Dual-SIM va oddiy iPhone’larning Terashop.uz’dagi narxlari (2019 yil 1 mart) – aksiya doirasida yutuq ham oling!

Buyurtma Toshkentda 12 ish soati, viloyat markazlariga esa ikki ish kunida yetib boradi! Terashop.uz’da qulay to‘lov shakllari (naqd pul, terminal, Click, Payme) mavjud, yana aksiya ham bor!

Apple mukofotiga sazovor g‘oliblar – «iPhone’da suratga olingan» eng zo‘r rasmlar e’lon qilindi!

#ShotOniPhone heshtegli mazkur suratlar Apple bannerlarida va boshqa turdagi reklama materiallarida qo‘llanadi. Buning evaziga mualliflari haq olishadi, ammo gonorar miqdori ma’lum qilinmayapti.

Ham ayfon, ham aypad bo‘la oluvchi iPhone X Fold buklama smartfoni suratlarda!

iPhone X Fold ikkita ekranga ega: ichkaridagi qayishqoq displey 2:3, tashqisi esa 1:3 nisbatli. Uni yarim buklagan holda ham qo‘llash mumkin – bunda klaviaturali ekranga ega mitti «noutbuk» yuzaga keladi.

Adashmas bashoratchi Apple bu yil chiqaradigan barcha gadjetlarni ma’lum qildi

KGI Securities kompaniyasi vakili Ming-Chi Kuo (Ming-Chi Kuo) o‘zining Apple bilan bog‘liq aniq prognozlari orqali mashhur. Bugun – 2019 yilning 18 fevralida u o‘zining navbatdagi prognozini e’lon qildi.

Xitoyliklar Samsung va Apple’ni Yevropadan siqib chiqarishmoqda

Yevropa smartfon bozorida yetakchilar o‘zgarmagan – o‘sha-o‘sha Samsung va Apple. Ammo Huawei’ning o‘sish sur’atiga qaraganda, keyingi yiliyoq u birinchi yoki kamida ikkinchi o‘ringa ko‘tariladi.

Tarixdagi eng yaxshi iPhone modeli aniqlandi

Eng qizig‘i shundaki, umuman smartfonsozlik tarixida yangi dizaynni boshlab bergan iPhone X yubiley flagmanini hech kim yaxshi so‘z bilan eslab o‘tmagan!

Har qanday iPhone’ni beshtagina «defis» bilan «o‘ldirish» mumkin, sinab ko‘rmang!

Rossiyalik foydalanuvchilardan biri iOS’dagi yana bitta shunday nuqsonni topdi – u shunchaki defis (hyphen, chiziqcha) belgisidan o‘lguday qo‘rqar ekan!

iOS yangilanishi iPhone’larni Wi-Fi va uyali aloqadan mahrum etmoqda

Bulardan tashqari, iOS 12.1.4 versiyasiga yangilagach, ayfonda Touch ID va boshqa funksiyalarning ishlash tezligi pasayganidan, shuningdek, AirPods bilan bog‘liq muammolardan ham nolishmoqda.

AnTuTu’ning yangi reytingida iPad Pro 2018’lar yetakchi (2019 yil fevral)

Benchmark mutaxassislari endi 2019 yil yanvar oyi oxirigacha AnTuTu’da tekshirib ko‘rilgan iOS operatsion tizimli qurilmalarning ham top-o‘ntaligini e’lon qilishdi.

Selfi sababli Toshkentda 14 yashar qiz 3-qavatdan tushib ketdi

Shu kabi xabarlarni o‘qib, go‘yoki bunaqa holatlar faqat chet elda yuz beradigandek, bizga daxli yo‘qdek qabul qilamiz. Aslida esa atrofimizda ham selfi sababli jarohat olayotgan, hatto halok bo‘lganlar bor.

Mutaxassislar iPhone’ni tun bo‘yi quvvatlashga qo‘yish haqida kutilmagan maslahat berishdi!

Battery University mutaxassislari zamonaviy gadjetlarning litiy-ionli batareyalar ustida bir nechta tadqiqotlar o‘tkazib ko‘rishdi va natijalarini e’lon qilishdi.

Eng zararli smartfonlar o‘ntaligi (2019 yil fevral): birinchi o‘rinda – Xiaomi’ning ommabop modeli!

Statista tahlil kompaniyasi maxsus tadqiqot o‘tkazib, eng ko‘p nurlanish tarqatuvchi smartfonlar o‘ntaligini e’lon qildi. Unda smartfonlarning SAR ko‘rsatkichlari aks ettirilgan.

iPhone X’da uchragan muammodan endi iPhone Xs va Xs Max egalari ham shikoyat qilmoqda

Yubiley ayfonlari shunday bo‘lganida, Apple ularni bepul almashtirib yoki ta’mirlab bermagan, bunday nuqson kafolat doirasiga kirmasligini aytgan edi.

18 yashar yigitcha smartfon va o‘yin sababli o‘z joniga qasd qildi!

Nehru Nagar ommabop PUBG Mobile o‘yini uchun 500 dollarlik smartfon olib berishlarini so‘ragan, ota-onasi esa smartfonga 280 dollargacha mablag‘ ajrata olishlarini aytishgan...

iPhone SE uchinchi marta rasman sotuvga chiqdi – endi chegirma bilan!

Savdoga qo‘yilgan partiyaning hajmi haqida Apple negadir hech bir ma’lumot bermayapti, uni nega yana sotuvga chiqarayotgani va nimaga aynan shunaqa antiqa usulda – bo‘lib-bo‘lib sotayotgani ham tushunarsiz.

iPhone’lar arzonlashadi – buni shaxsan Tim Kuk va’da qildi

Ayniqsa, mahalliy valyuta kursi tushgan mamlakatlarda ayfonlar ancha qimmat bo‘lib qolgan. Shuni inobatga olib, kupertinolik korporatsiya o‘z smartfonlarini arzonlashtirishga qaror qilgan.

Apple qaror qildi: iPhone XI modeli «siklop» dizaynida bo‘ladi!

Yangi ayfon Lightning o‘rniga USB Type-C porti hamda 4000 mA/soatlik akkumulyator bilan jihozlanadi. Ammo Apple’ning bu yilgi smartfonlari hali 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlamaydi.

Tanqidlar ish berdi – Apple g‘oliblarni taqdirlaydigan bo‘ldi. Fototanlovda siz ham qatnashing!

Tanlov qoidalaridagi «Mukofot pul qiymatiga ega emas» degan qismi yangi – «...g‘oliblar o‘z ishlaridan reklamalarda foydalanilganlik uchun litsenziyaga ko‘ra haq oladilar» so‘zlari bilan almashtirilgan.

Apple xasisligi uchun malomatga qoldi: «Ayfon bersa, asakasi ketarmidi!?.»

Fototanlovda atigi o‘n nafargina g‘olib bo‘ladi, ularga loaqal bittadan sovrin, masalan – yangi rusumdagi iPhone bersa bo‘lardi, deyishmoqda norozi bo‘lganlar.

DxOMark selfi-kameralarni tekshira boshladi: eng zo‘r 12 ta selfifon bilan tanishing!

Turli qurilmalarning kamera imkoniyatlarini xolis tekshirib baholovchi DxOMark servisi yangi ishga qo‘l urdi. Uning mutaxassislari smartfonlarning aynan old kamera sifati bo‘yicha reytingini tuzishdi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш