomi prezidenti ko‘rsatgan – naq 48 MPlik datchikka ega kamerali smartfon aynan shu Redmi Pro 2 ekan! Foto va video suratga olishda u hatto Huawei P20 Pro flagmani bilan bellashishi mumkin!

Eng zo‘r protsessorli eng arzon Huawei smartfonini «jonli» suratlar va videoda tomosha qiling!

Mazkur qurilma qadoqdanoq Android 9.0 Pie operatsion tizimiga ega bo‘lishi, uning versiyalaridan kamida bittasi 5G tarmog‘ini ham qo‘llab-quvvatlashi aytilayotir.

HAFTA YaKUNLARI: Galaxy S10’ni 5G’da ishlatib ko‘rsatishdi; Sony’ning shaffof telefoni, Google messenjerlarini yopyapti, eng zo‘r o‘nta Android-smartfon...

Yakuniga yetayotgan haftada texnologiyalar borasida yuz bergan eng muhim voqealarning qisqa dayjestini e’tiboringizga havola etayotirmiz.

AnTuTu reytingi: eng ommalashgan Android-smartfonlar va ayrimlarining Terashop.uz’dagi narxlari

Smartfonlar samaradorligini baholovchi AnTuTu benchmarki jamoasi Android operatsion tizimli eng ommabop smartfonlar ro‘yxatini e’lon qildi. Ulardan ayrimlarining Terashop.uz’dagi narxlari bilan tanishing!

«Teshik» romsiz ekranga va uch modulli kameraga ega Lenovo Z5s taqdimoti keyinga surildi – kompaniya «kattalarga yo‘l berdi»

Koreyalik va xitoylik gigantlarning Galaxy A8s hamda Huawei Nova 4 modellaridan farqli ravishda, Lenovo Z5S displeyidagi «tirqish» burchakda emas, balki qoq o‘rtada joylashadi.

Smartfonlar bahsi: qay biri eng tez zaryadlanadi?

«Gizmochina» tadqiqotchilari qaysi smartfon eng tez quvvat olishini aniqlash uchun sinov o‘tkazishdi. G‘oliblik 30 daqiqa ichida eng ko‘p quvvat to‘plagan smartfonga berildi.

Uchtalik kamerali Samsung Galaxy S10 ikkita «jonli» suratda!

Ayrimlar Galaxy S10+ bosh kamerasi 4, qolgan modellari 3 modulli bo‘ladi, deyishsa, boshqa insayderlar fikricha Galaxy S10 Lite bitta, S10 ikkita, S10+ esa uchta sensorli bosh kameraga ega, demoqdalar.

SYuRPRIZ: Mi Mix 3 taqdimotida Xiaomi aytmagan yoqimli sir fosh bo‘ldi!

Snapdragon 855 chipi kuni kecha rasman namoyish etilgach, uning bazasidagi ilk smartfon ham darrov e’lon qilindi. Eng qizig‘i, bu – allaqachon rasman taqdim etilgan Mi Mix 3 flagmani bo‘lib chiqdi!

Xiaomi prezidenti yangi rekordchi – 48 MPlik kamerali smartfonini ko‘rsatib, taqdimot vaqtini ham aytdi!

Aftidan, «xitoycha Apple» ushbu kamerofoni bilan Nokia brendining bu boradagi rekordini «sindirish»ni niyat qilgan: uning 808 PureView smartfoni eng yuqori aniqlikda – 41 megapiksellik kameraga ega.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш